Nazorat uchun savollar:
1.
Ma’lumot saqlovchi qanday qurilmalarni bilasiz?
2.
Axborotni kompakt disska yozish va oʻqish tartibi qanday?
3.
Pit va Land ning vazifasi nima?
28
4.
Kompakt disklar qanday turlarga ajratiladi?
5.
Nima uchun CDga nisbatan DVDga va oʻz oʻrnida DVDga
nisbatan Blu-ray ga koʻp ma’lumot sigʻadi?
2.4. ADABIYOTLARNI IDENTIFIKATSIYALASHDA
RFID-TEXNOLOGIYASI
Reja:
1.
RFID tushunchasi
2.
RFID qurilmalari
3.
RFID ning kutubxonalarda qoʻllanishi
Kalit soʻzlar: RFID, RFID-metka, RFID-oʻquvchi, RFID skaner,
Identifikatsiya darvozasi, Xizmat koʻrsatish terminali, RFID javon.
―Identifikatsiya‖ deganda guruh obyektlar orasidan ma‘lum
belgilari, xislatlari asosida konkret obyektni ajratib olish (tanish)
jarayoni tushuniladi. Texnik vositalar orqali identifikatsiyalash uchun
obyekt kodlashtiriladi.
Kodlar ham turlichadir: chiziqli shtrix kodlar (masalan, EAN
(European Article Number) tovarlar kodlari), ikki oʻlchamli shtrix
kodlar (masalan, QR-kod (quick response)).
2.20-rasm. EAN namunasi
2.21-rasm. QR-kod
namunasi
Zamon
talabiga
javob
beruvchi
avtomatlashtirilgan
kutubxonalarni
yaratishda
RFID
texnologiyasi
asosidagi
identifikatsiyalash keng qoʻllanilmoqda.
29
RFID (Radio Frequency IDentification) – radio toʻlqinli
identifikatsiya boʻlib, u hujjatlarni avtomatik identifikatsiyalash
usullaridan biri hisoblanadi. Radiosignallar yordamida ma‘lumotlar
RFID-metkaga yozib olinadi [9].
RFID komponentlari quyidagilar (2.22-rasm):
RFID-metka – ma‘lumotlarni saqlash va ularni radio toʻlqinlar
yordamida kontaktsiz usulda RFID-oʻquvchiga uzatadigan qurilma.
RFID-oʻquvchi – RFID-metkadan ma‘lumotlarni oʻqib oladigan
va unga ma‘lumotlarni yozadigan qurilma (2.23-rasm).
Ma‘lumotlar bazasi – metkadagi axborotga bogʻlangan
ma‘lumotlar saqlangan server.
2.22-rasm. RFID komponentlari.
RFID texnologiyasi mohiyati boʻyicha biroz shtrix kod
texnologiyasiga o
ʻ
xshab ketadi, ammo RFID ning bir qator afzalliklari
bor. Rivojlangan mamlakatlar kutubxonalarida ishlatilayotgan shtrix
kod texnologiyasi oʻz vaqtida kutubxonachilarga beminnat yordam
koʻrsatib kelgan, shtrix kod texnologiyasi yordamida kitob berish va
qaytarib olish jarayonlari tezlashgan, xatolar soni sezilarli darajada
kamaygan. Bularning barchasi, kitobxonlarga berilayotgan va qaytarib
olinayotgan har bir kitob toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarni qoʻlda yozish
zaruratini cheklash va ayni paytda bu operatsiyalar toʻgʻrisidagi
ma‘lumotlarni kompyuter xotirasiga avtomatik ravishda kiritish
mikoniyatini berar edi. Bu jarayonlarni avtomatlashtirishda shtrix kod
texnologiyalaridan
unumli
foydalanilgan.
Mazkur
texnologiya
yordamida kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda muhim bir
muammo hal qilindi, ya‘ni kitob berish va qaytarib olish jarayonlari,
har bir kitobga biriktirilgan shtrix kod shaklidagi axborotlarni skaner
qurilmasi yordamida oʻqish orqali avtomatlashtirildi. Dastlab, shtrix
kod
texnologiyalarini
kutubxona
jarayonlariga
tatbiq
qilish,
kutubxonadagi barcha jarayonlarni avtomatlashtirgandek tuyuldi.
metka 1
metka 2
metka 3
Skaner А
Skaner B
Ma‘lumotlar
bazasi
30
2.24-rasm. Ishlash jarayoni.
Ammo, kutubxonalarda avtomatlashtirilmagan yana ikki jiddiy
muammo bor ediki bulardan birinchisi kutubxonalarda oʻtkaziladigan
inventarizatsiya jarayoni, ikkinchisi esa Kutubxona bibliografik
klassifikatsiyasi (KBK), Universal oʻnli klassifikatsiya (UOʻK) yoki
boshqa biror bir klassifikatsiyalash tizimi asosida joylashtirilgan
fonddagi oʻz joyiga qoʻyilmagan kitoblarni qidirish va oʻz joyiga
qoʻyish muammosi edi. Kutubxonachilarga ma‘lumki kutubxona
fondidagi har bir kitob oʻz (adresiga) oʻrniga ega, oʻz oʻrniga
qoʻyilmagan kitob odatda kitobxonlar uchun yoʻqotilgan hisoblanadi va
u navbatdagi inventarizatsiya paytida topiladi va oʻz joyiga qoʻyiladi.
Bundan tashqari, keyingi paytda koʻplab kutubxonalar «ochiq fond»
tartibida ishlamoqdalar. Bunday holda fondlardan kitoblarning
yoʻqolishi koʻpayyadi, ya‘ni kitoblarni «kitob oʻgʻrilaridan» himoya
qilish ehtiyoji tugʻiladi. Bunday muammolarni shtrix kod texnologiyasi
hal qila olmas edi.
Shu bilan birga, barkod (shtrix kod) inson yordamiga muxtoj,
RFID esa toʻgʻridan-toʻgʻri kontaktni talab qilmaydi, soniyasiga yuzlab
elementlarni oʻqishga qodir.
Fondda, bevosita har bir kitobga kontaktsiz, ma‘lum bir
masofadan turib identifikatsiyalash orqali inventarizatsiya oʻtkazish,
inventarizatsiya jarayonini tezlashtirishning yagona usuli hisoblanadi.
Kutubxona fondini inventarizatsiya qilish bu kutubxonada eng uzoq
davom etadigan jarayondir. Bunda tokchadagi har bir kitob qoʻlga
olinib u identifikatsiya qilinadi va oʻz joyiga qoʻyiladi. Demak,
kutubxonadagi har bir kitob qoʻl bilan ushlanib, tegishli ma‘lumotlar
taqqoslanib soʻngra kitob oʻz o‗rniga qoʻyilishi kerak. Kutubxona
31
fondida 10-15 ming kitob boʻlganda bu ishni bajarish unchalik
qiyinchilik tugʻdirmaydi. Ammo, fonddagi kitoblar soni yuz minglab
yoki millionlab boʻlgandachi? Bunday holda inventarizatsiya bir necha
oyga choʻzilishi mumkin. Inventarizatsiya uchun qancha vaqt ketadi?
Oʻz joyiga qoʻyilmagan kitoblar odatda, kitobxonlar uchun yoʻqotilgan
hisoblanadi, chunki soʻrovni bajarayotgan kutubxonachi kitobni maxsus
shifr boʻyicha izlaydi, kitobni oʻz oʻrnidan topmagach, kitobxon
soʻroviga rad javobini beradi. Bunday hol katta fondga ega va «ochiq
fond» tartibida ishlayotgan kutubxonalarda koʻp uchraydi. Chunki
«ochiq fond» tartibida ishlayotgan kutubxonalardan foydalanayotgan
kitobxonlarning kitobni oʻz oʻrniga qoʻymaslik ehtimoli katta boʻladi.
Masalan, Vatikan kutubxonasining «nodir kitoblar» boʻlimi fondida 2
000 000 saqlash birligi hajmida kitob saqlanadi. Bu yerda oʻz oʻrniga
qoʻyilmagan kitoblarni izlash muammosi juda oson hal qilingan, ya‘ni
oʻz oʻrniga qoʻyilmagan kitob faqat navbatdagi invertarizatsiya paytida
topilib, oʻz joyiga qoʻyilgan. Kutubxonaning «ochiq fond» tartibida
ishlashining afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Shu
tartibda
ishlaydigan
kutubxonalar
fond
xavfsizligini
toʻliq
ta‘minlashlari lozim. Buning uchun shtrix kod texnologiyasidan
tashqari, har bir kitobga oʻgʻrilanishga qarshi metka oʻrnatilishi va
kitob berish kafedrasida bu metkalar faolsizlantirilishi kerak. Bunday
holda kitobxonlarga mustaqil ravishda xizmat koʻrsatish stansiyalaridan
foydalanish imkoniyatlari cheklangan boʻladi.
Shunday qilib, kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda
shtrix kod texnologiyalaridan foydalanish ham oʻz imkoniyatlari
chegarasiga yetdi. Mazkur texnologiya bugungi kunda zamonaviy
kutubxonalar oldida turgan muammolarni hal qila olmay qoldi.
|