Rivojlantirish istiqbollari adabiyotlar




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana04.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#111034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
\'Ochiq dars materiali

ijtimoiy vazifalari ham mavjud. Xususan: 
1) Ijtimoiy keskinlikni yumshatadi va bozor munosabatlarini 
demokratlashtiradi. 
2) Yirik biznesdagiga nisbatan ish o`rinlarini yaratish qariyb o`n marta arzon 
bo`lganligidan kambag’allikka qarshi kurash va ishsizlik darajasini kamaytirish 
maqsadida yangi ish o`rinlari manbai hisoblanadi. 
3) Oilaviy tadbirkorlikning muhim roli - bu ish beruvchilarning ko`pgina 
toifalari tomonidan ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kam foydalaniladigan 
pensioner, talaba va o`kuvchi, nogironlar kabi mehnat resurslarini mehnat 
faoliyatiga faol jalb etadi. 


15 
4) Oilaviy tadbirkorlik ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida 
demokratiyani kengaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy faoliyatda tadbirkor yoki 
yollanma ishchi maqomini tanlashga imkon beradi. 
Islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko`pincha, fuqarolarning 
jamiyatda 
amalga 
oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarning 
yo`nalishlari, me`yorlari va qadriyatlar xaqidagi tasavvurlariga bog’liq. 
Ma`lumki, har kanday mamlakat fuqarolarining mentaliteti tadbirkorlik 
munosabatlariga 
ham 
bevosita 
ta`sir 
ko`rsatadi. 
Oilaviy 
tadbirkorlik 
rivojlanishiga mentalitetning ta`sirini o`rganar ekanmiz, O`zbekistonda uning 
quyidagicha namoyon bo`lishiga amin bo`lamiz: 
1. Milliy mentalitet oilaviy korxonaning tashqi institutsional muhitiga 
jiddiy shakllantiruvchi ta`sir ko`rsatadi. 
2. Oilaviy biznes korxonalarida mehnat munosabatlari oilaviy 
munosabatlarda "rollarning" qanday taqsimlanishi haqidagi an`anaviy 
qarashlar asosida quriladi. 
Mentalitetning ta`siri oilaviy korxonada ichki mehnat munosabatlarini 
qurishda ham o`z ta`sirini ko`rsatadi. O`zbekiston iqtisodiyotida zamonaviy 
oilaviy tadbirkorlik korxonasini, odatda erkak kishi (oila boshlig’i) boshqaradi 
va moliyaviy hisob, nazorat ayol kishi tomonidan boshqariladi. 
Respublikamizda oilaviy biznes uchun xos bo`lmagan xususiyatlarga 
quyidagilarni 
kiritishimiz 
mumkin: 
qarindoshlar 
o`rtasida 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
huquqiy 
mustahkamlanganligi, 
lavozim 
(tadbirkorlik) 
majburiyatlari bilan oilaviy majburiyatlar o`rtasidagi "chegara"ning aniq 
qo`yilganligi, ayollarning biznesga aralashuv darajasi yuqoriligi. 
O`zbekiston Respublikasida oila institutining holati, bugungi kunda uning 
rivojlanishida hal qilinishi lozim bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy-ruhiy 
nuqsonlar borligidan dalolat beradi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Davlat 
statistika qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra, 2018 yilda respublikamizda 285,4 
mingta nikohga qariyb 19,0 mingta ajralishlar to`g’ri kelgan, ya`ni 6,5 foiz 
oilalar barbod bo`lgan
1
. Albatta, bu ko`rsatkich boshqa mamlakatlardagiga 
qaraganda ancha kam hisoblanadi va respublikamizda oila institutining nisbatan 
mustahkamligidan darak beradi. CHunki, Rossiya Federatsiyasida 2015 yvdda 
1091,8 ming nikohga 798,8 ming ajralish to`g’ri kelgan yoki mazkur 
mamlakaqdagi 73,1 foiz oilalar barbod bo`lgan
1

Bu esa istiqbolda jamiyatning muhim bo`g’ini bo`lgan oila institutini 
rivojlantirishda mahalla fuqarolar yig’ini, "Oila" respublika ilmiy-amaliy 
markazi kabi jamoatchilik tashkilotlari rivojlanishini yanada kuchaytirishni taqozo 
etadi. 
BMT ma`lumotlariga ko`ra, kichik korxona, mikrofirma va oilaviy 
tadbirkorlik sub`ektlari dunyoning 50 foiz mexdatga layoqatli aholisi uchun 
asosiy ish beruvchi hisoblanadi, masalan AQSHda kichik korxonalar 60 foiz 
yangi ish o`rinlarini yaratadi. Respublikamizda ham bu ko`rsatkich 2017 yil 
yakunlariga ko`ra qariyb 50 foizdan ortiq ish o`rin KBXT sub`ektlari ulushi 
tomonidan yaratilgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida xdm ishsizlik 


16 
muammosi ko`pgina rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda KBXT 
sub`ektlari tomonidan echilgan. 
BMT va Xalqaro Mexdat Tashkiloti (XMT) kabi xalqaro tashkilotlar 
tomonidan kichik, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik kambag’allikka qarshi 
kurashning strategik yo`nalishlaridan biri sifatida qaraladi. 2015 yilda bo`lib 
o`tgan XMT ning 91-sessiyasida Xalqaro mehnat byurosi bosh direktorining 
ma`ruzasida "Mehnat qashshoqlikka qarshi kurash vositasi", tadbirkorlik 
kambag’allikni 
engashning 
muhim 
vositasi, 
ijtimoiy 
keskinlikni 
yumshatishning asosiy quroli sifatida qaraladi
2

XMT ning 91-sessiyasidagi yuqorida nomi qayd etilgan ma`ruzada 
keltirilgan takliflarni respublikamiz amaliyotiga moslagan holda, bir qator 
ijtimoiy muammolarni keskinligini kamaytirish imkonini beruvchi, oilaviy 
tadbirkorlikning raqobatbardoshligini qo`llab-quvvatlovchi quyidagi taklif va 
tavsiyalarni b'erish mumkin: 
-mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobat afzalliklarini oshirish, davlat va 
munitsipial mulqtsan foydalanish bo`yicha imtiyozlar berish, ish beruvchi
tadbirkorlar uchun soliq preferentsiyalarini taqdim etish, kreditlashning 
imtnyozli shartlari, kredit oluvchilarning xarajatlarining bir kismini subsidiyalash 
va h.k. 
-ommaviy axborot vositalarini tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlanish
muammosiga yanada kenfoq jalb qilish, tadbirkorlikning ijobiy qiyofasini,
oilaviy tadbirkorlikning jamiyat va davlatning rivojidagi tutgan o`rnini
yoritishga bag’ishlangan ijtimoiy reklama roliklarini kuchaytirish, "o`z 
kelajagingni o`zing qur" ruknida tele va radioeshittirishlarni ko`paytirish, 
tadbirkorlik tashabbuslarini OAVda ommaviy targib qilish; 
-mintaqalar aholisi uchun o`z xususiy biznesini yuritish masalalari bo`yicha 
doimiy "ishonch telefonlari"ni tashkil qilish. 
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirilipsh 
bir qator vazifalarni hal etishda qo`l keladi. Xususan, mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan bozor iqtisodiyoti islohotlari sharoitida mulkdorlar sinfining 
kengayishiga qulay shart-sharoit yaratadi. SHuningdek, aholi bandligini 
ta`minlash va farovonligini yuksaltirishdek zapvorli yumushlarni oddiy 
mexanizmlar asosida hal etish mumkin bo`ladi. Qolaversa, uzoq yillik 
qadriyatlarimiz, milliy an`analarimizning ham izchil riyujlanishini ta`minlaydi. 

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish