Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana04.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#111034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
\'Ochiq dars materiali

8.6. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot 
tarmoklarida rivojlantirish masalalari 
Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqining 
faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarining ish bilan banddik 
darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlshshing rivoji bilan bog’liadir. Bu 
holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish darajasi 
rivojlanishi bilan tavsiflanadi. 
Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlarida ham o`zgarishlar yuzaga keladi. Bu 
holat ham kichik tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro`y beradi. 
Umumiy sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o`zgarishlar 
sanoat sohasiga talab natijasida sodir bo`ladi, shuningdek, qishloq xo`jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanish hisobiga bu 
soha yanada yuksaladi. Savdo aylanmasining to`liq muvofiqlashuvi 
natijasida bu sohada ko`rsatkich ulushi pasayishi sodir bo`ladi. 
Hududlarning mashinasozlik va metallga ishlov berish, engil sanoat
ayniqsa, trikotaj, tikuvchylik buyumlari tayyor mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan sohalarida kichik biznesning o`rni va ulushi etarli darajada 
emas. Vaholanki barcha sohada ishlab chiqarish faolligi tenglashsa, ijobiy 
natijalarga erishamiz. 
Respublikamizda kichik korxonalar tomonidan tayyor mahsulotlar ishlab 
chiqarishning o`sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan foydalanish 
evaziga ta`minlash mumkin. Bizning hisoblarimizga ko`ra, 
2017 yilga borib, respublika bo`yicha kichik biznesning ishlab 
chiqarilgan YAIM hajmidagi ulushini 61,1 %ga etkazish, kichik tadbirkorlik 


28 
korxonalarining yillik mahsulot ishlab chiqarishining o`sishi 2,5 %dan kam 
bo`lmagan holatdagina amalga oshadi. Buning uchun hududlardagi kichik 
tadbirkorlik korxonalarning respublika bo`yicha ishlab chiqarilgan YAIM dagi 
ulushi istiqbolda qo`yidagi holatda o`sib borishiga erishish zarur (inertsion 
tarzda). 
Albatta, bu ko`rsatgach rivojlangan davlatlarda, masalan AQSH da 75-82%, 
YAponiyada 81 %ni, Italiyada 74 %ni tashkil etadi. Respublikamiz kichik 
biznesning bunday ko`rsatkichlarga erishishi tadbirkorlik faolligi orqali amalga 
oshadi. Istiqbolda kutiladigan natijalar asosan kichik tadbirkorlikning faol 
rivojlanishi evaziga ro`y beradi. Bu esa ular tomonidan ishlab chiqariladigan 
mahsulot miqtsorining o`sish dinamikasini ta`minlaydi. 
Hududlar bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmining istiqbolda o`sib 
borish dinamikasini korxonalar mikdorining o`sib borish holati bo`yicha 
tahlil etsak, bu holat qo`shimcha yangi kichik korxonalarning tashkil etilishi 
hisobiga amalga oshadi. 
YAratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan hududlarda yalpi 
hududiy mahsulotning yuqori sur`atlar bilan o`sishi ta`minlanadi. 
Jumladan kichik korxonalarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
evaziga istiqbolda ko`zlangan natijalarga erishish ta`minlanadi. 
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari 
va uning natijalarini aks ettiruvchi ko`rsatkichlarda kichik biznes ulushining 
yuqori bo`lishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir. 
Kam xarajat xisobiga yangi ish o`rinlari yaratish imkoiiyati, yirik biznes kirib 
bora olmaydigan bozor segmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniksa, xizmat 
ko`rsatish sohasi va uncha katta bo`lmagan mahalliy resurs bazalarini 
o`zlashtirishda 
juda 
qulay 
tashkiliy 
shakl 
ekanligi 
kichik 
biznesni 
rivojlantirishning aqamiyati beqiyosligini ko`rsatadi. SHu sababli ham kichik 
biznesni 
jadal 
rivojlantirish 
masalasi 
maqsulot 
ishlab 
chiqarishni 
mahalliylashtirish, xizmat ko`rsatish soqasini rivojlantirish, shuningdek, 
mamlakatning eksport salohiyatini oshirish masalalari bilan chambarchas 
bog’langan. 

Download 0,86 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish