Axoli bandligini samarali ta`minlash va farovonligini




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana04.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#111034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
\'Ochiq dars materiali

8.2. Axoli bandligini samarali ta`minlash va farovonligini 
yuksaltirishning muhim omili sifatida oilaviy biznesnn 
rivojlantirish istiqbollari 
Mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlik 
harakatini rivojlantirish, xususiy sektorning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi 
ulushini oshirishga qaratilgan tizimli va tadrijiy chora-tadbirlar izchil olib 
borilmokda. CHunonchi, xususiy sektorning erkin va mustaqil rivojlanishini 
ta`minlaydigan zarur xuquqiy asoslar yaratildi va ular faol takomillashtirib 
borilmokda 
Bularning barchasi yurtimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
va yangi bosqichga olib chiqishda zarur siyosiy, iqtisodiy hamda ijtrmoiy sharoit 
shakllangani ifodasidir. Albatta, erishilgan yutuq va natijalar ko`lamini yanada 
kengaytirish, sohaga yangi huquqiy munosabatlarni joriy etishni davrning o`zi talab 
etmoqda. Davlatimiz rahbari Oliy Majlis palatasining 2010 yil 12 noyabrda bo`lib 
o`tgan ko`shma majlisida ilgari surgan "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi"da ham 
bugungi kunda 1sichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kengaytirish uchun 
biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab 
qo`yish vaqgi keldi, deb aloxida qayd etildi. Darhaqiqat, Prezidentimiz 
ta`kidlaganidek, yurtimizda biznesni tashkil qilishning mazkur shakli biznesni 
yuritishda yuzaga kelgan milliy an`analarimizga, xo`jalik yuritish faoliyatining 
mavjud holatiga to`la mos keladi. Bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik 
bazasi 
yaratilsa, 
oilaviy 
biznesning 
xuquqiy 
kafolatlarini 
kuchaytirish, 
iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va keng rivojlanishi hamda yangi ish 
o`rinlarining ochilishiga sharoit tug’iladi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov milliy qishloq xo`jaligimiz 
taraqqiyotining ko`p ming yillik taraqqiyot yo`li - mehnat mentalitetiga asoslanib, 
oilaviy tadbirkorlik, xususan, oilaviy fermerlik harakatini ustuvor rivojlantirish 



masalasini kun tartibiga qo`ydi. Bu aslo bejiz emas. Zero, Prezidentimiz o`zining 
"YUksak ma`naviyat - engilmas kuch" nomli mashhur asarida o`rinli 
ta`kidlaganidek: "Har qaysi millatning o`ziga xos ma`naviyatini shakllantirish va 
yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o`rni va ta`siri beqiyosdir. CHunki 
insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi 
galda oila bagrida shakllanadi" . Bu ko`p qirrali jarayonda oilaviy mehnat an`analari 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Oilaviy mehnat an`analari har bir farzandning mehnat haqidagi dastlabki 
tasavvurlari, kasbga bo`lgan qiziqish va intilishi, zamonaviy ilmlarni o`rganishga 
bo`lgan harakati belgilanishida tarbiya o`chogi bo`lib xizmat qiladi. Millatimizda 
azal-azaldan oilaviy dehqonchilik va chorvachilik mehnat madaniyati ustuvor 
bo`lib kelgan. Bugun shu mehnat madaniyatining yanada barqaror o`sishi va 
rivojlanishi uchun barcha zaruriy huquqiy, siyosiy, moddiy va ma`naviy shart-
sharoitlar yaratilmoqda. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganidek: "Bugungi 
kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-
xuquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo`yish vaqti keldi". 
Prezidentimiz tomonidan ta`kidlab o`tilgan bu muhim xulosa mehnatni tashkil etish 
va boshqarishda tarix sinovlaridan juda ko`p bor o`tgan va samarali hisoblangan 
oilaviy mehnat jamoalarini nazarda tutadi. Oilaviy fermerlik - an`anaviy mehnat 
jamoalari ichida eng ko`p tarqalgan xo`jalik yuritish usuli hisoblanadi. SHu ma`noda 
"Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi"da ko`rsatib o`tilgan oilaviy tadbirkorlikning 
qonunchilik bazasini yaratish to`g’risidagi taklif juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu 
yo`nalishda qabul qilinadigan qonunlar oilaviy biznes va tadbirkorlikning huquqiy 
asoslarini tashkil qilibgina qolmay, balki hozirda bu yo`nalishda mavjud turli 
ma`muriy-byurokratik to`siklar, o`rinsiz aralashuvlarga barham berib, oilaning 
qonun kuchiga va o`ziga bo`lgan ishonchi ortishiga olib keladi. 
Oilaviy tadbirkorlik - yuridik shaxs maqomini olmagai jismoniy shaxslarning 
birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati shakli bo`lib, bu faoliyat er-xotinlar tomonidan, 
ularga umumnn birgaliqdagi mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan umumiy mulk 
negizida amalga oshiriladi. 
Oilaviy tadbirkorlik er bilan xotinning va ularga ko`maklashuvchi oila 
a`zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. 
Bunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga kiruvchi oilaviy 
tadbirkorlik sub`ektlariga mikrokreditlar birinchi navbatda beriladi. Bular: 
- kam ta`minlangan oilalar; 
- tarkibida nogironlar haylda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlariga 
kiritilgan boshqa shaxslar bo`lgan oilalar; 
- tarkibida ikki va undan ortiq ishsizlar bo`lgan oilalar. 
Oilaviy tadbirkorlik sub`ektlariga mikrokreditlar O`zbekiston Respubjkasi 
Mehnat vazirligi huzuridagi Ish bilan ta`minlash jamg’armasining kredit 
yo`nalishi xdoobidan, 6 oygacha davom etadigan imtiyozli davr bilan, ikki 
yilgacha muddatga beriladi. 



Oilaviy tadbirkorlik sub`ektlariga ish bilan ta`minlash fondining kredit 
yo`nalishi hisobidan beriladigan mikrokreditlar eng kam ish haqi miqdorining 150 
baravaridan oshmasligi kerak. 
Oilaviy tadbirkorlik sub`ektlariga mikrokreditlar imtiyozli foiz stavkasi bilan 
ajratiladi. Bu foiz stavkasi amaldagi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 
1/4 qismini tashkil etadi. 
SHu kunlarda ekspert va olimlar, mutasaddi idoralar tomonidan "Oilaviy 
tadbirkorlik to`g’risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish bo`yicha bir qator ishlar 
amalga oshirilmoqda, bu boradagi xalqaro xuquq va milliy qadriyatlarimiz, 
tajribalarimyz tahlil qilinmokda. Umuman, oilaviy tadbirkorlik oila a`zolari 
tomonidan birgalikda boshqarish va tasarruf etish xuquqi bo`yicha faoliyat 
yuritadigan 
tadbirkorlik 
sub`ektidir. 
Ayni 
paytda 
"Oilaviy 
tadbirkorlik 
to`g’risida"gi ishlab chiqilayotgan qonun loyihasida Fuqarolik, Mehnat kodekslari, 
"Bola huquqlarining kafolatlari to`g’risida"gi Qonunda belgilangan tartib-tamoyillar 
asosida mehnat va o`zaro mulkiy munosabatlarni aniqlashtirish zarur. 
Fikrimizcha, oilaviy tadbirkorlik harakatini yanada rivojlantirishga qaratilgan 
qonunda quyidagi muhim jihatlarga alohida e`tibor qaratish zarur: 
- oilaviy tadbirkorlikni moddiy va moliyaviy qo`llab-quvvatlash 
mexanizmini samarali tashkil etish va mustahkamlash, tijorat banklar bilan o`zaro 
hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlash, bunga hozirda mavjud 
ayrim sun`iy to`siqlarga to`liq barham berish; 
- har bir oilaning mehnat an`analariga katta hurmat bilan qarash, uni tiklash va 
rivojlantirish, mavjud ishchi kuchlaridan samarali foydalanishga erishish; 
- mahalliy hokimiyat kuchi bilan oilaviy biznes yuritish uchun zaruriy modtsiy
va ma`naviy shart-sharoitlarni yakada kengaytirish, ularni har tomonlama 
qo`llab-quvvatlash asosida o`z mahsulotlari bilan ichki va tashqi bozorga erkin 
chiqishini ta`minlash; 
- ta`lim tizimida oilaviy biznes sirlarini chuqur o`rganish va tahlil 
qiluvchi maxsus fanlarni kiritish, oila va ta`lim tizimini o`zaro yaqin 
hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash; 
- oilaviy biznesga xorijiy investitsiyalar, ilg’or va zamonaviy 
minitexnologiyalarning kirib kelishiga keng yo`l ochish, chetga tayyor 
mahsulotni eksport qilish hajmini yanada oshirish va boshqalar. 
YUqoridagi takliflar asosida yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda mahalliy 
kengash deputatlarining o`rni va roli juda katta. Bu birinchi navbatda ularning 
kundalik foliyatida oilaviy tadbirkorlik sub`ektlari bilan bir safda turib mehnat 
qilayotganligi, ular faoliyatiga doir barcha muammolarni yaxshi bilishlari bilan 
bog’liq. 
Bugungi kunda oilaviy tadbirkorlikka bandlikni ta`minlash, aholi farovonligini 
yuksaltirishning eng muhim omillaridan biri sifatida 
qaralmoqda. Uni 
iqtasodiyotning tayanchi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida e`tirof etishlarining 
boisi ham, aslida, mana shunda. Oilaviy biznesning o`ziga xosligi shundaki, u ko`p 
asrlik oilaviy an`analar, qadriyatlar bilan uyg’un rivojlanadi. Misol uchun, Buyuk 
Britaniyadagi oilaviy biznes korxonalarining to`rtdan bir qismi qariyb to`rtta 



avlodtsan beri o`tib kelar ekan. SHvetsiyada mexdat bilan band aholining 61 foizi 
oilaviy tadbirkorlik sohasida ishlayotgani ham uning nechog’li katta ahamiyatga ega 
ekanligidan dalolatdir. 
Xalqaro oilaviy tadbirkorlik tadqiqotlari akademiyasining o`rganishicha, 
bugungi kunda rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotida oilaviy biznes izchil taraqqiy 
etib bormoqda. CHunonchi, ko`plab rivojlanayotgan davlatlarda yalpi ichki 
mahsulot tarkibida oilaviy biznesning ulushi 55 foizgacha etar ekan. Bularning 
barchasi yurtimizda ham oilaviy tadbirkorlikning huquqiy asoslarini yaratish 
ayni zarurat ekanligini ko`rsatadi. Zero, biznesning mazkur tarmog’ini 
rivojlantirish uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit, tajribalar mavjud. 
Avvalo, joylarda oilaviy sulolalar tomonidan uzoq yillar davomida shugullanib 
kelinayotgan oilaviy kasb-korlar, ya`ni kosiblik, duradgorlik, novvoylik, 
asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik, dehqonchilik, pillachilik, bog’dorchilik, 
uzumchilik, hunarmandchilik, miskarlik, ko`nchilik, zargarlik, naqqoshlik, kulollik, 
yog’och o`ymakorligi, pichoqchilik, to`qimachilik, po`stindo`zlik singari 
yo`napishlarda oilaviy biznes sub`ektlarini tashkil etish va rivojlantirish muhim 
ahamiyatga ega. SHu bilan bir qatorda, aholiga maishiy xizmat ko`rsatishda ham 
oilaviy tadbirkorlik sub`ektlarini yo`lga qo`yish ayni muddaodir. 
Albatta, respublikamizda oilaviy yangi qonun loyixdsini tayyorlashda aynan 
oilaviy biznesning o`ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, bir qator masalalarga 
e`tibor qaratish lozim. 
Avvalo, oilaviy tadbirkorlik sub`ekti sifatida ro`yxatdan o`tishi mumkin 
bo`lgan faoliyat turlarini aniq belgilash, bunday tuzshshalarni davlat ro`yxatidan 
o`tkazishda byurokratik to`siqlarning oldini oladigan tartiblarni joriy etish, huquqiy 
maqomini aniqlashtirish talab etiladi. Bunda, ayniqsa, davlatimiz rahbari 
tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini tashkil etish 
tartibini takomillashtirish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlarga suyanish, 
ayyi paytda xalqaro tajribaning ilg’or yutuklaridan foydalanish zarur. 
SHu bilan birga, oilaviy tadbirkorlik sub`ektlarining huquq va 
majburiyatlarini, ayni chog’da oila a`zolarining ushbu tadbirkorlik sub`ekti faoliyati 
doirasidagi munosabatlarini aniqlashtirish zarur. Bunda oila a`zolari quyidagi 
xuquqlarga ega: korxona boshqaruvida, qarorlar qabul qilishda, moliyaviy-
xo`jalik faoliyatini nazorat qilishda qatnashish; bir-birining huquqlarini kisman 
yoki to`liq ifoda etish; korxona nizomida belgilangan tartibda ko`rilgan 
daromaddan ulush olish; ayni paytda oilaviy korxona tarkibidan chiqayotganda 
korxona nizomida ko`rsatilgan tartibda kompensatsiya olish; ijtimoiy sug’urta 
qilinish va ish davrlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mexnat
stajiga kiritish; amalga oshirilayotgan faoliyat turiga muvofiq bo`lgan buyumlar 
yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, shuningdek, ularni mustaqil 
ravishda yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqacha tarzda
sotish; amalga oshirilayotgan faoliyatdan olingan daromadni barcha soliqlar
va boshqa majburiy to`lovlar to`langandan keyin, qonun xujjatlarida 


10 
belgilangan tartibda tasarruf etish; O`zbekiston Respublikasi konunchiligida 
belgilangan tartibda boshqa imtiyoz va huquqlardan foydalanishi mumkin. 
Oilaviy korxona mulkdorlari ayni paytda oilaviy tadbirkorlik sub`ekti 
faoliyatida shaxsiy mehnati bilan qatnashishi lozim, ya`ni oilaviy tadbirkorlikni 
amalga 
onrrishda 
vaqtinchalik 
ishlarni 
bajarish 
uchun 
oila 
a`zolari 
hisoblanmaydigan fuqarolar jalb etilmasligi kerak. Korxonaning mulkiy 
majburiyatlari, chunonchi, to`lov qobshgayati yo`qolgan holatlarda o`z shaxsiy 
mulki bilan yakdil javobgar bo`lish majburiyatiga ega bo`lmog’i lozim. 
SHuningdek, oilaviy tadbirkorlikda ishlovchi xodimlar, ya`ni oila a`zolari doimiy 
ishlovchi xodim sifatida e`tirof etilib, mehnat daftarchasi yuritilishi kerak. 
Hozirgi paytda oilalar daromadining to`rtdan bir qismi tadbirkorlik evaziga 
paydo bo`lmoqda. Kelajaqda oila ehtiyojining 50 foizini shu yo`l bilan 
qoplanishiga erishish lozim. Bu respublikamiz uchun o`ta muhimdir. CHunki, 
Evropa mamlakatlarida bir ishlovchiga 0,7 kishi mehnat yoshiga etmagan bolalar va 
nafaqadagi qariyalar to`g’ri kelsa, bu ko`rsatkich respublikamizda 2,7 kishini tashkil 
qiladi. Tabiiyki, bunday sharoitda faqat oylik maosh bilan oilaning ehtiyojini to`liq 
ta`minlab bo`lmaydi. SHu tufayli, kelajakda har bir oilaning farovonligini 
ta`minlash uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadga muvofikdir. 
Oilaviy tadbirkorlikning asosiy yo`nalishlariga kichik biznes, shahsiy 
tadbirkorlik, fermer xo`jaliklari, dehqon xo`jaliklari kabi oilaviy mulkka asoslangan 
faoliyat turlari kiradi. Oilaviy tadbirkorlar mulkning asosiy qismi mamlakatimizda 
davlat mulkini xususiylashtirish evaziga shakllandi. Mamlakatimizda mulqtsorlar 
sinfi shakllanmokda, kichik biznesga asoslangan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish 
uchun tegishli sharoitlar, ularni iqtisodiy asoslari yaratilmokda. endigi eng muxdm 
vazifa ko`chmas mulk ob`ektlari davlatniki bo`ladimi, nodavlat bo`ladimi, ularning 
samarali ishlashini ta`minlab, mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishini 
jadallashtirishdan iborat. 
Mulkning samarali ishlashini ta`minlash davlatga ham, mulkdorga ham manfaat 
keltiradi. Agar ob`ekt davlat tasarrufida bo`lsa-yu, hech faoliyat ko`rsatmasa, 
buning foydasidan ko`ra zarari ko`p. SHu tufayli, uni arzonlashtirilgan qiymatda 
bo`lsa-da, sotish afzalligi lozim degan xulosaga kelindi. Bunday usul amaliyotda 
ham joriy qilindi. 
Ishlatilmay, foydalanilmay turgan mulkning ishlatilishi jamiyat uchun juda katta 
manfaat keltiradi. Birinchidan, yangi ish o`rinlari yaratiladi, ikkinchidan, 
mamlakatimiz bozori uchun mahsulot (xizmat) ishlab chiqariladi va uchinchidan, 
bu faoliyat natijasida davlat byudjetiga soliq to`lash yo`li bilan davlataing iqtisodiy 
qudrati oshishiga ulush qo`shiladi. 
Oilaviy tadbirkorlikning muhim yo`nalishlaridan biri oilalarning shaxsiy 
tomorqasida faoliyat ko`rsatishidir. Bu ham Vazirlar Maxhamasining 1994 yil 29 
noyabrda qabul qilingan «Erdan foydalanish samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to`g’risida»gi qarori bilan tartibga solinadi. Ushbu qarorga asosan, 
mamlakatimizda er maydoni uy-joy qurilish, erga umrbod egalik qilish va meros 
qilib qoldirish xuquqi bilan kim oshdi savdosi orqali sotish ko`zda tutilgan. Bu 
tadbir aholining yashashi bilan birga tadbirkorlik bilan shug’ullanish imkonini 


11 
ham beradi. SHu tufayli, bu masala mamlakatimizda o`z rivojini topmoqtsa. 
Ko`rinib turibdiki, bu tadbir ham mulkdorlar sinfini va tadbirkorlar doirasini 
kengaytirish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`lmoqtsa. 
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bozor munosabatlarisharoitida muhim 
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Bu chng iiiiyao, ....,., 

farovonligini oshirishning 
muhim omilidir. Zero, ish haqi, Urtichy diromm kabi ko`rsatkichlar bozor 
munosabatlari sharoitida o`zinipg yashomchmshsh» mohiyatini yo`qotdi. 
Mamlaktimiz taraqqiyotini pirovard maqsadi ozod va obod VntyM, chrkii va 
farovon hayot kechirishga qaratilgan ekan, demak, ikgasodiy ko`rsyatkichlyr faqat 
o`rtacha ish haqi yoki bo1Yqa,o`rtacha ko`rsatkichlar bilan emas, bplki hyar bir 
shaxs, fuqaroning farovonligi bilan belgilanadi. 
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni yana bir omili ulardyan olingan soliqlar 
yukini kamaytirishdir. Bu oilaning o`z mablag’lari bilai ishlab chiqarish yoki 
boshqa faoliyat turlarini kengaytirish imkonini beradi. Soliq yukini kamaytirish 
hozirgi paytda juda muhimdir. CHunki, juda ko`p oilalar hali tadbirkorlikka qo`l 
urgan emas, qo`l urganlar esa, shu jarayonga ko`nikma hosil qilmagan. Bu holat, 
albatta, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga salbiy ta`sir qiladi. SHu tufayli, 
oilaviy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxslarga soliq solish bazasini 
qisqartirish, 
stavkasini pasaytirish, byudjetdan tashqari jamg’armalarga 
to`lanadigan majburiy ajratmalarni kamaytirish lozim. Ushbu holatlardan shunday 
xulosa qilish lozimki, jamiyatda tadbirkorlar sonini butun aholiga nisbatan emas, 
balki oilalar soniga nisbatan olish lozim. Har bir oilada tadbirkor bo`lishiga 
erishsakgina butun aholining farovonligini ta`minlashga muvaffaq bo`lamiz. 
Ishsizlik va oila bir-biri bilan bevosita bog’liq. Ishsiz u qaerdandir kelgan emas 
yoki jamiyatdan ajralib qolgan shaxs ham emas. Ishsiz bu ham oilamiz a`zosi. 
Oiladan bir kshpi juda serdaromad ishda ishlasa, shu oila farovon, agar u ishsiz 
qolsa, shu oila kambag’allikka mahkum qilshts-an bo`ladi. SHu tufayli har bir oilada 
shunday ruhiyat shakllanishi kerakki, unda ishsiz odam bo`lmasligi kerak. 
Hozirgi paytda qishloqlarda ham biznes bilan shug’ullanish uchun sharoit 
etarli. Zero, uning qonuniy asosi yaratildi, tegishli me`yoriy hujjatlar ham ishlab 
chiqildi. 
Hozirgi paytda oilaviy biznesni rivojlantirish uchun uning qonuniy asoslari 
bilvosita yaratildi. Bularga «Tadbirkorlik faoliyati erkinliklariyushg kafolatlari 
to`g’risida», «Fermer xo`jaliklari to`g’risida», «Dehqon xo`jaliklari to`grisida» kabi 
qonunlarni kiritish mumkin. Ammo, hozirgi iqtisodiy muhit alohida «Oila 
tadbirkorligi va uni ko`llab-quvvatlash to`g’risida»gi qonunni qabul qilishni 
taqozo qiladi. Bunday qonunning yaratilishi tabiiyki, islohotlar jadallashishida, eng 
muhim, oilalarning farovonligi oshishida asosiy omil bo`lib hizmat qiladi. 
Agar nazariy jihatdan qaraydigan bo`lsak, kichik biznes rivoj topgan joyda 
ishsizlik muammosi bo`lishi mumkin emas. Chunki, odam ishsiz bo`lsa, o`ziga ish 
topishi, o`zining tadbirkorlik faoliyatini yuritishi uchun tegishli sharoit 
yaratilishiga intiladi. Bu eng avvalo, oilaviy biznesda namoyon bo`ladi. 
Ishsizlikning mavjudliga ishsiz uchun salbiy holat bo`lsa-da, jamiyat ravnaqi 
uchun ma`lum ma`noda ijobiy omildir. CHunki, bu birinchidan, ishsiz aholi 


12 
hamisha yangi ishni, faoliyatni boshlash uchun zaxirada turadi. Ikkinchidan, ishdagi 
kishining ishsiz bo`lib qolish ehtimoli mavjudligi uni tartib-intizomga qatgiq rioya 
qilishga, o`z malakasini doimiy ravishda oshirib borishga undaydi. Uchinchidan, 
ishsizlikning paydo bo`lishi qasaba uyushmalari faoliyatini faollashtiradi, ularning 
ishchilar ahvolini yaxshilash borasida ish hakini, uni moddiy va ma`naviy 
rag’batlantirish bo`yicha turli takliflarning ishlab chiqilishiga va erishishiga sabab 
bo`ladi. To`rtinchidan ishsiz bo`lib qolish ehtimolidan qo`rqish oqibatida ularning 
jonbozlik bilan ishlashi natijasida mamlakatda iqtisodiy o`sishga erishiladi. Bu esa, 
har bir oilada oila a`zolarining o`z ustida ishlashiga asos bo`ladi. 
Ishsizlik oila va jamiyat uchun salbiy oqibatlar keltiradi. Birinchidan, 
ishsiz mamlakat milliy daromadi yaratilishida va oila farovonligi oshirshshshida 
ishtirok etmaydi. Ikkinchidan, hodim uzoq vaqt ishsiz bo`lsa, oldingi malakasi va 
tajribasi susayadi. Agar shu malaka bo`yicha ish topmasa, boshqa kasbni egallashga 
oilaning ancha mablag’i va vaqti ketadi. Uchinchidan, ishsiz kishi ruhiy jihatdan 
tushkunlikka tushadi. Buni yaxshilashda oilaning roli katta. Bundaylarni oilada 
ma`naviy qo`llab-quvvatlashga to`g’ri keladi. 
SHu tufayli, oila tadbirkorligini rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimiz 
uchun o`ta muhim tadbir ekanligini idrok qilishimiz va unga tegishli e`tibor 
qaratishimiz lozim. 
Oilaviy korxonani ochish - murakkab, ko`p darajali jarayon bo`lib, bir qator 
shartlarni bajarilishini talab qiladi (27-rasm). 
Haqiqatda oilaviy korxona deb mulkning asosiy qismi yoki boshqaruv oila 
a`zolarining qo`lida bo`lgan va oila a`zolarining bir qismi bevosita mazkur korxona 
ishlovchi istalgan korxonaga aytiladi. 
Odatda, oilaviy biznesning shavsllari shahardagi oilaviy korxonalarni hamda 
qishloqtsa faoliyat yurituvchi dehqon, fermer xo`jaliklarining farqlanishini taqozo 
etadi. CHunki ularning faoliyat ko`rsatish shart-sharoitlari, ish boshlash talablari 
bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Shahar joylarida oilaviy tadbirkorlik yirik va o`rta biznes uchun xos bo`lmagan 
sohalarda o`z o`rnini topishga intiladi. Bular mayda ulgurji va chakana savdo, 
maishiy xizmat ko`rsatish, restoran biznesi, choyxona va oshxonalar, kafe va 
barlar, aholiga transport xizmati ko`rsatish, ta`mirlash va qurilish, buxgalterlik 
ishlari va audit kabilardir. 
Oilaviy tadbirkorlikda apohida o`rinni bir necha avlodlar almashinuvi davomida 
aktsiyalarning nazorat paketlari bitga oila qo`lida bo`lgan yirik korporatsiyalar, 
aktsiyadorlik jamiyatlar, "moliyaviy imperiyalar" tutadi. 


13 
1. Moslashuvchanlik va innovatsiyalarning yuqori darajasi, o`zgaruvchan 
bozor talablariga tez moslashish qobiliyati. 
2. Oila institutini mustahkamlash kabi muhim ijtimoiy vazifani bajaradi,
bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalashga imkon bergani holda, ularni 
ijtimoiylashtirishga hamda demografik muammolarni hal qilishga imkon beradi. 
3. Ishlab chiqarish samaradorligani oshirishga bo`lgan yuqori intilish 
darajasini ta`minlaydi. 
4. Iqtisodiyotning 
barqaror 
rivojlanishining 
zaruriy 
sharti 
bo`lgan 
uqarolarning tadbirkorlik nuqtai nazarvdan o`z-o`zini ro`yobga chiqarishga 
imkon beradi. 
5. Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy holatning barqarorlashuviga imkon beradi. 
Bir necha yuz yillar davomida shakllangan g’arb mamlakatlarida 
tadbirkorlikning 
rivojlanish 
tarixiga 
ko`ra, 
tadbirkorlik 
oila 
mustahkamlanishiga imkon beradi, oila ichidagi zidtsiyatlar mikdorini 
kamaytiradi va maishiy muammolarni echish imkoniyatlarini oshiradi. 
Oilaviy biznes uchun moslashuvchanlik va barqarorlik xos bo`lib, barqaror 
oilaviy aloqalar oilaviy korxona biznes-tuzilmasida o`z ifodasini topadi va bu esa 
iqtisodiy faoliyat yuritish tavakkalchshshgini pasaytiradi, uning barcha a`zolarini 
rag’batlantirish darajasini oshiradi. 
Qarindoshlar ishlaydigan firma bolalarni, oilaning keksa a`zolari, jismoniy 
imkoniyati cheklangan kishilarni ishga joylashtirishga imkon beradi. Ularning 
oila ishida to`laqonli qatnashishi bola va o`smirlarni ijtimoiylashtirish hamda 
kelgusi mehnat faoliyatiga moslashtirish imkonini beradi. 
Xo`jalik yuritishning kichik shakli sifatida oilaviy korxonalar yirik va o`rta 
firmalarning yanada samarali faoliyat yuritishiga yordam beradi. Odatda, 
oilaviy korxonalar mahalliy xomashyoda mahalliy bozor uchun ishlagani 


14 
holda, mintaqaviy bozorni rivojlantirish, takomillashtirish doimiy buyurtmalar 
bilan ta`minlashga xizmat qiladi. 
Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy barqarorlik omillaridan biri bo`lgan, "o`rta sinf" o`sishiga asosi bo`lib 
xizmat qiladi. 
SHunday qilib, oilaviy tadbirkorlik O`zbekistonning hozirgi iqtisodiyotida 
quyidagi iqtisodiy vazifalarni bajaradi: 
1. Oilaviy biznes - jamiyatning siyosiy barqarorligi va demokratik 
rivojlanishning kafolati bo`lgan o`rta sinf shakllanishining asosi
hisoblanadi. 
2. Oilaviy biznes vakillari nafaqat o`z-o`zining samarali bandligini 
ta`minlaydi, balki yangi ish o`rinlarini ham tashkil etadi. 
3. Rivojlangan oilaviy biznes iste`molchilar va bozorning tez 
o`zgaruvchan talablariga muvofiq holda tovar va xizmatlar ishlab chiqarib,
iste`molchilarning asosiy qismiga xizmat ko`rsatadi. 
4. Kichik tadbirkorlik sektori innovatsion xarakterga ega bo`lib, 
tavakkalchilikka asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni tez, qulay va oson 
o`zlashtiradi. 
5. Kichik biznes shaxsning ichki salohiyatini ochishga, mehnat faoliyatida o`z-
o`zini namoyon qilishga imkon beradi. 
6. Oilaviy tadbyrkorlikning ommaviy rivojlanishi jamiyat ruhiyatining 
o`zgarishiga va aholining aksariyat qismi qadriyatlari yo`nalishini yangi 
ijtimoiy-yqTisodiy sharoitlarga moslashtirishga imkon beradi. 
7.Dastlabki bilim, malaka va ko`nikmalarni amalga oshirish, sinab ko`rish 
uchun faoliyat maydoni, "poligon" vazifasini bajaradi. 
8.Iste`molchilar bilan bevosita mustahkam aloqalar o`rnatishga imkon 
beradi. 
9. Mahalliy shart-sharoitlarga tez va oson moslashgani holda, operatsion 
xarajatlari kam bo`ladi. 
10. Oilaviy tadbirkorlikda boshqarish oddiy bo`ladi va kapital 
qo`yshshalar tez qoplanadi va h.k. 
SHunday qilib, oilaviy tadbirkorlikning asosiy vazifalarini 
kuyidagicha ifodalashimiz mumkin (28-rasm). 
SHuningdek, oilaviy tadbirkorlikning iqtisodiy vazifalaridan tashqari 

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Axoli bandligini samarali ta`minlash va farovonligini

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish