“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
183 
O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, kasallik bilan 
bog‘liq bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish maqsadida Prezident Shavkat 
Mirziyoyevning 2017-yil 4-aprelda qabul qilingan PQ-2866-sonli “2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va 
aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori bu borada o‘z yechimini kutayotgan, ustuvor vazifalarni 
hayotga tadbiq etishda dasturil amal bo‘lmoqda. Qarorda belgilanga vazifalar 
izchillik bilan hayotga tadbiq etilishi natijasida viloyatdagi 15 ta onkologiya 
dipanseri Respublika ixtisoslashtililga onkologiya va radiologiya ilmiy –amaliy 
tibbiyot markazining filiallariga aylantirildi [3]. Shu bilan birga O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan PQ 3493-
sonli “Shoshilinch tez tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
Qarori qabul qilindi [4]. 
Onkologiya muassasalari modernizatsiya va rekonstruksiya qilindi, onkologik 
kasalliklar diagnostikasi va davolashning zamonaviy standartlari ishlab chiqildi va 
tasdiqlandi. Shuningdek onkologiya bilan bog‘liq muammolarning oldini olish 
maqsadida ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoni skrining tadqiqotlari boshlab 
yuborildi, saraton profilaktikasi markazi tashkil etildi,. Aholi o‘rtasida onkologik 
habardorlikni oshirish, salomatlikka befarq bo‘lmaslik maqsadida mahsus guruhlar 
tuzuldi va ular tomonidan muntazam ravishda chiqishlar tashkil qilinmoqda.
Onkologiya sohasi qadimgi davrlardan beri ko‘pchilik soha vakillarining diqqat 
markazida bo‘lib kelmoqda. Jumladan xorij olimlaridan I.Kubler-Ross, T.J.Meyer, 
D.Osoba, D.Spiegel, P.B.Jacobser, H.Kraemer va boshqalar va boshqa olimlar 
onkologiya sohasiga o‘z hissasini qo‘shganlar.
Oʻzbekistonda onkologiya sohasining rivojlanishi L. D. Vasilenko, P. F. 
Borovskiy va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq. Bundan tashqari M.N.Tillashaxov 
amaliy va eksperimental onkologiyaning turli sohalaridagi eng zamonaviy 
yutuqlarni jalb qilish bilan o‘sma kasalligini davolashni rivojlantirish masalalari 
bilan shug‘ullanadigan onkourolog jarrohlarni tarbiya etadigan o‘ziga xos maktab 
yaratdi. Uning muallifligida 400 dan ortiq ilmiy ishlar yozildi, shu jumladan va 
shifokorlar, magistr va kliniklar uchun 10 ta uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar 3 ta 
monografiya yaratildi. 
Ko‘pchilik sohalarda kam uchraydigan psixoonkologiya atamasi ayrim 
hollarda kasallik sabablaridan ruhiy jihatdan jarohatlangan bemorlar bilan ishlash 



Download 44,19 Mb.
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish