• FLAC format.
  • MPEG format.
  • Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat




    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/44
    Sana23.12.2023
    Hajmi3,34 Mb.
    #127740
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
    Bog'liq
    61dbf7822780d7.76038544

    AAC format. Hozirda bu format eng sifatli hisoblanib, koʻpgina 
    vositalarda qoʻllab-quvvatlanmoqda. Yutuqlaridan istalgan bitreyt 
    variantidagi yaxshi sifatni va chastotaviy diskretlashning 96kHz gacha 
    ekanligini keltirish mumkin. .mp3 formatida bu koʻrsatkich atigi 
    48kHz. 
    FLAC format. Yoʻqotishlarsiz siqishni amalga oshiradigan 
    format. U audio-oqimni oʻzgarishsiz qoldiradi va shuning uchun ham 
    asli bilan bir xil boʻladi. Koʻpincha yuqori darajadagi tovush 
    tizimlarida tovushni eshitishda qoʻllanadi, lekin barcha pleyerlarga 
    tushmaydi. Shuning uchun flac ni boshqa formatga konvertatsiya 
    qilishga toʻgʻri keladi.
    AA-format. (AA - audible audio book file) Audible kompaniyasi 
    yaratgan, yopiq audio format. U Audible va iTunes servislari orqali 
    sotiladigan audiokitoblarni yozishda qoʻllanadi. Unda ovozni eshitish 
    jarayonini sekinlashtirish yoki tezlashtirish, xatchoʻplar qoʻyish, 
    Internet orqali himoyalangan holda yetkazib berish imkoniyatlari 
    mavjud.
    MPEG format. MPEG fayllarini zichlash algoritmining toʻrt 
    varianti mavjud. Ular MPEG1 – MPEG4 kabi belgilanadi. Internetda 
    MPEG1 
    varianti 
    koʻproq 
    ishlatiladi, 
    zero 
    kommunikatsion 
    texnologiyalarning 
    rivojlanishi 
    boshqa 
    variantlarning 
    ham 
    qoʻllanilishini taqozo qiladi. MPEG1 standarti uch darajadan iborat 
    boʻlib, ularning har biri oʻz formatiga ega. Murakkablashtirilgan yuqori 
    darajali algoritmlar uzoq vaqt ishlashni talab qiladi va ayni paytda 
    amalda originalga aniq mos kelish darajasida yuqori darajada zichlay 
    oladi. 1-daraja eng yuqori tezlikdagi kodlashtirishni ta‘minlasa, 3-
    daraja tovush sifatini yetarli darajada saqlagan holda maksimal 
    zichlashni ta‘minlaydi. Tovushli fayllar uchun 3-darajali (.MP3) 
    kengaytmali MPEG-1 standarti koʻproq qoʻllaniladi. 3-darajali (.MP3) 
    kengaytmali standart MPEG-1, tovushli yozuvni 12:1 nisbatda zichlab, 
    amalda zichlanmagan originaldan farq qilmaydi. Tovushli fayllarni 
    kodlashtirishga moʻljallangan bunday tizim Internet tarmogʻida keng 


    54 
    tarqalgan. Maxsus musiqa serverlari mavjud boʻlib, ularda musiqa 
    asarlariga bogʻlanishlar keltirilgan. 

    Download 3,34 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat

    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish