Video axborot kengaytmalari




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/44
Sana23.12.2023
Hajmi3,34 Mb.
#127740
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Bog'liq
61dbf7822780d7.76038544

Video axborot kengaytmalari. 
AVI-format. (AVI - Audio-Video Interleaved) - bu juda katta 
miqdordagi videofayllar kengaytmasi, ammo format ham kodek ham 
emas. U oʻziga xos konteyner hisoblanadi. Microsoft tomonidan IBM 
bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan boʻlib, oʻzida 4 xil oqim – video, 
audio, matn va midi larni oʻzida saqlay oladi. Birinchi marta 1992-yil 
Video for Windows paketida ishlatilgan. AVI-faylda qanday 
formatdagi fayl joylashganligini topish uchun turli programmalardan 
foydalanish mumkin. Masalan, VideoToolBox dan tortib to Adobe 
Premiere gacha. 
WMV-format. (WMV - Windows Media Video) – Microsoft 
formati, Windows tizimiga kiruvchi Movie Maker videomuharriri 
yordamida tayyorlangan videorolik formati. 
MOV-format. 
Apple 
Macintosh 
kompaniyasi 
formati 
– 
QuickTime, videodan tashqari, grafika, animatsiya, 3D larni tarkibiga 
olishi mumkin. Koʻpincha uni koʻrish uchun QuickTime Player kerak 
boʻladi.
MKV-format. (Matryoshka yoki Matroska)- bu ham konteyner, 
tarkibiga video, audio, subtitralar, menyu va boshqalarni oladi. Ochiq 
kodga ega. 
3gp-format. 3gp - 3-avlod mobil telefonlari uchun video, kichik 
hajm va past darajadagi sifat. 
FLV-format. (FLV - Flash Video) – Internetda joylashtirish yoki 
uzatish uchun video formati. YouTube, RuTube, Tube.BY, Google 
Video, Muvi va boshqa videokliplarni joylashtirish maydonlarida 
qoʻllaniladi. 


58 
SWF-format. (SWF - Shockwave Flash) – bu Adobe Flash 
dasturida yaratilgan animatsiyaning, hamda flash formatidagi videoning 
kengaytmasi. Flash Player yordamida brauzer orqali koʻrish mumkin. 
RM, RA, RAM-format. RealNetworks kompaniyasininng 
formatidan RealVideo kengaytmasi, Internetda television translyatsiya 
uchun foydalaniladi.
Videofayllarni yozish uchun shaxsiy kompyuterlar yana bir 
qimmatbaho qurilma VideoBlaste turidagi videoadapter bilan 
ta‘minlanishi 
lozim. 

shaxsiy 
kompyuterga 
televizordan, 
videomagnitofondan va videokameradan axborotlarni olish, kiritish 
hamda ishlov berishga moʻljallangan. Bunday plataning ishlashi uchun 
maxsus dasturiy ta‘minot (kodek – kodlashtirish - dekodlashtirish) ham 
kerak boʻladi. U odatda videoadapter bilan birga yoki operatsion tizim 
tarkibida boʻlishi mumkin. 
Tayyor AVI va MPEG-fayllardan foydalanish uchun shaxsiy 
kompyuterlarning 
SVGA 
videoadapteri 
bazasidagi 
oddiy 
videosistemasi kifoya. 

Download 3,34 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish