33
RFID skanerlar
RFID skaner metkaga ma‘lumot yozish va oʻqish
qurilmalari
boʻlib, metkalarni toʻlqin yordamida quvvatlash xususiyatiga ega.
Ularning asosan 2 xil turi mavjud:
•
Statsionar
•
Mobil
2.26-rasm. RFID skanerlar.
AKMlarda quyidagi RFID qurilmalaridan foydalaniladi:
1.
Identifikatsiya darvozasi
Kitobxonalar uchun oʻtish joyi 120 sm – bu ijtimoiy va ommaviy
binolarga tashrif buyuruvchilar uchun ruxsat etilgan minimal oʻtish
joyi. Kutubxonaning oʻquv zalidagi oʻtish joyi kengligi 1,2
m dan kam
boʻlmasligi kerak. Hujjatlarni koʻchirilishi va oʻgʻirlanigshi nazoratini
ta‘minlaydi.
2.27-rasm. Identifikatsion darvoza.
Oʻz
faoliyatini
«ochiq fond»
tartibida tashkil etgan
kutubxonalarda fondni himoya qilish uchun maxsus RFID eshik
oʻrnatilishi kifoya (2.27-rasm).
Bu eshik, kutubxonadan ruxsatsiz olib
34
chiqilayotgan har bir kitobga nisbatan tovush
yoki nurli signal berish
orqali e‘tibor qaratadi. Eshik kutubxonaning avtomatizatsiyalashgan
tizimgaga ulangan holda kompyuter ekranida
kimning qanday kitob
olib chiqayotganligi aks etadi. Bunday holda fondni oʻgʻrilashga qarshi
standart metkalar bilan ta‘minlashga hamda bunday metkalarni
faolsizlantiruvchi va faollashtiruvchi qurilmalarga ham hojat qolmaydi.
Radiochastotali metka xotirasidagi sektor oʻgʻirlashga qarshi funksiyani
ham bajaradi.
Amalga oshiriladigan jarayonlar:
Kitobxonning karochkasini koʻrib chiqish;
Hujjatlarni berish/qaytarib olish;
Kitob berish muddatini uzaytirish;
Hujjatlar roʻyxati va kvitansiyalar muhri.
Kitobxonlik biletlari: Shtrix-kod, RFID, MIFARE va EM-Marine.
Terminallarning ishchi yuzasi balandlik boʻyicha oʻzgarishi
barcha
yoshdagi kitobxonlar, ayniqsa imkoniyati cheklanganlar uchun
xizmat koʻrsatishga imkon beradi.
2.28-rasm. Xizmat koʻrsatish terminali.
2.