49
Kalit soʻzlar: audio, Analog-raqamli oʻtkazgichlar, Raqamli-
analog oʻtkazgichlar, WAV, MIDI, MP3.
Zamonaviy kompyuter tovushli axborotni qayta ishlash qurilmasi
boʻlib qoldi. Protsessorning takt chastotasi tovush chastotasidan 5
martoba katta boʻlganligi uchun real vaqt avtomatik oʻzgartirishli juda
murakkab qayta ishlashni amalga oshirish imkonini beradi.
Fizikadan ma‘lumki, tovush muhitning tebranishidan paydo
boʻladi. Oyda tovush eshitilmaydi. Mikrofonda tebranish elektrik
koʻrinishga oʻtadi. Analog tovushni kompyuterda saqlash uchun uni
raqamli koʻrinishga oʻtkazish lozim, ya‘ni Analog-Raqamli Oʻtkazish
(AROʻ) amalga oshirilishi lozim.
AROʻ ning ishlash prinsipi qanday?
Birinchidan, AROʻ tovush signalini vaqt mobaynida diskretlaydi.
Tovush intensivligi uzluksiz boʻlmasdan, qat‘iy
vaqt mobaynida
oʻlchanadi. Tovush signalini oʻlchash davri chastotasini diskretlash
chastotasi deb atash qabul qilingan. Insonlar qulogʻi 16-20000 Hz
(gers) ni eshitadi (3.5-rasm). Shundan yuqori sifatli tovushni chiqarish
uchun yuqori chegara etib 22 kHz qabul qilingan. Shu talabdan kelib
chiqqan holda chastota 44 kHz kichik boʻlmasligi lozim (kompakt
disklar uchun). Oddiy ma‘ruzani yozish uchun 8 Hz ham yetarli.
Diskretizatsiya kattalashishi faylning ham kattalashishiga olib keladi.
3.5-rasm. Inson eshitadigan tovush.
Ikkinchidan, AROʻ tovush signali amplitudasini diskretlaydi.
Kiruvchi signal bilan daraja raqami oʻrtasida bogʻliqlik bor. Boshqacha
aytganda, tovush balandligi 2 marta oshsa, unga bogʻliq son ham 2
marta oshadi. Oddiy
holatda shunday qilinadi, lekin chuqurroq qaralsa,
bu eng yaxshi yechim emas. Keng diapazondagi tovushda inson qulogʻi
chiziqli emas. Masalan, juda baland tovushda tovush intensivligini
koʻtarish yoki kamaytirish sezilmaydi, aksincha,
shivirlash paytida
darajaning ozgina tushirilishi umuman tushinib boʻlmas boʻlib qoladi.
Shuning uchun raqamli tovushni yozish paytida (ayniqsa 8-bitli
50
kodirovkada),
tekis
taqsimlanmaydigan
balandlik
darajasidan
foydalanadi.
3.6-rasm. Tovushni raqamlashtirish.
Tovushli axborotni oʻzgartirib kompyuter xotirasiga saqlash
ma‘lum tezisni yana bir bor ta‘kidlaydi, ya‘ni: ixtiyoriy axborot
kompyuterda raqamli koʻrinishga va keyin ikkilik tizimiga oʻtkaziladi
(3.6-rasm).
Tovushni eshitish uchun kompyuter faylidagi axborot diskret
signaldan analog signalga oʻtkaziladi. Bu qurilma Raqamli-Analog-
Oʻtkazgich (RAOʻ) deb yuritiladi. Albatta,
ilk analog signaldagidek
qilib qayta tiklash oson emas. Chunki qoʻshni diskretlangan nuqtalar
orasidagi axborot saqlanmagan boʻladi. Har xil tovush kartalarida shu
oraliqni ―toʻldirish‖ turlicha. Ularda katta hajmdagi hisoblashlar amalga
oshirilgan holda ―silliqlashgan‖ analog tovushga ega boʻlinadi. Maxsus
mikroprotsessorlar chiqariladi: DSP (Digital Signal Processor)
signallarni raqamli ishlash protsessori [20].
Tovushni yozish va oʻqish (ijro etish) uchun maxsus qurilma -
kompyuterning tovush platasi zarur boʻladi. U oʻz ichga AROʻni oladi,
AROʻ signal amplitudasini ma‘lum bir vaqt oraligʻida oʻlchaydi va
kompyuter xotirasiga 8 yoki 16 razryadli kodlar tarzda yozadi. RAOʻ
tovushni qayta tiklash (eshittirish) uchun signal amplitudasini yozilgan
kodlar boʻyicha
qayta tiklaydi, ya‘ni uni dastlabki holatga qaytaradi
(3.7-rasm).
Audio axborotni qayta ishlaydigan dasturlar koʻp (misol uchun
Adobe Audition, Acoustica Digital Audio Editor,
Sound Forge
dasturlari). Bu muharrirlarning barchasida quyidagilar amalga
oshiriladi:
51
Montaj;
Amplitudali oʻzgartirish;
Chastotali (spektral) oʻzgartirish;
Fazali oʻzgartirish;
Vaqtli oʻzgartirish;
Formantli oʻzgartirish.
3.7-rasm. Tovushni saqlash va ijro etish jarayoni.
Barcha muharrirlarda audioni belgilash, qirqish, qoʻyish kabi
montaj
usullari
amalga
oshiriladi.
Amplitudali
oʻzgartirishda
tovushning
kuchayishi
va
pasayishini
oʻzgartiriladi (vertikal
oʻzgartirish). Chastotali (spektral) oʻzgartirishda ayrim polosasini
choʻzish yoki qisqartirish amalga oshiriladi (gorizontal oʻzgartirish).
Fazali oʻzgartirish orqali aylanuvchi tovush,
harakatdagi tovush
yaratiladi. Vaqtli oʻzgartirishda asosiy tovushga vaqt oʻlchamida
nusxalar qoʻshish, ya‘ni nusxani ma‘lum vaqtga siljigan holda qoʻyish
amalga oshiriladi. Agar nusxa 20 millisoniyagacha siljigan holda
qoʻyilsa, xor effekti, undan katta vaqtga siljitilsa, exo effekti paydo
boʻladi. Formantli oʻzgartirish formantlarga, ya‘ni
inson ovozida
uchraydigan xarakterli chastota polosalariga asoslangan. Formantli
oʻzgartirishda har bir tovushga amplituda va chastota mos keladiki, u
tembrni va tiniqlikni bildiradi. Shu formant parametrlarini oʻzgartirib
alohida tovushni boʻrttirish yoki pasaytirish, bir unli harfni boshqasi
bilan almashtirish mumkin va hakozo.