texnologiyalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana04.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#111034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
\'Ochiq dars materiali

texnologiyalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish istiqbollari 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri 
innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub`ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish 
mumkin. Ma`lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi 
nafaqat milliy iqtisodiyotning o`sish sur`atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun 
uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta`minlash va turmush darajasini 
oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o`rin tutmokda. 
Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon`yunkturasi 
o`zgarishlari va iste`molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan keyin 
iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish sharoitida yangi ish o`rinlarini 



yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va makbul vositaga 
aylantirmoqda. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganidek: "Bugungi 
kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o`zining iqtisodiyotimizdagi o`ta 
muhim va salmoqli hissasi, roli va ta`siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir 
soha va yo`nalish o`rnini bosolmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz 
rivojida alohida o`rin egallaydi"
1

Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib 
borishini ta`minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy 
tayanchi va poydevori bo`lgan o`rta sinfning shakllanishiga va uning tobora 
mustahkam bo`lib borishiga erishilmoqtsa. 
Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko`paytirish, 
balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab 
chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo`naltirilgan murakkab, yuksak 
texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o`tish masalasiga alohida e`tibor 
qaratishimiz darkor. 
YUrtimizda fan, ta`lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada 
chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining 
innovatsion rivojlanish yo`llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish 
o`rtasida o`zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo`lgan e`tibor yildan-yilga 
oshib bormoqda. 
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish 
va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli 
turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta`minlaydigan 
zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo`yicha maqsadli loyihalar 
amalga oshirilmoqtsa. 
Respublikamizda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishda O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi "Innovatsion loyihalar va 
texnologiyalarni ishlab chiqargapga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi 
qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida"gi № PQ-916-sonli Qarorining qabul 
qilinishi va uning asosida "O`rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va 
texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi"ning ishlab chiqilishi 
muhim omil bo`lib xizmat qilmoqda. 
Bugungi kunda respublikamizda yalpi ichki mahsulotning 52,5 foizdan 
ko`prog’i kichik biznes sub`ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotganiga qaramay, 
yuqori texnologik jarayonlarni talab etadigan sanoat tarmog’idagi (19,6 %) va 
eksportdagi (13,4 %) ulushi kichik biznesning mavjud salohiyati darajasida emas
1

Mazkur soha va tarmoqlarda kichik biznes taraqqiyotini ta`minlash, umuman, 
iqtisodiyotning 
etakchi 
tarmoqlarini 
barqaror 
rivojlantirishning 
asosiy 
yo`nalishlaridan biri sifatida innovatsion jarayonlarni faollashtirish, ayniqsa, 
kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyatini rag’batlantirish yuqori samara 
beradi. 
Kichik biznes sub`ektlarida yangi texnika va innovatsion texnologiyalarni 
ishlab chiqarishga yuqori tavakkalchiliklarsiz joriy etish, yangi ishlab chiqarish 



kuvvatlarini barpo etib, undan samarali foydalanish jarayoni yirik korxonalarga 
nisbatan tezroq ro`yobga chiqadi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik yili" bo`yicha kabul qilinadigan davlat dasturida asosiy ustuvor 
yo`nalishlardan biri sifatida yuqori texnologiyalarni talab etadigan iqtisodiyot 
tarmoqlarida innovatsion texnologayalarga asoslangan kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo`l ochib berishga aloxdtsa e`tibor qaratish 
zarurligi ko`rsatib o`tildi . 
Hozirgi vaqtda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik asosan 
savdo-sotiq, xizmat va aloqa sohasida, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta 
ishlash bo`yicha ko`proq rivoj topmoqda. 
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi va raqobat muhiti kuchayib borishi
mahsulotlar hayotiylik davri keskin qisqarishi, bozor kon`yunkturasi va 
iste`molchilar ehtiyojlari tez o`zgarishi jarayonlari bugungi kunda har bir xo`jalik 
yurituvchi sub`ektdan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning 
tashkiliy-iqgisodyy 
mexanizmlarini 
ishlab 
chiqishni 
hayotiy 
zaruratga 
aylantirmoqda. Bu esa ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirish va samarali 
boshqarishni talab etmoqda. 
SHu jihatdan, yuqori texnologiyalarni talab etadigan zamonaviy ishlab chiqarish 
tarmoqlarini tashkil etishda, innovatsion va nanotexnologiyalar, 
farmakologiya 
va 
farmatsevtika, 
axborot -kommunikatsiya 
tizimi, 
biotexnologiya, muqobil energetika turlaridan foydalanish sohasida, muxtasar 
qilib aytganda, ilg’or ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish o`zining ijobiy samarasini beradi
1

Kichik biznes sub`ektlaryushng innovatsion faoliyati, eng avvalo, amaliyotga 
yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchqtsan, mahsulot ishlab 
chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularning iste`mol va sifat 
xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borishni talab etadi. Kichik biznes 
sub`ektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan maqsad butun ishlab 
chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, 
ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish 
asosida soha raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. 
Fikrimizcha, O`zbekistonda ilg’or ilm-fan yutuqlari va innovatsion 
texnologiyalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
va uning samaradorligini oshirish quyidagi omillar hisobiga muhim zarurat 
hisoblanadi: 
birinchidan, kichik biznesning bozor kon`yunkturasi o`zgarishlari va 
iste`molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olish xususiyatlariga ega ekanligi 
innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yirik korxonalarga nisbatan yuqori 
tavakkalchilikning pastligi jihatidan yaxshi samara beradi; 
ikknnchidan, kichik biznes sub`ektlari faoliyatiga innovatsion texnologiyalar 
joriy etilishi ularning yuqori transaktsion xarajatlarini kamaytirib, rentabellik 
ko`rsatkichlarini oshiradi; 



uchinchidan, kichik biznes sub`ektlarining yangiliklarni tezkorlik bilan 
o`zlashtira olish salohiyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori 
daromad olish imkoniyatini beradi; 
to`rtinchidan, kichik biznes sub`ektlari faoliyatiga boshqaruvning innovatsion 
texnologiyalari joriy etilishi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
tannarxini kamaytirish, tovar va xizmatlar nomenklaturasini oshirish, yangi tovarlar 
turlarining sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot sotishning istiqbolli 
bozorlarini o`zlashtirish hisobiga ularning eksport salohiyati va raqobatbardoshligini 
oshiradi. 
Mamlakatimizda innovatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun ilmiy, me`yoriy-
xuquqiy asoslar mavjud va kadrlar saloxdati ancha yuqori darajada. Biroq, mazkur 
salohiyatdan samarali foydalanish ko`rsatkichi talab darajasida emas. Faoliyat 
ko`rsatayotgan 222 ta ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik muassasalarining 8,5 
foizigina innovatsiya faoliyati bilan shug’ullanadi. 
Intellektual mulk ob`ektlaridan foydalanish darajasi ham nisbatan past. Masalan, 
2010 yilda kichik biznes sub`ektlari tomonidan 78 ta patent olingan, xalos
Respublikamizda innovatsiya muhitining bugungi ahvoli
qisqa muddatlarda kichik biznes innovatsion faoliyatini rivojlantirishning yuqori 
darajasiga erishish imkonini bermaydi. SHu bois, uni rivojlantirish davlat tomonidan 
mazkur yo`nalishdagi aniq chora-tadbirlarni belgilashni taqozo etadi. Bu borada 
asosiy e`tibor avvalambor, quyidagilarga qaratilishi lozim: 

kichik biznesning ilmiy-texnikaviy axborotdan foydalanish, 
innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etishdagi yuqori 
transaktsion xarajatlarini kamaytirish; 

kichik korxonalar uchun yangi texnologiyalarni sinovdan o`tkazish va ularni 
jalb etishdagi yuqori tavakkalchiliklarni bartaraf etish; 

innovatsion ishlanmalar va ularni joriy etish uchun o`z resurslarini taklif
etuvchi moliyaviy va investitsiya institutlari bozori tashkil etilishini 
rag’batlantirish; 

yirik korxonalarning kichik biznes sub`ektlari innovatsion loyihalarini
hissador tashkilot sifatida ulushli moliyalashtirishdan oladigan 
manfaatdorligini oshirish; 

fan-ta`lim-ishlab chiqarish intefatsiyasi samaradorligini oshirish va ularni
o`zaro bog’laydigan innovatsion vositachilar tarmog’ini rivojlantirish va 
h.k. 
Kichik biznes sub`ektlari mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish va 
xalqaro bozorlar standartlariga moslashtirish orqali ularni tashqi iqtisodiy faoliyat 
jarayonlariga keng jalb etish, zamonaviy axborot texnologiyalari yutuklaridan 
foydalanilgan holda kichik biznesni ma`lumotlar bilan ta`minlash sifatini 
oshirish hamda innovatsion marketing tadqiqotlarini olib borish kabi uslubiy 
yordamlar ko`rsatishda 1sichik biznes innovatsion faoliyatini rivojlantirishga 
ko`maklashuvchi infratuzilmalar faoliyatini tubdan isloh qilish lozim. 



Xizmat ko`rsatuvchi infratuzilmalar kichik biznes sub`ektlarining o`sib 
borayotgan talab va ehtiyojlarini to`liq qondirish orqali ularning innovatsion 
faoliyatini rivojlantirishni rag’batlantarishda etakchi kuchga aylanishi zarur. 
Innovatsion iqtisodiy rivojlanish yo`liga o`tishda kichik va xususiy 
tadbirkorlikning rolini oshirish quyidagi yo`nalishlar orqali amalga oshirilipsh 
maqsadga muvofiq: 
- ishlab chiqarishda innovatsiya va nanotexnologiyalarni ko`llash; 
- muqobil energiya turlaridan foydalanish, ayniqsa, quyosh energiyasidan 
foydalanish; 
- farmakologiya va farmatsevtika sohasi salohiyatidan foydalanish; 
- ishlab chiqarishda biotexnologiyalarni qo`llash; 
- kam suv talab qiladigan texnologayalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy 
etish; 
- qishloq xo`jaligi ekinlari yangi serhosil navlarini, mahsuldor chorva mollari 
turlarini yaratish; 
- sanoat va maishiy chiqindilarni qayta ishlash va h.k. 
Agar biz zamonaviy, ilg’or va tejamkor texologiyalardan foydalanishga hamda 
tovarlarning yuqori sifati va iste`mol xususiyatlarini ta`minlashga 
xizmat qiladigan shshovatsion texnika va texnologiyalarni yaratish tizimini joriy 
etsak, bu sohaga yoshlarni jalb qilgan hodda aholimizning ichki ehtiyojlarini 
ta`minlash bilan birga eksportga xizmat qiladigan raqobatbardosh, sifatli 
mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada ko`chaytirishga erishishimiz mumkin. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini innovatsion asosda 
rivojlantirishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq: 

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



texnologiyalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish