Reja: Kirish. O’quv faoliyati haqida tushuncha Asosiy. Ajdodlarimizning ta’lim to’g’risidagi bebaho o’gitlari




Download 1.61 Mb.
bet4/7
Sana01.06.2022
Hajmi1.61 Mb.
#22566
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5228695771720719753
2 5199592240099366981, sifat menejmenti, 3-laboratoriya mashg‘uloti Tirsakli vallarni shatun va tayanch b-fayllar.org
qobiliyatidir” deydi. Suhandonni shogirdlarga notiqlikda rost so'zlash
kerakligini ta’kidlaydi.
U so ‘zlarni to ‘rt xilga bo'ladi: birinchisi - bilinmaydi va aytilmaydi
lkkinchisi aytiladigan va biladigan, uchinchisi - ham bilinadi, har
avtishga, bilishga zaruriyati yo‘q, ammo aytsa ham bo'ladi. To'rtinchisi
biladigan va zaruriyat bo'lmasa aytilmaydigani. Eng yaxshisi to'rtinchisi
ya’ni biladigan va aytilmaydigani, deydi. So'zlaganda andishalik bo‘lish
sovuq so'zlik bo'lmaslik, kamtarlik, maqtanmaslik, birovning so'zini
diqqat bilan eshitish odoblarini ta’kidlab o'tadi.
Odamlarm ham to ‘rt xilga bo ‘ladi: birinchi xil kishilar ko'p narsani
biladi va yana bilgisi kelaveradi. Bular olim va fozillar bo'lib, ularga
bo'ysunish kerak, deydi. Ikkinchisi, bilmagan narsani bilishga harakat
qiladi, ular qobil kishilar bo'lib, bunday kishilami o'qitish va o'rgatish
kerak. Uchinchisi, bilganini ham bilmaydi, go'yo uyquda yashagandek,
ularni uyg'otish kerak. To'rtinchisi, bilmaydi va bilmaganini ham tan
olmaydi. Bular johil kishilar bo'lib, ularni o'qitish befoyda, ulardan
qochish kerak, deydi.
Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy (1075-1144)
jahon ilm-fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo'shgan mashhur olim va
adibdir. U o'z asarlarida halollik va pokizalikni, ilmga muhabbatni,
mardlik va olijanoblikni ulug'laydi. Ulug' mutafakkir “Navobig' ulkalim”
(“Nozik iboralar”) asarida kishilar ilmli bo'lish, o'qitish, yozish
bilan hosilu mukammal bo'ladi, olim kishi oqil, bilimdon va chiroyli
xushxat yozuvga ega bo'lsa, bu uning kamolotga yetganligidan dalolatdir,
deydi. Asarda mudarrislar to'g'risida noyob fikrlar bildirilgan:
Murabbiy о 'qib tursagina murabbiy bo 'la oladi, agar о 'qishni to ‘xtatib
qo ‘yar ekan, unda murabbiylik о ‘sadi .
Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy XIII asrda Eronda yashab ijod
qilgan yirik shoir va mutafakkirdir. U faylasuf-shoir bo'lishi bilan birga
tajribaii murabbiy ham bo'lgan. Shoir “Guliston” asarida o'z davri
odamlarini turfa toifaga bo'lib, ularni ta’riflaydi. Qattiqqo'l o'qituvchilami
..basharasi tirishgan, tili zahar, yomon xulqli, odamlarni
ranjitadigan, gadoy tabiatlik, ochko 'z, uni ко 'rishi bilan shogirdlarining
kayfiyati uchar ” shogirdlar undan bilim va tarbiya ololmaydilar. Yana bir
toifadagi o'qituvchilar “...sodda, yaxshi va yumshoq ко ‘ngilli odam.
Unar-tmmasga so ‘zlamas edi va bolalarni ranjitadigan so ‘zlar og 'zidan
chiqmas edi. Uning farishtadek axloqliligi va mehribonligini ко ‘rgan
bolalar murabbiyni mensimay qo ‘ydilar. Uning yumshoq tabiatlik ekanligini
bilishib, ilmni ham о ‘rganmaydilar. Alqissa bolalar о ‘yin va
to ‘polonga berilib vaqtni bekorga о ‘tkazdilar ”.
Bayt: Ustod muallim bo'lsa beozor.
Go‘dak eli bozorda xarsang o'ynar.
Bu holatga Shayx Sa’diy Sheroziy ikki xil ta’rif beradi. Birinchidan,
Sa’diy yashagan davrda ham, undan keyingi davrlarda ham maktabda
o'quvchilarni qattiqqo'llik bilan o'qitganlar. Ikkinchidan, Shayx Sa’diy
bu holatni o'z ko‘zi bilan ko'rgan va qattiqqo‘l o'qituvchiga nisbaU
norozilik bildirmagan, ilm va tarbiya berishda qattiqqo'llikni afzal ko‘
gan: “jabr ustod boz mehr padar” deb ta’kidlaydi, ya’ni o‘qituvchining
jabri va jazosi ota mehridan ham afzalligini aytadi.
Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy XV asrda yashab ijod
qilgan. U o‘z asarlarida insonning yuksak axloqiy hislatlarini, go'z
fazilatlarini kuylaydi. “Iskandar xirodnomasi” asarida muallimlar to‘g-
risida noyob fikrlami bildirgan: “muallim aqlli, adolatli, o‘zida barcha
yuksak fazilatlami mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunos:
tutgan murabbiy hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi”. Shoir mua
limning hayotdagi o'mini quyidagi baytida bayon qiladi:
Ustod, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo'lurdi jahon.
Abu Nasr Forobiy (873-930) O rta Osiyo xalqlari madaniyatini
rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan olimdir. Forobiy arifmetika, geometriya,
astronomiya va musiqani muhim tarbiyaviy fanlar deb atadi.
Ushbu fani ami o'rgatuvchi o‘qituvchini har tomonlama mukammal
bilimga va tajribaga sga boiishi lozimligini ta’kidlaydi. Forobiy ta’limotiga
ko'ra ta’lim-tarbiya jarayoni tajribali va bilimli o'qituvchilar tomonidan
tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim, chunki “har bir bola o‘zicha narsa va hodisalami
bila olmaydi hamda baxtga erisholmaydi. Unga buning uchun
o‘qituvchi lozim” Ta’lim va tarbiya berishda “...ustoz shogirdlariga
qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham qilmasligi lozim.
Chunki ortiqcha zulm, shogird dilida ustozga nisbatan nafrat uyg‘otadi.
bordiyu ustoz juda ham yumshoq ko'ngilli bo'lsa, shogird uni mensimay
qo‘yadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Shuning uchun o'qituvchi
bolalarning fe’I-atvoriga qarab ta’lim-tarbiyaning “qattiq" yoki
“yumshoq” usullaridan foydalanishi mumkin” deydi. Bunda ustos
mudarrisga quyidagi talablami qo'yadi:
-Birinchi yo'l: tarbiyalanuvchilar o'qish va o‘rganishga ishtiyoqmand
bo'lsalar ta’lim-tarbiya jarayonida mudarris tomonidan yumshoq
usullar qo'llaniladi. Bunda u qanoatbaxsh so‘zlardan foydalanadi, chorlovchi
ilhomlantiruvchi gaplar aytib o'quvchiga ko'nikma va malakalami
vujudga keltiradi, natijada o'quvchining iqtidori uyg'onib, g'ayratshijoati
bilan bilim olishga, kasb egallashga intiladi;
-Ikkinchi vo‘l: tarbiyalanuvchilar o'zboshimcha, itoatsiz boisalar.
mudarris tomonidan qattiq, ya’ni majburlovchi usullar qo'llaniladi. Bv
asosan gapga ko'nmovchi ba’zi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi
xalqlarga nisbatan ishlatiladi. Ushbu usul natijasida o'quvchi nazariy
bilimlarni o'rganishga astoydil kirishadi, fazilati yaxshi bo'lib, kasbhunarlami
va juz’iy san’atlami egallashga intiladi. Maqsad ularni fazilai
egasi qilish va kasb-hunar ahillariga aylantirishdir (o'sha kitob, 198-bet).
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973 - 1048)
Sharq Uyg‘onish davrining qomusiy olimlaridan biri, tarbiyashunos olim,
umumjahon tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga ulkan ta’sir ko'rsatgan
buyuk aql-zakovat sohibidir. Alloma asarlarida ta’lim-tarbiya birligi
va axloq masalalariga yetuk tarbiyashunos olim sifatida yondashgan,
chunonchi, “Minerologiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar’’,
“Hindiston” kabi asarlarida pedagogika va psixologiyaga oid noyob fikr mulohazalari va ma’rifiy-didaktik qarashlarini bayon etdi. Bolalarni
maktabda o‘qitish va tarbiyalash jarayonida dunyoviy fanlami bir-biri
bilan bog'lab turli mavzularda mulohazalar yuritishni ta’kidlab: “Bizning
maqsadimiz o'quvchilarni toliqtirib qo'ymaslikdir, bir mavzuni qaytaqayta
takrorlab o'qib berish o'quvchini zeriktiradi, xotirasini susaytiradi.
Agar o‘quvchi bir mavzudan boshqa bir yangi mavzuga o'tib tursa, u
xuddi turli-tuman bogiarda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan o'tar-o‘tmas, boshqa bir bog‘ boshlanadi. Bola ularning hammasini ko'rgisi va
tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa bolaga rohat bag'ishlaydi, deb
behuda aytilmagan”,- deydi.
Beruniy mamlakatning obodonligi ilm-fanning ravnaqi tufayli deb
aytadi, yoshlaming baxt-saodati va kamoloti esa ularga bilim va ma’rifat
beruvchi mudarrislarga bog'liq deb ta’kidlaydi. Ilm va ma’rifat sari
intiluvchi tolib va mudarrislarga deydiki: “Ilm dargohiga kirar ekansan,
qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko‘r qilib qo'vadigan nafs
va turli buzg‘unchi holatlardan, qotib qolgan turli eski urf-odatlardan.
hirsdan, raqobatdan, ochko'zlikni quli bo‘lishdan ozod bo'lmog'i
darkor”




  1. Download 1.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Kirish. O’quv faoliyati haqida tushuncha Asosiy. Ajdodlarimizning ta’lim to’g’risidagi bebaho o’gitlari

Download 1.61 Mb.