Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asosida aholi




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana04.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#111034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
\'Ochiq dars materiali

8.5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asosida aholi 
bandligini ta`minlash yo`llari 
Bugungi kunda respublikamizdagi ustuvor yo`nalishlardan biri - aholi 
bandligini oshirish, ishchi kuchidan maqsadli foydalanish, foydali mehnatga 
layoqatli aholining ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilmokda. 
Mamlakatamiz Prezidenti I. Karimov bir qator ma`ruzalarida bugungi kunda 
asosiy ustuvor yo`nalish - aholini ish bilan ta`minlashni yanada yaxshilash va 
uning farovonligini oshirishning eng muxlm yo`nalishi sifatida kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini qo`llab-
kuvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirishdan iborat ekanligini ta`kidlab 
o`tdilar. 
Darhaqiqat oxirgi yillarda mamlakatimizda aholi bandligi va uning 
daromadlarini oshirish masalasini hal etish borasida ham salmoqli ishlar amalga 
oshirildi. 2010 yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq ish o`rni tashkil 
etilganini katta mamnuniyat bilan qayd etishimiz lozim. Bu yangi tashkil 
qyugangan umumiy ish o`rinlarining 600 mingdan ziyodi yoki 65 foizi 'kichik 
biznes sohasi va fermer xo`jaliklariga, 220 mingdan ortigi kasanachilik 
sohasiga to`g’ri keladi. 
Respublikamizda shaxsiy yordamchi, dexkon va fermer xo`jaliklarida 
chorva mollarini ko`paytirishni rag’batlantirish dasturini amalga oshirish 
yuzasidan bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda sezilarli natijalar 
bermoqtsa. Bu esa kam ta`minlangan aholini ijtimoiy va xuquqiy himoyasini 
ta`minlash imkonini berdi. SHaxsiy yordamchi va dehqon xo`jaliklarida 
qoramol boqish bilan band bo`lganlar sifatida ro`yxatga olingan 
fuqarolarning umumiy soni yil sayin ortib bormoqda. 


24 
Statistik ma`lumotlar ko`rsatishicha, bugungi kunda respublikamizda jami 
band bo`lganlarning 20 foizi davlat, 80 foizi nodavlat, shuningdek, 74 foizi 
xususiy sohada mexdat qilmoqtsa. Ushbu statistik raqamlar taxlili davlat 
korxonalarida ishlovchilarni soni qisqarib, xususiy sohada bandlikni ortishi yuz 
berayotganligini ‘so`rsatadi. Bu esa respublikamiz xukumati tomonidan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo`l ochib berilishi, shuning asnosida 
aholining bandligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan 
amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi. 
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida mamlakat aholisining ish bilan 
bandligi darajasini oshirish va mehnat bozorini tartibga solish sohasidagi 
quyidagi yo`nalishlar bo`yicha amalga oshirilmoqtsa. YA`ni: 
1. Iqtisodiyotni rivojlantirish negazida yangi ish o`rinlari 
yaratilmoqtsa. 
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng imkoniyatlar ochilib, bu 
faoliyat qizg’in ko`llab-kuvvatlanmokda. 
3. Aholining mexnat faolligini, oilaviy ijara, dehqon va fermer 
xo`jaliklarini rivojlantirish negizida aholining o`zini-o`zi ish bilan band qilish 
darajasi oshirilmoqda. 
4. Aholining ish bilan bandligi va mehnat bozori takomillashtirilmoqtsa.
Buning uchun zarar ko`rib ishlaydigan korxonalarni tugatish yoki ixtisosini 
o`zgartirish ishlari olib borilmokda. 
Fikrimizcha, ishchi kuchiga talab oshishi bo`yicha iqtisodiy tadbirlardan eng 
asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirishdir. 
Bunga, eng avvalo, mulkchilik shakllarini rivojlantirish, mehnat unumdorligini 
oshirish, yangi ish joylarini yaratish, ish vaqgidan unumli foydalanish, 
ishlovchilarning moddiy va ma`naviy manfaatdorligini ko`tarish, soliqlarni 
oqilona belgilash orqali erishiladi. 
Muxim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qayta ishlash sanoati va xizmat 
ko`rsatish sohalarida yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarishni 
kengaytirishga davlat tomonidan imtiyozli kreditlar berish, ilg’or 
texnologiyalarni tatbiq etish, bozor sharoitida qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi 
va qayta ishlash sanoati tarmoqlarining asosiy mahsulotlariga davlat 
buyurtmasini belgilash, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
va ijtimoiy ishlarni mablag’ bilan ta`minlash kiradi. 
Bu tadbirlar qo`shimcha ish joylarini tashkil qilishda eng kam 
investitsiyani nazarda tutadi va ishchi kuchiga talabni oshirishda muhim o`rin 
egallaydi. Kichik biznesning rivojlanishi mablag’lar bilan ta`minlashning 
manbalari bo`lib mahalliy byudjet, bandlikka ko`maklashish jamg’armasi va 
biznes fond mablag’lari hamda xususiy tadbirkorlarning shaxsiy 
jamg’armalari xizmat qiladi. Bugungi kunda, ayniqsa, mintaqalarda aholi 
bandligi, ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan ta`minlash masalalarini 
o`rganishni hayotni o`zi taqozo etmokda. 
Respublikamizda mehnat birjasi va bandlik xizmatining boshlang’ich 
tashkilotlari tashkil etilib, ular ishsizlik va bo`sh o`rinlar miqtsori va tuzilishining 


25 
hisob-kitobi, tahlili va kelajagi, band bo`lmagan aholini ishga joylashtirish va 
qayta o`qitish, bandlikka ko`maklashish jamg’armasini tashkil qilish va sarflash 
ishlari bilan shug’ullandilar, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik doirasida 
imtiyozli kreditlarni ajratish yo`li bilan yangi ish joylarini yaratishga muayyan 
moliyaviy yordam ko`rsatildi. Iqtisodiyot tarmoqlarida, ayniqsa, qishloq 
xo`jaligida tarkibiy islohotlar amalga oshirilib xodimlar va ish beruvchilar 
o`rtasida ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solishning xuquqiy asoslari 
yaratildi va boshqalar. 
Keyingi 10 yil davomida o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim tizimida 100 
dan ziyod yo`nalish, 265 ta mutaxassislik va 700 ta kasb bo`yicha professioial 
ta`lim olgan va zamonaviy fikrlash salohiyatiga ega bo`lgan bir million nafardan 
ortiq yangi avlod mutaxassislari tayyorlandi. 
YUqoridagilarga asoslanib, respublikamiz va uning mintaqalarida aholi 
bandligini oshirish, ishchi kuchidan samarali foydalanishda quyidagilarni 
amalga opshrish maqsadga muvofiq: 
1. Ma`lumki, mamlakatimizda aholyugang 62,5 foizidan ko`prog’i qishloq 
joylarida yashaydi. SHunga muvofiq mehnatga yaroqli aholining ham shuncha 
qismi qishloq aholisi hisobiga to`g’ri keladi. SHuning uchun qishloq 
aholisining faoliyati sohalari va turlarini kengaytirish talab qilindi. 
2. Ayni paytda bugun alohida muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir 
masala - yoshlarni, bo`lg’usi kadrlarni tayyorlash sifati bilan bog’liq. 
Tabiiyki, bu borada pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi 
qanday tashkil etilgani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu masala umumiy o`rta va 
o`rta maxsus ta`limni isloh qilish tizimining eng dolzarb vazifasi bo`lmog’i zarur.
Litsey va kollejlarimizda ta`lim jarayonlariga oliy o`quv yurtlarining 
tajribali amaliyotchi va o`qituvchilarini yanada keng va faol jalb etish lozim. 
3. Ijtimoiy yo`naltirilgan mehnat bozori faoliyatini yildan-yilga kengaytirib
borib, ular tomonidan o`tkazilayotgan mehnat yarmarkalari muntazam 
o`tkazilishini ta`minlash zarur. 
4. Ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam 
rivojlangan mahalliy va xorijiy bandlik xizmati tashkilotlari tizimini 
takomillashtirish lozim. 
9. Respublika va uning mintaqalarida yangi ish joylarini tashkil etish, aholi 
bandlik darajasini oshirish va ishlab chiqarish saloxiyatidan maqsadli foydalanish 
bo`yicha chuqur iqtisodiy islohotlarni og’ishmay amalga oshirish zarur. 
10.Aholining oqilona bandligini takomillashtirish maqsadida amalga 
oshirilayotgan dasturlarning monitoringini muntazam olib borish lozim. 
11.Qayta ishlash sanoati, xizmat ko`rsatish sohalarida yangi ish 
joylarini yaratish kerak. 
12.Ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini 
ta`minlovchi kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirish lozim. 
13.Xizmat ko`rsatish sohalarini mahalliy va xorijiy samarali texnika va 
texnologiya bilan ta`minlash darkor. 


26 
14.Mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligi jarayonlarini tartibga soluvchi 
tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish lozim. 
SHu bilan birga mamlakat mehnat bozori rivojlanishida qator muammolar 
mavjud bo`lib, ulardan eng muhimi mehnat resurslarining salmoqli qismini 
tashkil etuvchi yoshlarning ish bilan bandligini ta`minlash muammosidir. 
Prezident 
I.A. 
Karimov 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 2011 yil 21 yanvarda bo`lib o`tgan majlisida umuman aholini, 
shu jumladan yoshlarni ish bilan ta`minlash, jumladan shahar, viloyatlardagi 
yoshlarni kollejni bitirganlaridan so`ng o`z sohalari bo`yicha ish topishlarini 
ta`minlash borasida maqsadli rejalar tayyorlash va uni amalga oshirish 
masalalarini o`rganib chiqishni, "korxona-kollej" aloqalarini yo`lga qo`yishni 
qo`llab-quvvatlash to`g’risida so`zladilar. 
Mehnat bozorida yoshlar guruhining boshqa guruhlarga nisbatan 
betakrorligi shundaki, aynan yoshlar mehnat bozoriga ilk bora kirib 
boradilar. Ular mobil’, yangilikka tez o`rganuvchan, o`z kuchiga ishonuvchan, 
lekin yoshlarning ish bilan bandligini ta`minlash borasida bajarilayotgan 
ishlardagi xatoliklar va kamchiliklar ularning sohalariga mos ish topishlari, 
hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun etarli ish haqi bilan ta`minlanmasliklariga 
olib keladi. Hozirgi davrda yoshlarni ish bilan ta`minlash borasida bir qancha 
muammolar mavjud, jumladan: 
1)Ko`pchilik yoshlar o`zlari hali qanday firma yoki kompaniyada ishlashni 
xohlashlarini ko`z oldilariga keltira olmaydilar, ya`ni qanday ishni 
tanlashni aniq bilmaydilar. 
2)YOshlar ham, davlat ham o`qitish vaqtida ancha vaqtni oladilar, lekin 
shunga qaramasdan oliy o`kuv yurtlarida olingan bilim hamma sohada ham 
etarlicha bo`lavermaydi. 
3)YOshlarning mehnat bozorida raqobatbardosh emasligi natijasida ish 
beruvchilar ularni yollashni xohlamaydilar, ko`pincha ular kamida 3 yillik ish 
stajiga ega bo`lganlarni olishni xoxlaydilar. 
Bu muammolarni hal qilish maqsadida bir qancha chora-tadbirlarni amalga 
oshirildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 28 iyulda qabul 
qilingan "Ta`lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb 
etish borasidagi ko`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida"gi farmoni yoshlarning 
ish bandligini ta`minlash muammolarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi paytda O`zbekistonda yoshlarni ish bilan ta`minlash va 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi uchun sharoit yaratilmoqtsa. 
Jumladan, 2010 yilda yurtimizning kasb-hunar kollejlarini 400 ming nafardan 
ziyod yigit-qiz bitirdi. Ularni ish bilan ta`minlashda ta`lim muassasalari va 
korxona, tashkilotlar o`rtasida yo`lga qo`yilgan shartnomaviy munosabatlar 
muhim ahamiyat kasb etmokda. 2017 yilning iyul-noyabr oylarida o`tkazilgan 
olti yuzga yaqin mehnat yarmarkasi samarasida oliy va o`rta maxsus, kasb-xunar 
ta`lim muassasalarini tamomlagan yigit-qizlarning aksariyati ish bilan 
ta`minlandi. Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida, 784 mingta ish o`rni tashkil 
etildi. 
Bu 
jarayonda 
kichik 
korxonalar, 
mikrofirmalar 
tomonidan 


27 
bitiruvchilarni ishga qabul qilish muhim o`rin tutadi. 2017yil davomida 17 
mingdan ziyod kichik korxona va mikrofirmaga qirq mingga yaqin bitiruvchi 
ishga joylashtirildi
1

Mamlakatimizning 
yoshlar 
mehnat 
bozorida 
talab 
va 
taklif 
muvozanatini ta`minlash maqsadida ularning tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanishini rag’batlantirish bo`yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga 
oshirish lozim: 
- yoshlar tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish bo`yicha me`yoriy 
hujjatlarni takomillashtirish; 
- yosh tadbirkorlarga moliya-kredit va xomashyo resurslarini olishlarida 
yordam berish tizimini shakllantirish; 
- yosh tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirish; 
- ularning tashqi iqtisodiy faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish uchun 
qo`llab-quvvatlash; 
- yosh tadbirkorlarni bozor kon`yunkturasi, xomashyo va
moliyaviy resurslar bozori bo`yicha axborot bilan ta`minlovchi
infratuzilmani shakllantirish; 
- yosh tadbirkorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish 
tizimini yanada rivojlantirish. 

Download 0,86 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asosida aholi

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish