“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
182
Onkologik kasalliklarning ilmiy manbalarda o‘rganilishi
Togonova Shohida Alisher qizi
Urganch davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Annotatsiya: Hozirgi kunda saratonkasalligi butun dunyo bo‘yicha o‘sib
bormoqda. Onkologik kasallik rivojlanishini
barvaqt aniqlash, davolashning
samarali usullarini qo‘llash, remissiya davrini uzaytirish hamda reabilitatsiya chora-
tadbirlarini ishlab chiqish va takomillashtirish kasallik
bilan kurashishning
mazmunini tashkil qiladi. Ushbu maqolada onkologik kasalliklarning ilmiy
manbalarda o‘rganilishini aniqlashga qaratilgan .
Kalit so‘zlar: onkologiya,,psixoonkologiya, bemorlar, psixologik sabablar.
Hozirgi kunda onkologik kasalliklar
hisoblangan saraton, rak aholi orasida
keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib sanalmoqda. Oʻsma
kasalliklari nafaqat
mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida murakkab muammolardan biri boʻlib
sanalmoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, keyingi yillarda dunyoning koʻpgina
davlatlarida onkologik kasalliklarga chalinish koʻrsatkichlari oshib bormoqda.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlari shuni koʻrsatadiki, 2030 yilda butun
dunyoda oʻsma xastaliklari bilan 15 million kishi kasallanishi mumkin. Yurtimizda
yiliga 22 mingdan ortiq bemor onkologik kasallik tashxisi bo‘yicha hisobda turadi.
Mamlakatimizda mazkur kasallikning tez rivojlanib borayotganligi oʻz
navbatida, ushbu kasallikka qarshi kurashish tizimining modernizatsiyalanishi, uni
moliyalashtirish manbalarining aniq belgilanishini,
yangi normativ-huquqiy
hujjatlarning qabul qilinishini taqozo etmoqda. O‘zbekistonda inson sog‘lig‘i va
salomatligi masalasiga katta e’tibor qaratilgan va tibbiy xizmatdan foydalanish
huquqi konstitutsiya bilan himoyalangan.[1] Bu borada O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan PF-4947- sonly Farmoniga
muvofiq”2017-2021 yillarda O‘zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasi”ning IV-ustuvor yo‘nalishida “Fuqarolarni
ijtimoiy himoya
qilish va uning sog‘lig‘ini saqlash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan
ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning
ijtimoiy-siyosiy hayotdagi
maqomini oshirish, o‘rta mahsus va oily ta’lim sifatini
yaxshilash hamda ularni
rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish” deb nomlangan bandlari inson
salomatligi masalasiga mamlakatimizda jiddiy e’tiborning isbotini ko‘rsatadi [2].