Qisqa xulosalar
Respublikamizning
iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqining
faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarining
ish bilan bandlik
darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bogliqtsir. Bu
holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish darajasining
rivojlanishi bilan tavsiflanadi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va
uning natijalarini aks ettiruvchi ko`rsatkichlarda kichik biznes ulushining
yuqori bo`lishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir.
Kam xarajat hisobiga yangi ish o`rinlari yaratish imkoniyati, yirik b,iznes kirib
bora olmaydigan bozor segaentlarini
egallay olish qobiliyati, ayniqsa, ' xizmat
ko`rsatish sohasida va uncha katta bo`lmagan mahalliy resurs bazalarini
o`zlashtirishda
juda
qulay
tashkiliy
shakl
ekanligi
kichik biznesni
rivojlantirishning ahamiyati beqiyosligini ko`rsatadi.
SHu sababli ham kichik
biznesni
jadal
rivojlantirish
masalasi
mahsulot
ishlab
chiqarishni
36
mahalliylashtirish, xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish, shuyaingdek
mamlakatning eksport saloxdyatini oshirish masalalari bilan chambarchas
bog’langan.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan
qulay shart -sharoitlar
sohaning iqtisodiy rivojlanishdagi, aholini ish bilan bandlshgagi va
daromadlarining o`sishidagi roli yanada kuchayishi hamda YAIM,
eksport va
tarmoqlar hamda sohalarning ishlab chiqarish ko`rsatkichlaridagi ulushi ortib
borishiga xizmat qiladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar:
1. Iqtisodiy o`sishni ta`minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
ahamiyatini izoxlang.
2. 2009 yilda kichik biznes sohasida qancha yangi ish o`rinlari tashkil
etildi?
3. Mamlakatimizda bandlik muammosini
hal etishda kichik biznes
imkoniyatlarini tushuntiring.
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish aholining daromadlari
va farovonligini oshirishga qanday ta`sir ko`rsatmoqtsa?
5. Kichik biznes imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishdagi
muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari bo`yicha o`z fikringizni bayon
eting.
6.Xududiy kesimda belgilangan maqsad va vazifalarni aniqlashtirishda qanday
holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiq?
7.Kichik tadbirkorlik sub`ektlarini axborot-konsalting xizmatlari bilan
ko`llab-quvvatlash kanday choralar orqali ta`minlanadi?
8. Kichik biznes sub`ektlarining moddiy-texnik ta`minoti bo`yicha
kelgusidagi 2017-2021 yillarda amalga oshiriladigan
ishlar nimalardan iborat
bo`lishi lozim?
9. Mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes sub`ektlarining ulushi va
ahamiyatini tubdan oshirish maqsadida qanday yo`nalishlarda kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish ko`zda tutilgan?
10.Samarali eksport faoliyatini amalga oshirishlari uchun kichik biznes
sub`ektlari qanday axborotlar bilan ta`minlangan bo`lishlari zarur?