Multimedianing texnik ta’minotiga quyidagilar kiradi:
Tovush platalari. Analog signalni raqamlashtirgan holda
kompyuter xotirasida saqlash va raqamli axborotni inson eshitirish
uchun kolonkaga impuls koʻrinishida yuborib analog signal sifatida
taqdim etishni ta‘min etadi.
Akustik tizimlar. Bu tizimga mikrofon va ovoz karnayi yoki
quloqchinlar (quloqqa qoʻyib eshitishga moʻljallangan qurilma) kiradi.
Videosignallarni
kirituvchi-chiqaruvchi
platalar.
Bu
plataning roli ham analog signalni raqamlashtirish va raqamli axborotni
analog signal sifatida taqdim etishdir.
60
CD – ROM privodlar (faqat oʻqish uchun CD disklar) va CD
RW privodlar – oʻqish va yozish, DVD privodlar. Bular axborotlarni
kompakt disklarda saqlash va oʻqish uchun xizmat qiladi.
Skanerlar.
Qogʻozdagi,
fotosuratdagi
va
boshqa
koʻrinishdagi axborotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilma.
ARMlardagi noyob qoʻlyozmalarni raqamli koʻrinishga oʻtkazishda
juda qoʻl keladi.
Raqamli fotoapparatlar. Tasvirlarni raqamli axborot sifatida
saqlash uchun xizmat qiladi.
Grafik planshetlar. Kompyuterda tasirlarni yaratish uchun
foydalaniladi.
Web–kameralar. Videotasvirlarni kompyuterga kiritish va
Internetda translyatsiya qilish uchun foydalaniladi.
Monitorlar va axborotlarni katta ekranga chiqaruvchi
qurilmalar
(proyektorlar)
yoki
reklama
tablolari.
Axborotni
foydalanuvchiga namoyish etish uchun foydalaniladi.
Bu texnik qurilmalar haqida batafsil ma‘lumotlar ushbu
qoʻllanmaning II bobida keltirilgan.
Multimedia sohasidagi dasturiy ta’minoti uch sinfga ajratilgan:
I.
Multimediali ilovalar;
II.
Multimedia ilovalarini yaratishga moʻljallangan vositalar;
III. Multimediani qoʻllab-quvvatlovchi tizimiy dasturlar.
I.
Multimediali ilovalar. Ma‘lum bir funksiyani bajarishga
moʻljallangan, koʻp hollarda oʻqish yoki dam olish maqsadida
foydalaniladigan dasturiy vositalar kompleksidir.
Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
qomuslar;
turli fanlar (sohalar) boʻyicha interfaol oʻrganish kurslari;
sayyohlik obyektlari haqida interfaol materiallar;
oʻyinlar va koʻngilochar dasturlar;
trenajorlar;
savdo reklamalar vostalari;
elektron prezentatsiyalar;
va boshqalar.
Jahonda va yurtimizda ham koʻplab multimediali ilovalar
tayyorlangan (Ushbu qoʻllanmaning ilovasida ayrim multimedia
mahsulotlar haqida qisqa ma‘lumotlar keltirilgan). Yurtimizda buyuk
61
tarixiy siymolarga bagʻishlangan ―Amir Temur: Shaxsiyati, Davlati,
Renessans‖,
―Imom
al-Buxoriy
va
Ahmad
al-Fargʻoniy:
Sivilizatsiyaning yaratilishi‖ kabi qomuslar shular jumlasidandir (4.1-
rasm)[32]. Ta‘lim sohasida foydalaniladigan elektron nashrlar ham
multimediali ilovalarga taalluqli.
«AMIR TEMUR: Shaxsiyati,
Davlati, Renessans»
multimedia-qomusi
«AHMAD AL-FARGʻONIY va IMOM
AL-BUXORIY: Sivilizatsiyaning
yaratilishi» multimedia-qomusi
4.1-rasm. Multimedia-qomuslar namunalari.
II.
Multimedia ilovalarini yaratishga moʻljallangan vositalar:
matn
muharrirlari.
Matn
koʻrinishidagi
axborotlarni
tayyorlash uchun foydalaniladi. Ular jumlasiga Bloknot, MS Word kabi
kabi muharrirlar kiradi [18]. Ular haqidagi ma‘lumotlar ushbu
qoʻllanmaning III bobida batafsil keltirilgan.
grafik muharrirlar. Tasvir koʻrinishidagi axborotlarni
tayyorlash uchun foydalaniladi. Ular jumlasiga rastrli tasvirlarni ishlash
uchun Adobe Photoshop, Pain.Net kabi muharrirlar, vektorli tasvirlari
ishlash uchun Adobe Illustrator, CorelDraw kabi muharrirlar kiradi.
Ular haqidagi ma‘lumotlar ushbu qoʻllanmaning III bobida batafsil
keltirilgan.
videofilmlarni montaj va tahrir qiluvchi dasturlar. Ular
jumlasiga Adobe Premiere, Ulead VideoStudio kabi dasturlar kiradi.
Ular haqidagi ma‘lumotlar ushbu qoʻllanmaning III bobida batafsil
keltirilgan.
animatsiyalarni
yaratish
dasturlari.
Ular
jumlasiga
Mircmedia Flash, KoolMovies kabi dasturlar kiradi.
tovushli axborotlarni yaratish va tahrirlash dasturlari. Ular
jumlasiga Sound Forge, Cool Editor kabi muharrirlar kiradi. Ular
haqidagi ma‘lumotlar ushbu qoʻllanmaning III bobida batafsil
keltirilgan.
62
gipermatnni amalga oshiruvchi dasturlar. Sanab oʻtilgan
dasturlar yordamida sifatli tayyorlangan alohida matn, tasvir, audio,
video fayllarni multimediali ilova sifatida chop qilish uchun dasturlar.
Ular jumlasiga Toolbook Publisher, HyperMethod, Web Course
Builder kabi dasturlar kiradi. Eng sodda gipermatn tashkil etuvchi
vosita HTML dasturidir. U haqidagi ma‘lumotlar ushbu qoʻllanmaning
V bobida batafsil keltirilgan.
III. Multimediani qoʻllab-quvvatlovchi tizimiy dasturlar:
CD-ROM privodlari, tovush platasi drayverlari. CD-ROM
privod yoki tovush platasi qurilmalarini boshqarish uchun drayverlar
oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
audio–video pleyerlari. Raqamli audio yoki videoni ijro etish
uchun maxsus dasturlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Odatda, Windows
operatsion tizimi oʻrnatilganda Windows media player dasturi
avtomatik tarzda oʻrnatiladi.
audio va video axborotlarni zichlovchi kompressiya va
dekompressiya
vositalari.
Bu
axborotlarni
yaratishda
hajmni
kamaytirish uchun kompressiya (bu soʻzdan ―Co‖), ijro etishda
kompressiya qilingan axborot yana oʻz holiga qaytariladi, ya‘ni
dekompressiya (bu soʻzdan ―dec‖) qilinadi. Ushbu turkumdagi dasturlar
umumiy nom bilan ―Kodek‖ (Codec) deb ataladi. Audio va video
axborotlarni yaratishda qaysi kodekdan foydlanilgan boʻlsa, ijro
etilayotgan kompyuterda shu kodek oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Agar
kodek kompyuterda oʻrnatilmagan boʻlsa, audio yoki video ijro
etilmaydi. Kodeklarga DivX, PCM kabi dasturlar misol boʻladi.
multimediali fayllar bilan ishlashga moʻljallangan boshqa
turli utilitalar. Multimedia elementlari (tasvir, audio, video) axborotlari
ustida unitar (kichik bir funksiyani bajaruvchi) dasturlar boʻlishi lozim,
masalan, tasvirlarni ―varaqlash‖, ―tartiblash‖ dasturlari.
Multimedia
ishlanmalarini
yaratish
uchun
samarali
texnologiyalardan foydalanish lozim. Mahsulot yaratish xarajatlarini
kamaytirish bilan birga sifatli multimedia ishlanmalarini ishlab
chiqishni ham ta‘min etadi. Bunday texnologiyalar quyidagilardan
iborat:
Matnlarni skanerlash va tanish – matn koʻrinishdagi
ma‘lumotlarni skanerlash va undan matnni tanib olib, matn
tahrirlagichlari orqali tahrirlashga erishish. Skanerlash va tanish
dasturlarida ishlash ushbu qoʻllanmaning III bobida batafsil keltirilgan.
63
Televizion qabul – televizion signallarni qabul qilish va
monitorga chiqarish.
Videotutish
-
"tutish"
va
"toʻxtatish"
raqamli
videokadrlarning alohida qismini saqlash, tasvirga olish.
Animatsiya – rasmlarni ketma-ket keltirish natijasida tasvir
harakatini yaratish.
Tovush effektlari – suhandon ovozi, musiqa asboblari,
tabiatdagi tovushlarni raqamli formatda yozish, saqlash, tahrirlash.
Uch oʻlchamli (3D) grafika – faqat boʻyi, eni yoki balandligi
boʻyicha ham tasvirlarni yasash.
Virtual reallik. "Virtual" soʻzi "haqiqiydek oʻzini koʻrsatish"
degan ma‘noni anglatadi.
Multimedia tizimlarining bugungi kunda rivojlanib kelayotgan
yana bir turi bu virtual reallikni ta‘min etuvchi texnikalardan samarali
foydalanish. Maxsus texnika vositalaridan koʻzoynak, shlemlardan
foydalanib uch oʻlchovli tasvirlarni koʻrish imkoniyati yaratiladi.
Qoʻshimcha qurilmalar, qoʻlqop va boshqa bosh va tana holatini
aniqlaydigan datchiklardan foydalanib kompyuterga foydalanuvchining
reaksiyasi toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Ular asosan dam olish
maqsadlarida ishlatiladi, ushbu dasturlar harakatlanayotgan predmetlar
va koʻrinishlarning tasvirini hajmli modellashtiradi va u orqali
oʻynovchining harakatlariga javob beradi.
|