Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/44
Sana23.12.2023
Hajmi3,34 Mb.
#127740
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Bog'liq
61dbf7822780d7.76038544

3.2-rasm. Rastrli ―b‖ harfini kattalashtirganda piksellar koʻrinishi. 
Rastrli tasvirlar uchun oʻtkazuvchanlik (razreshenie) – nuqtalar 
soni muhum. Ular quyidagicha farqlanadi: 

Aslning (original) oʻtkazuvchanligi; 

Ekran tasviri oʻtkazuvchanligi; 

Tasvir chop etish oʻtkazuvchanligi. 
Aslning (original) oʻtkazuvchanligi tasvir sifati, raqamlashtirish 
usuli yoki tanlangan fayl formati va boshqa parametrlar va talablardan 
kelib chiqqan holda tanlangan dyyumdagi nuqtalar (dpi) bilan 
oʻlchanadi. 
Ekran tasviri oʻtkazuvchanligi monitor oʻtkazuvchanligiga 
bogʻliq. Monitor oʻtkazuvchanligi 640x480, 800x600, 1024x768, 
1280x1024, 1600x1200, 1600x1280, 1920x1200, 1920x1600 va 


44 
hokazo boʻladi. Sifatli monitorlarda qoʻshni lyuminofor nuqtalar 
orasidagi masofa 0,22 mm dan kamni tashkil etadi. Tasvirni ekranda 
koʻrish uchun 72 dpi, lazernom printerda chop etish uchun 150-200 dpi 
yetarli. 
Tajriba 
asosida 
aniqlanganki, 
chop 
eishda 
aslning 
oʻtkazuvchanligi chiqaruvchi rastr qurilmasining liniaturasidan 1.5 
marta katta boʻlishi lozim. 
Rastrlashning 
ikki 
modulyatsiyasi 
mavjud: 
amplitudali 
modulyatsiya va chastotali modulyatsiya. Amplitudali modulyatsiyada 
har bir element uchun rastr nuqtasi oʻlchami hisoblanadi, u 
yacheykadagi ton intensivligiga bogʻliq. Intensivlik qancha katta 
boʻlsa, 
rastr 
elementi 
shuncha 
zich 
joylashadi. 
Chastotali 
modulyatsiyada tonning intensivligi bir xil oʻlchamli nuqtalar orasidagi 
masofa bilan rostlanadi. Bu rastrlashda har xil tondagi rastrlarda har xil 
sondagi nuqtalar yotadi. 
Rastr tasviri nuqtasi oʻlchami aslni rastrlash parametri va usuliga 
bogʻliq. Rastrlash chogʻida asl ustiga toʻr (setka) chizigʻi qoplangandek 
boʻladi, uning yacheykasi rastrni tashkil etadi. Toʻr chastotasi 
dyuymdagi chiziqlar (liniyalar) soni bilan oʻlchanadi va liniatura deb 
yuritiladi va lpi (line per inch) deb belgilanadi. Gazetani chop etish 
uchun uchun — 65-85 lpi, jurnallar uchun — 85-133 lpi, badiiy 
reklama uchun — 133-300 lpi taklif etiladi. 
Tasvir ranglarini ekranda chiqarish RGB (qizil, yashil, koʻk), 
printerga chiqarishda CMYK (havorang, purpur, sariq, qora) formatdan 
foydalanadi (3.3-rasm). 
3.3-rasm. Ranglar jilosi. 
A Grafikaning ikki turi boʻlganidek, ularni qayta ishlaydigan 
muharrirlarning ham ikki turi mavjud. Rastrli grafika bilan ishlaydigan 


45 
muharrirlar jumlasiga Adobe Photoshop, The Gimp, Paint.Net kabilar 
kiradi. Vektorli grafika bilan ishlaydigan muharrirlar jumlasiga Corel 
Draw, Illustrator, AvtoCAD kabilar kiradi.
dobe Photoshop - Adobe Systems kompaniyasining rastrli grafik 
muharriri (3.4-rasm). Hozir Photoshopning Mac OS X/Mac OS va 
Microsoft Windows platformalari uchun versiyalari mavjud boʻlib keng 
foydalanadi. Uning imknoyatlari koʻp: 
 
Koʻp qavatli tasvirlarni yaratish;
 
Matn bilan ishlash boʻyicha koʻp imkoniyatli uskunalar;
 
100 ortiq filtr va maxsus effektlar; 
 
Bir necha oʻnlab chizish, konturlarani qirqish asboblari; 
 
Tasvirlarni birlashtirish (uygʻunlashtirish), tekstura bilan 
ishlash; 
 
Barcha keng qoʻllanadigan grafik formatlar bilan ishlash; 
 
Tasvirning qismini belgilab ajratish va qayta ishlash 
professional asboblari; 
 
Bajarilgan 
oʻzgartirishlarni 
koʻpqadamli 
orqaga 
qaytarishning (voz kechishning) mavjudligi va hokazo. 
3.4-rasm. Adobe Photoshop ish oynasi. 
Grafik fayllar formatlari koʻp. Rastrli grafika fayllari 390 ga 
yaqin, vektorli grafika fayllari esa 140 taga yaqin formatga ega. 
Quyida koʻp uchraydigan ayrim formatlar haqida ma‘lumot keltiriladi 
[9]. 

Download 3,34 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat

Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish