56
Oʻtkazuvchanlik imkoniyati;
Ekran tomonlari munosabatlari;
Bitrayt.
Kadrlar chastotasi – soniyadagi kadrlar soni.
Chastotasi qancha
katta boʻlsa, harakat shuncha silliq va tabiiy boʻladi. Minimal
koʻrsatkich — 16 kadr/sek. kinematografiyada 24 kadr/sek. PAL va
SECAM televidenie tizimi 25 kadr/sek. (25 fps ili 25 Gerts), NTSC esa
30 kadr/sek. Ayrim zomonaviy professional videokameralar 120
kadr/sek. gacha, maxsuslari esa 1000 kadr.sek boʻladi.
Oʻtkazuvchanlik imkoniyati videoyozuv
ranglari soni har bir
piksel uchun bitlar bilan oʻlchanadi. (ingl.
bits per pixel, bpp). 1 bitda 2
rang (oq va qora), 2 bitda — 4 rang, 3 bitda — 8 rang, …, 8 bitda —
256 rang (2
8
= 256), 16 bitda — 65 536 rang (2
16
), 24 bitda — 16 777
216 rang (2
24
).
Kadrning eni va boʻyi munosabatlari videoyozuv uchun muhum
parametr hisoblanadi. XIX asr oxirida ekran munosabatlari 4:3
(kinematografiyada 1,33:1) qilib belgilangan edi. 1950-yillarda
kengekranli kinematografik tizim munosabatlari 2,75:1 ni, hozirda esa
1,85:1 ni tashkil etadi. Yuqori tiniqlikdagi
televideniye ekrani uchun
16:9 (1,78:1) standarti qabul qilingan (3.8-rasm).
Videooqim kengligi (boshqacha aytganda, ―video tezligi‖)
bitreyt
(inglizcha
bit rate) deb ataladi. Bu bir soniyada qayta ishlangan
videoaxborot miqdori (oʻlchami «bit/s», «Mbit/s» — megabit/soniya).
Videooqim kengligi katta boʻlsa, sifati oshadi. Masalan, VideoCD
uchun videooqim 1 Mbit/s, DVD uchun 5 Mbit/s.
HDTV raqamli
televideniye uchun kenglik 10 Mbit/s.
3.8-rasm. Kadr eni va boʻyi munosabatlari: a – 2.35:1, b –
1.85:1, c – 1.33:1
Videoaxborotlarni yozishda AVI va MPEG formatlardan
foydalanamiz. AVI formati Microsoft kompaniyasi tomonidan
videoilovalar uchun yaratilgan. Kengaytmasi .avi. MPEG1-2-3-4
57
formati
xalqaro
ekspertlar
guruhi
tomonidan
ISO
(Xalqaro
standartlashtirish tashkiloti) standart sifatida yaratilgan.
Fayllar real
videotasvirlar (videofilmlar)ni stereofonik tovushlar joʻrligida yozish
imkoniyatiga ega. Bunday fayllarning hajmi juda katta boʻladi. Bir
daqiqali videorolik bir necha Mbayt joy egallaydi. Keyingi paytlarda
MPEG formati eng samarali standart sifatida faydalanilmoqda. U
ma‘lumotlarni uzatishda ham samarali. Masalan, MPEG-2 formatida 10
mb/soniya tezilikka erishgan.
Maxsus viedo muharrirlarda video fayllar tahrirlanadi.
Tahrirlash
jarayoni ketma-ket va oʻzaro bogʻliq 3 ta operatsiyadan iborat: video
ushlash, montaj va yakuniy zichlash.