70
Mamlakatimiz ta‘lim jarayonida axborot texnologiyalaridan
foydalanish kundan-kunga dolzarb boʻlib bormoqda. Chunki, ta‘lim
muassasalarida (maktablarda,
kollejlarda, litseylarda,
institutlarda va
universitetlarda) texnik baza muhayyo etilgan, ya‘ni
zamonaviy
kompyuter texnikasi bilan toʻliq ta‘minlangan. Endi kerakli elektron
oʻquv qoʻllanmalarini ta‘lim jarayonida qoʻllash qoldi, xolos.
Elektron oʻquv qoʻllanmalari ilmiy
malakaviy bilimlarning
tizimlashtirilgan materiallaridan tashkil topgan boʻlib, bu oʻquvchi va
talabalarning bilimlarini faol ravishda oʻstirib borishga xizmat qiladi.
Ular uch guruhga ajratiladi:
elektron darsliklar (
an’anaviy qogʻoz koʻrinishidagi darslik
vazifasini toʻliq bajaradigan va qisman oʻqituvchi vazifasini ham
bajaradigan elektron nashr);
oʻquv filmlari (
an’anaviy qogʻoz koʻrinishidagi yoki
elektron koʻrinishidagi asosiy darslikni toʻldiruvchi videolavha
koʻrinishida tayyorlangan elektron nashr);
ma‘lumotnomalar (
ma’lum soha boʻyicha atama, xulosa,
formula kabi umumiylashgan bilimni oʻzida mujassam etgan ta’lim
jarayonini toʻldiruvchi elektron nashr).
Nazorat savollari
1. Ta’limning tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi vazifalarga
yoʻnaltirilganlik tamoyilini tushintiring.
2. Oʻqitishning ilmiylik tamoyilinini tushintiring.
3. Ta’limning fundamentalligini tushintiring.
4. Tizimlilik va ketma-ketlik tamoyilini tushintiring.
5. Oʻquvchining (yoxud tinglovchining) individual ta’lim olish
boʻyicha chiziqli tamoyilini tushintiring.
6.
Oʻqitishda,
oʻquv
materiallarining
oʻzlashtirilishi
(qiyinchiligiga koʻra) tamoyilini tushintiring.
7. Oʻquvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish
tamoyilini tushintiring.
8. Koʻrsatmalilik tamoyilini tushintiring.
9. An’anaviy oʻquv jarayoni bilan EOʻN dan foydalangan holda
oʻquv jarayoni oʻrtasidagi farqni tushuntiring.