• Kurs ishining vazifalari
  • Kurs ishining obyekti
  • Reja: Kirish. O’quv faoliyati haqida tushuncha Asosiy. Ajdodlarimizning ta’lim to’g’risidagi bebaho o’gitlari




    Download 1.61 Mb.
    bet2/7
    Sana01.06.2022
    Hajmi1.61 Mb.
    #22566
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2 5228695771720719753
    2 5199592240099366981, sifat menejmenti, 3-laboratoriya mashg‘uloti Tirsakli vallarni shatun va tayanch b-fayllar.org
    Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinflarda darslarni o’qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni qo’llash usullarini ishlab chiqish,dastur materiallariga mos matnli masalalarni o’rganishning samarali usullarini aniqlash yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib masala yechishni amalga oshirish yo’llarini izlashdan iborat.
    Kurs ishining vazifalari:
    -Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amalda sinab ko’rish.
    -Boshlang’ich sinf o’quvchilarini bilim olishga o’rgatishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini tajriba-sinovda tekshirib ko’rish.
    -Boshlang’ich sinf o’quvchilarini bilim olishda ko’rgazmalardan foydalanish
    -Boshlang’ich sinf darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tashkil etishning ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash.
    Kurs ishining obyekti:Umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf darslarida ko’rgazmalardan foydalanish jarayoni.
    Kurs ishining predmeti:Boshlang’ich sinflarda ko’rgazmalarning o’rni va ahamiyati.
    Ta’lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar o'qitish
    shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish
    nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi
    lozim. Mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar
    muvaffaqiyatini ta ’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
    o'qituvchi va tarbiyachilaming ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy
    mahoratlariga ko'p jihatdan bog'liq.
    Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda
    murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu
    faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh
    avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti,
    balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega
    ekanligini anglatadi. O'qituvchi - O'zbekistonning porloq kelajigini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlaming davomchisi bo'lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, o'qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o'rtasidagi obro e’ tibori hozirgi zamon talablariga mos bo'lishi shart. Pedagogik mahoratga ega bo'lish, o'qituvchi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlovchi zamin bo'libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro'-e'tiborini ham oshiradi, o'quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
    Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o ‘zaro bir-biri bilan bog'liqbo‘lgan asosiy komponentlardan iborat:
    1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi.
    2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish.
    3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish.
    4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash
    O‘qituvchi, o‘quvchi va talabalardagi fikrlash jarayonni to'g'ri yo'lga solish uchun amaliyot har qanday bilishning negizidir, degan qoidani hisobga olish zarur. Ta’limda o'qituvchi bilim berish bilan cheklanmaydi, u o'quvchilaming fikrlash faoliyatiga ham rahbarlik qiladi, o'quvchilarda ishdagi mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini o'stiradi va shu tariqa o'rganilayotgan narsaning ongli ravishda o'zlashtirib olishga erishiladi, materialni idrok qilishlari va tushunib olishlari bilan biiga, uni puxta esda saqlab qolishlarito'grisidagi ham g'amxo'rlik qiladi.
    O'qituvchi o'quvchi talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o'quv ishlami olib borar ekan, awalo ta’lim jarayoni orqali uch vazifani, ya’ni bilim berish orqali uch maqsadni hal qilish lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatini birlashtiradi:
    1. Ta’limiy maqsad - O‘quv materialining mazmunini bilish, ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlami o'zlashtirish va amaliyotga tatbiq qila olishdir.
    2. Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o'zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g'oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o'zining shaxsiy sifatlarini, imon - e’tiqodlarini shakllantirishdir.
    3. Rivojantiruvchi maqsad - ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolatini, bilish qobiliyatini, o'qishga, mehnatga bo'lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat.
    Bu maqsadlami amalga oshirish natijasida o'quvchi - talabada mustaqil ishlash iste’dodi paydo bo'ladi. Uni o'ylashga o'rgatadi, ta’lim jarayonida tafakkur qukmronlik qiladi Bu bog‘liqlikni, awalo, ta’limni amalga oshirish bosqichlarda ko‘rishimiz mumkin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat?
    Birinchi bosqich - o‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda o'quvchi talaba ta’limning mazmuni bilan tanishib, o'zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanligini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasawur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
    Ikkinchi bosqich - ular o'quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo'ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
    Uchinchi bosqich - yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar o'qituvchining qo'shimcha izoqlari orqali mustahkamlanadi.
    To'rtinchi bosqichda - ular o'zlashtirib olgan bilimlami imko- niyatga qarab amaliyotga tatbiq qiladilar.
    Bulami bilish orqali o'qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi mumkin. Shuning uchun o'quv jarayonining ham- ma bosqichlarida o'qituvchi etakchilik va boshqaruvchilik rolini o'ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo'lsak, o'qi- tisli jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog'i sifatida qator vazifalarni bajaradi. Jumladan:
    1. O'quvchi va talabalarda bilim ko'nikmalari va malakalarini hosil qiladi.
    2. Ularda dunyoqarash, ishonch va e’tiqodlarini o'stiradi.
    3. Yoshlarni muayyan darajada o'qimishli, muayyan tarbiyali kishilar bo'lib etishishlariga, qobiliyat va is’tedodlarini o'stirishga erishiladi.
    Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o'qituvchida o'z kasbiga layoqat bo'lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo'lishdir. Bu, awalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasawur qila olishda ko'rinadi. Bundan tashqari o'qituvchi o'quvchiga qiziqib qarashi, uning ehtiyoj va xususiyatlarini tushuna bilish lozim.
    0‘qituvchi keng ko'lamdagi didaktik bilimlaiga, pedagogik ma- horatga ega bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchi kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida ta’lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.
    "Ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari
    darajasiga kо ‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo
    etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida:
    “Ta’lim to'g'risida”gi Oomm va kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy
    dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo 'nalishi
    deb hisoblansindeyiladi Barcha sohalarda olib borilayotgan islohotiar samarasi
    yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali
    kadrlarga bog'liq. Kadrlami tayyorlash esa awalo o‘qituvchi-murabbiylar
    zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli, chuqur bilimga ega bo'lgan.
    zamonaviy o‘qituvchi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omih sifatida
    qaralib kelinmoqda. 0 ‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos
    bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak.
    o‘qituvchi xodimlar o‘zlarining kasb-ko‘nikmalari va muallimlik
    mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart.
    O‘zbekiston Respublikasida o'qituvchi kadrlaming ma’naviy qiyofasi,
    aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar
    qo‘yiImoqda Chunonchi, bu borada 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
    Sh.M. Mirziyoyev quyidagilarni qayd etadi: “Tarbiyachi - ustoz bo'lish
    uchun, boshqalarning aql-idrokini о 'stirishi, та ’rifat ziyosidan bahramand
    qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun,
    eng avvalo, tarbiyachining о ‘zi ana shunday yuksak talablarga javob
    berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo 'lishi kerak”
    Yuqorida qayd yetilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi
    shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi.
    Zamonaviy o'qituvchi qanday bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo'yicha ko‘plab pedagog va psixolo]
    olimlar o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. 0 ‘qituvchilaming kasbr
    mahoratlarini milliy an’ana va urf-odaflarimizdan, qadriyatlarimizdai
    kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatin
    hozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirish uchun metodi]
    qo'llanmalar, tavsivanomalar paydo boidi. Hozirgi kunda ham ushbu
    muammo bo'yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.



    1. Download 1.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish. O’quv faoliyati haqida tushuncha Asosiy. Ajdodlarimizning ta’lim to’g’risidagi bebaho o’gitlari

    Download 1.61 Mb.