Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarnni qo`llab-




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana04.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#111034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
\'Ochiq dars materiali

 
8.4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarnni qo`llab-
quvvatlashda soliq imtiyozlarini berish tizimini takomillashtirish masalalari 
Mamlakatimizda iqtisodiyotai isloh qilish va yangilashga doir ishlab chiqilgan 
besh tamoyilga asoslangan, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng amalga 
oshirib kelinayotgan iqtisodiy rivojlanishning «o`zbek modeli», shuningdek
chuqur va puxta o`ylangan iqtisodiy siyosat makroiqtisodiy barqarorlik, moliya-
bank sohasining barqaror faoliyat yuritishi va valyuta zaxiralari ko`payishini 
ta`mshshagan holda O`zbekiston iqtisodiyotini spekulyativ kapital, jahon 
moliya va fond bozorlaridagi boshqarib bo`lmaydigan stixiya ta`siridan 
himoyalash uchun ishonchli to`siq va mustahkam zaxira bo`lib xizmat qilmokda. 
YUrtimizdagi islohotlar kichik biznes va tadbirkorlik sohasining moliyaviy 
barkarorligini qo`llab-quvvatlashga, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, 
texnik va texnologik qayta jihozlash, diversifikatsiya qilish, xarajatlarni 
kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligani 
ta`minlash choralariga e`tibor qaratilmoqda. 
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va mutanosib 
rivojlantirishda davlatimiz tomonidan soliqlarni rag’batlantiruvchi rolini 
kuchaytirishga qaratilayotgan alohida e`tibor o`z samarasini bermokda. Jumladan, 
soliq siyosatini yanada liberallashtirish masalasi hamda soliq yuki yildan-yil 
kamayish barobarida soliqqa tortish tartibi ham soddalashtirilayotir. 
Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 24 dekabrda qabul qilgan 
"O`Zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroyaqtisodiy ko`rsatkichlar 
progaozi va davlat byudjeti parametrlari to`g’risida"gi PQ-1449-sonli qarori 
mamlakatimiz solik tizimi samaradorligini oshirishda muhim omil bo`lmoqtsa. 
Ayniqsa, tadbirkorlik sub`ekglariga berilayotgan soliq imtiyozlari natijasida 
sohaning izchil rivoji ta`minlanmoqda. 
2011 yildan boshlab kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun 
yagona soliq to`lovi stavkasini 7 foizdan 6 foizga tushirilishi, hech shubhasiz, 
davlatimiz tomonidan ishbilarmon va tadbirkorlarga ko`rsatilayotgan 
imtiyozdir. 
Mamlakatimiz rivojlanishida 2017 yilda qator yutuqlar qatorida iqtisodiy 
o`sishni ta`minlash, yangi ish o`rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal 
etish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o`R
in
tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish
rag’batlantirish va qo`llab-kuvvatlashga alohida e`tibor qaratildi. 
Hurmatli YUrtboshimiz ta`biri bilan aytganda: "... kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik - jamiyatimizning, bugungi va kelajak taraqqiyotimiz, farovon 
hayotimizning mustahkam tayanchi bo`lishi shart"
1
, - deya ta`kidlagani bejiz 
emas. Tadbirkor o`z mohiyati bilan erkin, tashabbuskor va yulanuvchan 


22 
odamdir. U - yo`vdan bor qiladigan shaxs. Borini yo`q qilish uning tabiatiga zid, 
chunki bor-yo`g’ini topgash xususiy mulki ekanligi, ana shu mulk uni boqishini, 
kiyintirishini, farovon turmush tarzini ta`minlashini yaxshi biladi. SHuning 
uchun ham uni asrab avaylab, ko`paytirish uchun ishlaydi, izlanadi va yashaydi. 
SHu o`rinda rivojlangan davlatlar iqtisodiyotini ayrim ko`rsatkichini ko`rib 
chiqib, iqtisodiy salohiyati bo`yicha dunyoda etakchi o`rinlardan birini 
egallaydigan YAponiyani oladigan bo`lsak, ushbu davlatda YAIM ining 50 
%dan ortig’i kichik biznes zimmasiga to`g’ri keladi. 
Hozirgi kunda kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub`ektlarini qo`llab-
quvvatlash masalasi soliq siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri sifatida 
belgilangan Biroq, ishlab chiqarish infratuzilma tarmoqlari rivojining hozirgi 
holati taxdili, qishloq xo`jaligi tuzilmalarining samarali faoliyat ko`rsatish 
uchun kuyidagilarni e`tiborga olish lozimligini taqozo etmoqda; 
- ishlab chiqarish infratuzilmasi ob`ektlarining, ular xizmatidan 
foydalanuvchi sohalarga qulay joylashganligi va ko`rsatilgan xizmatlarning narxi 
arzon hamda sifat ko`rsatkichlari yuqori bo`lishligi; 
- ishlab chiqarish infratuzilmasi ob`ektlarining xizmat ko`rsatish 
faoliyatini kengaytirish uning moliyaviy mablag’lar bilan ta`minlash 
darajasi to`g’ri tashkil etilmaganligi; 
- agrar islohotlarni yanada chuqurlashtirish va buning natijasida 
samarali. qishloq xo`jalik infratuzilmasini vujudga keltirishning zarurligi. 
Qishloq xo`jaligida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub`ektlaridagi mavjud kamchiliklar: 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalarida marketing 
faoliyatining past darajada tashkil etilishi va buning natijasida mahsulot ishlab 
chiqarish hamda uni sotish borasida raqobatning yo`qligi; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining bank va boshqa kredit 
tashkilotlarining turli moliyaviy xizmatlaridan (lizing, faktoring va forfeyting 
xizmatlari) foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi; 
- bank-kredit va moliya tashkilotlarining bugungi kunda ham kichi k 
tadbirkorlik sub`ektlariga bo`lgan ishonchi etarli emasligi va bu holatlarni bartaraf 
etish bo`yicha ishlar olib borish va boshqa muammolar mavjud. 
YUqoridagi fikrlarga asoslangan holda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning rivojlanishiga kredit jalb qilish amaliyotini o`rganib, chuqur 
tahlil qilgan holda quyidagi takliflarni keltiramiz: 
- soliqqa tortishda tabaqalashgan taqsimotni joriy etish. YA`ni qishloq 
joylarda shaharga nisbatan pastroq foizda soliq stavka qo`llash; 
- ko`p hollarda kichik biznes sub`eklari, raqobat bozorida yirik biznes 
vakillariga engilib qoladilar. SHuning uchun kichik biznes sub`ektlari o`z haq -
huquqlarini paymol bo`lishiga yo`l qo`ymasliklari uchun, o`zlarining 
xuquqiy savodxonliklarini oshirishlari lozim, deb o`ylayman; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining ishlab chiqarish
va eksport salohiyati, marketing va mahsulotlarni sotishga bagishlangan 
o`quv mashg’ulotlari, seminarlar va ko`rgazmalarni tashkil etishni yo`lga qo`yish 


23 
lozim. 
- ishlab chiqarishni tuzilmaviy-texnologik qayta qurishni 
jadallashtirish maqsadida markazlashgan kredit resurslarining bir qismini tez 
qoplaydigan investitsion loyihalarni moliyalashtirishga karatish, shu jumladan 
kichik biznes ob`ektlariga yo`naltirish; 
Xulosa qilib aytganda, aholini ish bilan ta`minlash muammosini hal etish 
qishloqtsa sanoat va xizmat ko`rsatish sohalarini rivojlantirish tadbirlarini 
amalga oshirish bilan bevosita bog’liq. Bugun sanoatni, xizmat ko`rsatish 
sohalarini qishloqqa olib kelish, xususan, mahsulotlarni kayta ishlaydigan kichik 
korxonalarni qishloq zaminiga joylashtirishni mahalliy hokimiyatlar, tadbirkor 
ishbilarmonlar, turli xil mulk egalari oldiga asosiy vazifa qilib qo`yilgani 
tasodifiy emas. Bugungacha xizmat ko`rsatish tarmoqlari asosan shahar va 
tumanlar markazlarida ko`proq joylashgan bo`lsa, endi ularni posyolkalarda, 
qishloqlarda, hatgoki eng olis ovullarda ham tashkil etish ehtiyoji zarurati 
tobora ortmokda. Zero, xizmat ko`rsatish tarmoqlari darajasi mamlakatning 
taraqqiy etayotganligini, jamiyatni rivojlanayotganligini ko`rsatuvchi muhim 
mezondir. 

Download 0,86 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarnni qo`llab-

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish