Radiatsion defektoskopiyaning fizik asoslari




Download 206.5 Kb.
bet7/11
Sana24.03.2021
Hajmi206.5 Kb.
#13491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.2 Radiatsion defektoskopiyaning fizik asoslari
YOritishda ichki nuqsonlarni aniqlash rentgen va gamma-nurlanishlarning turli materiallar orqali bir hil o‘tmasligi qobiliyatiga aniqlangan va ularga materialning qalinligi, uning turi (jinsi) va nurlanish energiyasiga bog‘liq holda ularda yutilishi qobiliyatiga asoslangan. Payvand choklarida nuqsonlarni aniqlash uchun buyumning bir tomoniga nurlanish manbai (rentgen trubkasi yoki izotop) o‘rnatiladi, ikkinchi tomoniga nuqson to‘g‘risida axborotni qayd qiluvchi detektor o‘rnatiladi (3.6-rasm). Detektor sifatida rentgen plyonkasi, elektron-optik o‘zgartgich, kseroradiografik plastina, fotoqog‘oz va xokazolar qo‘lanilishi mumkin. Manba 1 dan chiqqan nurlanish ichki nuqson 3 ga ega payvand birikma 2 orqali o‘tib nuqsonli va nuqsonsiz joyda turlicha yutiladi va detektor 4 ga turli intensivlik bilan keladi. Havo, gaz yoki nometall kirishmalar bilan to‘lgan nuqsonli joylar orqali o‘tganda nurlanishning intensivligi yahlit metalldagiga qaraganda kamroq susayadi.

2.6-rasm. Payvand birikmani yoritish sxemasi:

1 - manba, 2 - nazorat qilinayotgan birikma, 3 - nuqsonli joy, 4 - detektor, I - nazorat qilinayotgan birikmadan o‘tgan nurlanishning intensivligi grafigi.
Intensivliklar farqini detektor qayd qiladi, masalan, o‘tgan nurlanishning intensivligi 1 nuqsonli joyda eng ko‘p bo‘lsa (3.6-rasmga qarang), plyonka kuchliroq qorayadi. Rentgen plyonkalarining qo‘llanilishi defektoskopiyaning radiografik uslubining asosini tashkil etadi, u radiatsion nazoratning barcha ma’lum bo‘lgan usulublaridan eng katta hajmni egallaydi. YOritilayotgan ob’ektning ichida mavjud bo‘lgan barcha nuqsonlar har doim ham va har qanday sharoitda ham plyonkada aniqlanavermaydi. Minimal aniqlanadigan nuqson mavjud bo‘lib, u uslubning chegaraviy sezgirligini ifodalaydi.

Radiografiyada sezgirlikning ikki turidan foydalaniladi. Absolyut (mutlaq) - minimal aniqlanadigan nuqsoning o‘lchami bilan yoki yoritilish yo‘nalishida sezgirlik etaloni elementi o‘lchami bilan belgilanadi. Absolyut sezgirlik qiymatini (mm) tahminan S0,005*(2 + S)/ munosabatidan aniqlash mumkin, bu erda  - chiziqli susayish koeffitsenti (jadvallar bo‘yicha tanlab olinadi). Nisbiy sezgirlik yoritilish yo‘nalishda minimal aniqlanadigan nuqson S ning nazorat qilinayotgan birikmaning qalinligi S ga nisbati bilan xarakter va foizlarda ifodalaniladi: K = (S / S)*100.

GOST 7512 - 82 ga muvofiq nazorat qilishning absolyut sezgirligi kattaligi nazorat qilish natijasida aniqlash talab qilinadigan minimal nuqson kattaligidan ikki marta kichik bo‘lishi mumkin.

Radiografik nazorat qilish uslubining sezgirligi quyidagi asosiy omillarga bog‘liq: birlamchi nurlanish energiyasi, yoyiq (tarqoq) nurlanish, yoritilyotgan materialning zichligi va qalinligi, nuqsoning shakli va joylashgan joyi, rentgen trubkasining fokus masofasi va fokus dog‘i kattaligi, rentgen plyonkasining turiga.

Rentgen va  - nurlanishi energiyasining ularning nazorat qilinayotgan metall orqali o‘tishda susayishi jarayonlarining murakkabligi va uslubning sezgirligi bog‘liq bo‘lgan omillarning hilma hilligi tufayli bu omillarning bir vaqtda ta’sirini hisobga olishining imkoni yo‘q. Bu omillardan har birini usulubning nuqsonlarni aniqlashga sezgirligini baholab, bu omillarni alohida qarab chiqish maqsadiga muvofiq.



Download 206.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 206.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Radiatsion defektoskopiyaning fizik asoslari

Download 206.5 Kb.