Boshqa turkumdagi iboralar




Download 367.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana12.05.2023
Hajmi367.37 Kb.
#59041
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
7e501002c1b636e46b15f5b1ecbd8d59 O`ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O`ZLASHMALI IBORALAR
report
2.2.3. Boshqa turkumdagi iboralar 
Ikki barrel, bir blok sigaret, uch yillik blokada, iqtisodiy blokada, siyosiy blokada, 
alohida boks, yangi drenaj, ekspress avtobus, ekspress poyezd, ekspress kema, yangi 
eskalator, yangi fayl, ovozsiz film, yangi film, milliy folklor, rangli kartrij, yangi 
kokteyl, ikki qavatli kottej, issiq pidjak, yozlik pijama, yangi pikap, birinchi raund, 
rangli slayd, standart hujjatlar, standart qog'ozlar, standart nav, standart binolar, 
standart salomlashish, standart so'z, yangi stend, yangi supermarket, har xil tonerlar
240 vatt, 320 vatt quvvatli, vegitrianlik kursi, xuligan qiz, mevali yogurt, mazali 
yogurt. 
Biz mazkur misollarni matbuot sahifalari va jonli til jarayonini izchil kuzatish 
orqali yig'dik. Ushbu misollar leksikologiya fanlarini o'qitishda muhim asos bo' lib 
xizmat qiladi . 
XULOSA 
Ishimizga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o'zbek xalqi o'z milliy tiliga 
kirib kelayotgan yangi o'zlashmalarni samimiy qabul qilish bilan bir qatorda ularga 
ijodiy ham yondashgan. 
O'zlashmalar bilan o'z ona tili qonun-qoidalariga asoslangan holda yangi- yangi 
iboralar yasagan. Hatto ayrimlari ko'chma ma'no kashf etishgan. Misollar tahlili shuni 
ko'rsatadiki, iboralar avvalo erkin asosda keyin esa turg'unlashib borishgan. 
Erkin iboralar: mazali yogurt, yozlik pajama, nozik formatli slayd. 
Turg'un iboralar: mevali yogurt, milliy folklor, yangi fayl, tender e'lon qilmoq, 
rangli salayd, biznes qilmoq, lizingga olmoq. 
So'zlarning ma'no munosabatiga ko'ra birikishiga ko'ra iboralar quyidagi guruhlarga 
bo'linadi: 
a) otli iboralar: reyting tizimi, ping-pong g'oliblari, akvalanglar kiyimi. 
b) felli iboralar: buklet tayyorlatmoq, biznesda g'olib chiqmoq. 


c) boshqa iboralar: standard so'z, mevali yogurt 
E'tiborlisi shundaki, xalqimiz inglizcha o'zlashmalar bilan ko'chma ma'nodagi til 
birliklarini yasab ulgurishgan. Masalan: kompyuter ishlamadi, reytingga ega bo'lmoq, 
falonchining reytingi katta. 
O'zlashmalarning tadrijiy, daraja-badaraja iboralarga aylanish xususiyatlari bo'yicha 
shunday xulosaga kelish mumkinki, tilimizga yangi kirib kelgan til birliklari avvalo ot 
(nomen) sifatida (fermer, lizing, biznes, kompyuter) qabul qilingan. Keyin ular asta-
sekin milliy tilimizga moslashib shaxs-son, kelishik va so'z yasovchi qo'shimchalar 
olishgan ( fermerlar uyushmasi, bizneschilar maktabi, lizing markazi), biroq turlanish 
so'zlarga jon kirgazmaydi. Zero, narsa va hodisani faoliyatini, harakati va holatini 
bildirish uchun albatta o'zlashmalar fel bilan birikishlari kerak. Bu ma'noda ham aytib 
o'tishi joizki, bizning inventarimizdagi o'zlashmalarning deyarli barchasi bilan felli 
birikmalar milliy tilimiz lug' at tizimiga asoslangan holda yangi-yangi iboralar 
yasalgan. Bularning hammasi qabul qilingan o'zlashmalar va ular vositasida yasalgan 
iboralar orqali milliy tilimizning rivojlangan lug'at tizimining boyigani va ifoda 
qudratini yana oshib borayotgani yaqqol dalildir. 
Biz ishimizda yangilik qilmadik, biz bor narsalarni yig' dik va baholi qudrat lug' at 
tuzdik va chop qildik.

Download 367.37 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 367.37 Kb.
Pdf ko'rish