• Ta’lim jarayonida turli korgazmali qurollardan foydalanish
  • Reja: Kirish. O’quv faoliyati haqida tushuncha Asosiy. Ajdodlarimizning ta’lim to’g’risidagi bebaho o’gitlari




    Download 1.61 Mb.
    bet6/7
    Sana01.06.2022
    Hajmi1.61 Mb.
    #22566
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2 5228695771720719753
    2 5199592240099366981, sifat menejmenti, 3-laboratoriya mashg‘uloti Tirsakli vallarni shatun va tayanch b-fayllar.org
    Ta’lim jarayoni - ma’lumot mazmuni hamda unga oid faoliyat usullarini o'quvchilaming o'zlashtirishi uchun o'qitish va o'qish faoliyatlarining real aloqalashuvi, sababiyatli bog'lanishi, bir-biriga muvofiqlashuvi asosida ta’limning aktlar, zvenolar, cikllar shaklida makon va zamonda harakatlanadigan maqsadga muvofiq shirkat faoliyatidir.
    Ta’limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish fao liyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlami shakllantirish hamda ulaming qobiliyatlarini o'stirishdir.
    Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to‘plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko'nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllantiriladi. Ta’lim o'qituvchi va o'quvchilaming birgalikdagi faoliyati bo'lib, u ikki tomonlama xarakteriga ega, ya’ni unda ikki tomon o'qituvchi va o'quvchi faol ishtirok etadi. O'qituvchi aniq maqsadni ko'zlab, reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va malakalami singdiradi, o'quvchi esa uni faol o'zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok tassavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o'ynaydi. Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko'nikma va malakalami hosil qilish, ya’ni haqiqatlami ocha olishga qodir bo'lgan jiddiy mantiqiy tafakkumi tarbiyalashdir. O’qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak-atrofdagi dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo’ladi. Shuning uchun o’qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarinini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy negizi hisobllanadi.
    Ta’lim tamoyillario’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq holda bir sistemani tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchi talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarning mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir. O’quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo’lishi, texnika va fanning so’nngi yutuq va kashfiyotlarini o’zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan o’quvchi ilm fandagi yangiliklardan xabardor bo’lishi lozim.
    O’qitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o’quvchi-talabalarni hozirgi zamon texnika fan taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa, talaba yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirishga qaratiladi. Ilmiylik ta’limning mazmuniga va usullariga aloqadordir. Shunday ekan bilim ilm-fan bilan o’quv predmeti o’rtasida hamkorlik, o’zaro bog’liqlik, bo’lishiga erishish lozim. Ta’limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlashardan foydalanmoq lozim.

    O‘qitish metodi deganda ta’lim jarayonida O‘qituvchi va o'quvchilaming kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. 0‘qitish usullari taiim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. O‘qitish usullari har ikkala faoliyatning: a)o‘qituvchi tomonidan o'quvchilami bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish;


    b) o‘quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o'zlashtirish faoliyatida qoilanadigan yoilarni o'z ichiga oladi. Ta’lim berish o'qituvchidan izlanishni, pedagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyati boy boigan ustozgina mavzuni talabalarga mahorat bilan etkazib beradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta’lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o‘z o'rnida foydalaniladi.
    Ta’lim metodi ta’limning maqsadi va vazifalariga bogiiq. Metodlar o‘quvchilaming yoshiga ta’limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi.
    Metodlami har qanday muammoni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:


    3. Ta’lim jarayonida turli ko'rgazmali qurollardan foydalanish.


    Ta’lim jarayonida ko’rgazmali qurollardan foydalanishga harakat qilamiz. Xo'sh, ushbu o'quv informatsiyasini ko'rgazmali uzatish va ko‘rish orqali qabul qilish metodining ahamiyati qanday? Ko‘rgazmaliIikning qanday turlari mavjud? degan savollarga javob topishga harakat qilaylik.
    Ko'rgazmali usulning muhimligi o'rganilayotgan narsa va hodisalami hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga o'quvchini undash, mantiqiy va nazariy elementlaming birligiga ishonch hosil qilishga, nihoyat nazariy bilimlami amaliyotda qo'llay olishga o'rgatishdan iborat.
    Ta’limda ko'rgazmalilik usuli namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya tariqasida olib boriladi.
    Ta’lim jarayonida namoyish etish usulidan foydalanish asosiy materialning xarakteriga - mazmuni, shakli va hajmiga bog'liq. Bu xarakter ikki turlidir:
    1. Aslicha ko'rsatilishi mumkin bo'lgan buyum va narsalar: o'simliklar, ulaming tarkibi, hayvonlar, ma’danlar, kolleksiyalar, asbob va mashinalar, modellar va h.k.
    2. Tasviriy ko'rgazmali materiallar: A) buyum, narsa, hodisa va voqealaming tasvirini ifodalovchi materiallar, rasm, surat, fotosu- rat, diafil’m va h.k. B) buyum, narsa, voqealarning biror shartli belgisi orqali ifodalangan simvolik va sxematik tasviriy materiallar, chizmalar, jadvallar, diagrammalar va h.k.
    Tasviriy ko'rgazmali materiallar turliligi har xil qoilashni talab etadi. Masalan:
    1. Buyum va narsalami tabiiy holda ko'rsatishni ikki usulda namoyish etiladi:
    a) o'tilayotgan mavzuga oid badiiy ko‘rgazma materiallari o'quvchi bayon qilayotgan bir vaqtda (faqat o'qituvchi ko'rsatadi);
    b) tabiiy ko'rgazmali materiallaming soni etarli bo'lsa ular har bir o'quvchigai tarqatib beriladi.
    2. Tasviriy ko'rgazmali materiallaming har ikkala turini ham ikki xil usulda olib borish mumkin:
    a) ko'rgazmali materiallami o'qituvchi namoyish etadi;
    b) ko'rgazmali materiallar o'quvchiga tarqatiladi.
    XX asrning 30-60-yillarida pedagogil texnologiyaga oid qarashlar. XX asrning 30-yillarida ta’lim-tarbiya tizimida katta o’zgarishlar yuz berdi. Bu o’zgarishlar hukumatning 30-yillarida qabul qilgan qator qarorlari ( 1932-yil 25-avgustdagi “Boshlang’ich va o’rta maktab darsliklari haqida”gi 1934-yil 15-maydagi maktablarda tarix va geografiya o’qitish to’g’risidagi va boshqalar) bilan bog’liqdir. Bu qarorlarda o’quv jarayonidagi kamchiliklar: O’quv materiallarining haddan tashqari ko’pligi, buning natijasida ayrim o’quv fanlari yuzaki o’tillayotganligi, ba’zi fanlar, ayniqsa, matematika, fizika va kimyo dasturlari orasida bog’lanish yo’qligi, soddalashib ketganligi kabilar ko’rsatildi. O’qitishda ko’rgazmali qurollardan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. Misol uchun 1-sinf matematika darsida 1dan 10gacha bo’lgan sonlarni o’rgatishda quyidagi ko’rgazmadan foydalanish mumkin:


    Geometrik shakllarni o’qitishda esa quyidagicha ko’rgazmadan foydalanish foydali:


    Sonlar ustida amallar bajarishga o’rgatishda ushbu ko’rgazmadan foydalanish mumkin:




    O’quvchilarni katta, kichik va teng belgilari bilan tanishtirishda ushbu ko’rgazma kata yordam beradi:





    1. Xulosa

    Dars jarayonida ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ularni tayyorlashni ham o’rganish zarur. Ko’rgazmali qurol va tarqatma materiallarni tayyorlayotganda ularni turlimaqsadda tayyorlanayotgani, qanday shakl va mazmunda yetkazish ma’qul ekanini hamda ularni tayyorlash qoidalariga rioya qilishni yoddan chiqarmaslik kerak.
    Darsni ko’ngildagidek o’tishida ko’rgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga ega. Namoyish qilish jarayonini shunday tashkil qilinishi kerak:
    Hamma o’quvchilar namoyish qilinayotgan obyektni ko’rishlari, iloji boricha faqat ko’rish emas, sezish organlari bilan his qilishlari kerak;
    Obyektning muhim, asosiy tomonlari o’quvchilarda kata taassurot qoldirishi, maksimum darajada diqqatlarini jalb qilishi kerak;
    O’rganilayotgan obyektni sifatini mustaqil ravishda o’lchash imkoniyatini ta’minlashi kerak


    Download 1.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish. O’quv faoliyati haqida tushuncha Asosiy. Ajdodlarimizning ta’lim to’g’risidagi bebaho o’gitlari

    Download 1.61 Mb.