|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 156/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
180
3. Ijtimoiy o‘zaro ta’sir: Suhbatlarda ishtirok etish va boshqalar bilan ijtimoiy
aloqada bo‘lish bolaning nutq leksikasini rivojlantirishda hal qiluvchi rolni
o‘ynaydi. Tengdoshlar, aka-uka va kattalar bilan muloqot qilish bolalarga yangi
so‘zlarni o‘rganishga va ularni turli vaziyatlarda qanday ishlatishni tushunishga
yordam beradi.
4. Kitoblar va ommaviy axborot vositalari: Kitoblar o‘qish, ta’lim dasturlarini
tomosha qilish va interaktiv o‘yinlarni o’ynash ham bolaning nutq leksikasini
kengaytirishga yordam beradi. Yangicha media manbalari orqali turli so‘z va
tushunchalar bilan tanishish ular uchun foydalidir.
5. Lug‘at boyligini o‘stirish faoliyati: Fikrlarni kengaytirishga yordam beradi.
Ma’lumki, bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib,takomillashib
boradi. Nutqning tog‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, turli nutq
muhiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq holda amalga oshadi.Nutq tug‘ma qobiliyat emas,
balki hayot davomida bolaning jismoniy va aq liy rivojlanishi bilan parallel ravishda
shakllanib boradigan jarayondir. Nutq buzilishlarini o‘rganish hamda tushunish
uchun bola nutqining normal rivojlanish yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos
xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni
bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq, bilish zarur.
Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o‘z vaqtida bilish
va aniqlash uchun xizmat qiladi.Masalan, 1 yoshu 4 oylik bola gapirmayapti.
Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so‘zlar qachon paydo bo‘lishini
bilsa, u holda u bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini hal qila oladi.
Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutqbuzilishariga to‘g‘ri diagnoz
qo‘yish uchun ham juda zarurdir. Ba’zi mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush
talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar.
Xo‘sh bu sizningcha to‘g’rimi? Yo‘q albatta. Chunki nutqi normal rivojlanayotgan
bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etishyuzaga keladi.
Ushbu hodisa fiziologik dislaliya deb atalib, bu shu yoshdagi bolalarda
artikulyatsiya apparatining yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. Nutq
kamchiliklarini bartaraf etishda to‘g‘ri va aniq, tarbiyaviy tuzatish ish rejasini tuzish
uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarini yana bir karra bilish zarur
Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko‘rsatadilar, ularni har xil
|
| |