41
Matn hujjati hajmi: Ma‘lumot kattaligi (bayt) =
qatordagi
belgilar soni
X sahifadani qatorlar soni. Misol: har bir qatorda 80
belgisi mavjud 40 qatorli matn = 80 belgi
X 40 qator = 3200 bayt =
3.125 Kbayt.
Nazorat uchun savollar:
1.
Matnni yaratish usullariga ta’rif bering.
2.
Matnni keyinchalik tanish uchun skanerlashda qanday
oʻrnatmalar zarur?
3.
Matnli fayllar formatlarini sanang va izohlang.
4.
Matn bilan ishlovchi qanday dasturlar guruhlari mavjud?
5.
Matn maharrirlari haqida soʻzlang.
6.
Tahririy-matbaa tizimlari haqida soʻzlang.
7.
Tarjimon-dasturlar yoki kompyuter lugʻatlari haqida
soʻzlang.
8.
Matnni formatlash usullarini ayting.
9.
Koʻp ishlatiladigan matn fayllari formatlari qaysilar?
3.2. TASVIR KOʻRINISHIDAGI AXBOROTLARNING
XUSUSIYATLARI. GRAFIK FAYL
FORMATLARI
Reja:
1.
Vektorli grafika
2.
Rastrli grafika
3.
Grafik fayllar formatlari
Kalit soʻzlar: rastr, rastrli grafika, vektorli grafika, GIF, JPG,
TIF, Photoshop, Corel Draw.
Tasvirilarni hosil qilish.
Tasvirlar kompyuterlarda ikki hil usul bilan hosil qilinadi. Bular:
Vektor asosli grafikalar;
Rastrli tasvirlar.
Vektor asosli tasvirlar matematik munosabatda boʻlgan nuqtalar
va ularni bogʻlovchi yoʻllardan iborat boʻladi. Masalan,
berilgan
tasvirdagi nuqta aylananing markazi va radius uzunligini berish
ahamiyatiga ega boʻla oladi. Vektorli fayldagi grafikalar obyektlar deb
42
ataladi. Har bir obyekt oʻzining rangi, shakli, hajmi va ekranda
egallagan oʻrni kabi xususiyatlari bilan farqlanib,
mustaqil hisoblanadi
[21]. Bu xususiyat ma'lum bir obyekt xususiyatlarini boshqa
obyektlarga ta'sir qilmagan holda oʻzgartirish imkonini beradi. Vektor
asosli tasvirlar illustratsiya va 3D (3 oʻlchovli) modellashtirishda hosil
qilinadi va keng qoʻllaniladi.
Rastrli
tasvirlar
tartiblangan
alohida-alohida
nuqtalardan
(piksellardan) tashkil topgan va turli ranglar bilan hosil qilinadi.
Piksellardan tashkil topgan kataklar (yoki matritsa)
rastr deb ataladi.
Bir necha toʻrtburchaklardan iborat ranglarni uzoqlashtirib koʻrilsa,
ma'lum bir tasvirni hosil qiladi. Nuqtalarga uzoqroq masofadan
qaralgani sari ular oʻzaro tutashib ketadi va yetarli darajada koʻrinishga
ega boʻlgan tasvir hosil boʻladi. Har bir
pikselning alohidaligi uni
oʻzgartirish yoki qayta ishlash imkonini yaratadi, natijada tasvirda
kerakli darajada oʻzgartirishlar masalan, soyalantirishlar, ranglarni
kuchaytirish va susaytirish kabilarni bajarish mumkin.
Rastrli tasvirlar,
fotosuratlar va video fayllarni tahrirlab ular orqali yangi san'at asarlarini
yaratish mumkin. Yoritilishni moslashtirish, shakllar va odamlarni olib
tashlash, matnlar kiritish va ularni olib tashlash, ranglarni moslashtirish
va maxsus effektlar kombinatsiyasini qoʻshish kabi amallar rastrli
tasvirlarda keng amalga oshiriladi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan usullarning har biri oʻz afzallik va
kamchiliklariga ega. Vektor asosli tasvirlarda
obyektning hajmi
kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan sari uning barcha elementlari
umumiy bir xillikni saqlagan holda birgalikda kattalashadi va
kichiklashadi. Obyektning silliq qismlari uning kattalashgan holatida
ham oʻz xususiyatini saqlab qoladi. Bundan tashqari,
vektor asosli
fayllarni rastrli fayl formatiga oʻtkazish mumkin. Rastrli tasvirlarda esa
ularni hosil qilish uchun murakkab ranglar toʻplami ishlatiladi. Bu
yerda ranglar xilma-xilligini nazorat qilish juda qiyin vazifa
hisoblanadi.
Rastrli
tasvirlarning
kamchiligi
shundaki,
ularni
kattalashtirish yoki kichiklashtirish tasvirning sifatini oʻzgarishiga
sabab boʻladi (3.2-rasm). Yakka-yakka piksellar oʻlchamining
kattalashtirilishi tasvirdagi shakllarni qoʻpollashtiradi va notekislik
yaqqol bilinib qoladi. Oʻz navbatida tasvir oʻlchamining kichiklashuvi
ham piksellarning qisilib qolishi sababli kamayishi hisobiga asl tasvir
buzilishiga olib keladi.
Qolaversa, rastrli tasvirlar bir guruh rangli
43
piksellar orqali ifoda qilinganligi sababli ularning ba'zi qismlariga
alohida ishlov berish juda qiyin boʻladi.
Multimedia va web-sahifalarini tayyorlashda vektor asosli
grafikalardan
keng
foydalaniladi,
chunki
ularning
xotiradan
egallaydigan joyi oz boʻladi, hamda ularni kichiklashtirish va
kattalashtirish imkoni mavjud. Bunday
fayllarda asosan nuqtalar,
chiziqlar va ranglar toʻgʻrisidagi axborot mavjud xolos. Tasvirning
katta yoki kichiklashuvi uning sifatiga ta'sir qilmaganligi sababli web-
tarmogʻida keng ishlatiladi.
Rastrli fayllarning hajmi esa kattaroq boʻladi. Bular ba‘zan
sahifaning sekin ochilayotgan paytida yaqqol bilinadi. Chunki bu
paytda rastrli tasvir toʻliq yetib kelmagan boʻladi. Biroq tabiiy
suratlarni ifodalashda rastrli tasvirlarning ahamiyati katta boʻlib, ular
vektor asosli tasvirlarga qaraganda bir oz jonliroq ifodalanadi.