S. Gaziyeva ta’limda innavatsion texnologiyalar




Download 5.29 Mb.
bet8/18
Sana29.12.2019
Hajmi5.29 Mb.
#6259
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18

2. KMnO4 eritmasini tayyorlash va uni standartlash.

KMnO4 kukuni toza bo‘lmaydi. Uning tarkibida qaytarilish mahsulotlari mavjud bo‘ladi.



SHuningdek, KMnO4 eritmasi yorug‘lik va harorat ta’sirida parchalanadi. SHularni hisobga olib, undan aniq konsentratsiyali titrant eritmasi tayyorlab bo‘lmaydi. Avval KMnO4 ning quyuq 5%li eritmasi tayyorlanib, 7-10 kun davomida qorong‘i joyda saqlanadi. Mazkur vaqt oralig‘ida suvdagi qaytaruvchi moddalarni to‘liq oksidlaydi. Hosil bo‘lgan turg‘un 5% li KMnO4 eritmasini shisha filtr yordamida filtrlanadi, so‘ngra suyultirib 0,1N eritmasi tayyorlanadi va oksalat kislotasi bilan standartlanadi.





3. Suvning oksidlanuvchanligini aniqlash.

Tabiiy suvda oz miqdorda bo‘lsada qaytaruvchilar erigan bo‘lishi mumkin. Suvda qaytaruvchilar qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha oksidlanuvchan bo‘ladi. Suvning tozaligini bilish uchun uning tarkibidagi qaytaruvchilarni taxlil qilinadi.

Suvning oksidlanuvchanligi 1 dm3 suvdagi qaytaruvchilarining milligramm massasi bilan o‘lchanadi. Birligi – mg/dm3 .

Suvning oksidlanuvchanligi qoldiqni titrlash usulida titrlab aniqlanadi.

Bajarish tartibi.

O‘lchov kolbasida aniq o‘lchangan 100 ml suvga 5 ml 2N N2SO4 va Mor pipetkasida 20 ml 0,1 N KMnO4 qo‘shib, 10 minut qaynatiladi. So‘ngra ortib qolgan KMnO4 ni N2S2O4 kislotasi bilan titrlanadi.





Suvning oksidlanuvchanligi deb – 1 dm3 suv tarkibidagi qaytaruvchi moddalarni oksidlash uchun sarf bo‘lgan O2 ning mg miqdoriga aytiladi.



Suvning sifati oksidlanuvchanlik o‘lchamlari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:




Qaytaruvchanlar miqdori

Suvning sifati

1 mg/dm3 gacha

toza suv

1-2 mg/dm3 gacha

ichimlik suvi

3-4 mg/dm3 gacha

gumonli suv

4 mg/dm3 va undan yuqori

iflos suv

4.Qo‘llanishi:

Usulda asosan qaytaruvchi moddalar va o‘zida qaytaruvchi xossalarni namoyon qiluvchi dori preparatlarini miqdori aniqlanadi. Masalan: bevosita titrlash usulida:



  1. Eritmadagi H2O2 ning massa ulushini aniqlash.

3% li H2O2 eritmasini suyultirib, 0,1N eritma tayyorlanadi. Tayyorlangan eritmadan Mor pipetkasida 10 ml olib, ustiga (1:4) H2SO4 dan 5 ml qo‘shiladi va 0,1N KMnO4 eritmasi bilan turg‘un och pushti ranggacha titrlanadi.








2) Mor tuzi nazorat eritmasi tarkibidagi Fe+2 massasini aniqlash.




3)To‘g‘ri va qoldiqni titrlash usulida NaNO2 aniqlash.

a) to‘g‘ri titrlash usulida:



5NaNO2 + 2KMnO4 +3H2SO4 = 2MnSO4 + 5NaNO3 + K2SO4 + 3H2O
b) qoldiqni titrlash usulida

ort


yodometrik usulda

10KJ + 2KMnO4 + 16H2SO4 = 5J2 + 2MnSO4 + 8N2O

mah


J2 + 2Na2S2O3 = 2NaJ + Na2S4O6


4) Permanganatometriyada ba’zi hollarda oksidlovchi moddalar miqdori qoldiqni titrlash usulida aniqlanadi.

Masalan:









5) Mahsulotni titrlash usulida oksidlanish-qaytarilish xossasini namoyon qilmaydigan moddalarni aniqlash.

CaCO3 + 2HCl → CaCl2 + H2CO3



CaCl2 + H2C2O4 → ↓CaC2O4 + 2HCl


↓CaC2O4 + 2HCl → CaCl2 + H2C2O4

mahsulot

5H2C2O4 + 2KMnO4 + 3H2SO4 → K2SO4 + 2MnSO4 +



mah

+ 10CO2 +8 H2O


mCaCO3 = E CaCO3 N KMnO4V KMnO4 / 1000
Tayanch iboralar

1. Permanganatometriya - KMnO4 eritmasi bilan kaytaruvchilarning mikdorini aniklash. Standart modda - H2C2O4 · 2H2O, titrant - KMnO4, indikatorsiz usul.

2. Permanganatometriya - kislotali sharoitda olib boriladi.

3. Titrlash turlari - to‘g‘ri, qoldiqni va maxsulotni titrlash usullari.

4. Suvning oksidlanuvchanligi - 1 dm3 suvda kaytaruvchilarning milligramm mikdori bilan belgilanadi. Qoldiqni titrlash usulida aniklanadi. Birligi - mg/dm3

5. Suvning sifati oksidlanuvchanlik o‘lchamlari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:



Qaytaruvchanlar miqdori

Suvning sifati

1 mg/dm3 gacha

toza suv

1-2 mg/dm3 gacha

ichimlik suvi

3-4 mg/dm3 gacha

gumonli suv

4 mg/dm3 va undan yuqori

iflos suv


Nazorat savollari

  1. H2C2O4· eritmasini KMnO4 bilan titrlaganda titrantning birinchi tomchilarining rangi sekin o’zgaradi. Nima uchun?

  2. Nima uchun titrimetrik tahlilda ko’pincha kislotali muhitda permanganat bilan oksidlash reaksiyalari qo’llaniladi?

  3. KMnO4 dan standart eritmani aniq tortim bo’yicha tayyorlab bo’ladimi?

Mustaqil yechish uchun masala

  1. Quyidagi reaksiyalarda oksidlovchi va qaytaruvchilarning molyar ekvivalent massalarini hisoblang:

KMnO4 + MnSO4 +H2O  K2SO4 + MnO2 + H2SO4

KMnO4 + H2O2  MnO2 +KOH +O2 + H2O



  1. Oksidlovchilar permanganatometrik usulda qanday aniqlanadi? Uni KClO3 tahlili misolida tushuntiring.

  2. MnO-4 /Mn+2 va Cl2/2Cl- juftlarining normal oksidlanish – qaytarilish potentsiallari qiymatini hisobga olgan holda bu moddalar orasida boradigan reaksiyaning yo’nalishini aniqlang.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.
21-mavzu: Yodimetriya. Yodometriya. Usul titrantlari. Titrlash oxirgi nuqtasini aniqlash. Xloryodometrik titrlash. Akvametriya. Oksidlovchi va qaytaruvchilarning miqdoriy tahlili.
Reja:


  1. Kirish. Yodimetriyani mohiyati, qo‘llanishi, o‘tkazish shart-sharoitlari. Akvametriya.

  2. Yodometriyani mohiyati, qo‘llanishi.

  3. Xloryodimetriyani mohiyati, qo‘llanishi.

1. Kirish.

Qaytaruvchilarni titrant yod eritmasi bilan bevosita titrlash yodimetriya (yodimetrik titrlash) deb ataladi. Oksidlovchilarni J- bilan reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulot yodni titrant natriy tiosulfat standart eritmasi bilan titrlash yodometriya (yodometrik titrlash) deb ataladi. Ikkala usulni umumlashtirib - yodimetrik yoki yodometrik titrlash deb nomlanadi. Demak usul oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlashda qo‘llanadi.

EoS4O6-2/2S2O3-2oSO4-2/SO3-2<EoI2/I-oIO3-/I2oCr2O3-/2Cr+3

0,15 < 0,20 < 0,54 v < 1,19 < 1,33

qaytaruvchi oksidlovchi

Usulda standart modda K2Sch2O7, titrantlar I2, Na2S2O3*5H2O indikator kraxmal.



Yodimetrik titrlash.

Usulning mohiyati. Usulda yodning titrlangan eritmasi bilan qaytaruvchilarni bevosita titrlash usulida aniqlashga asoslangan. Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi:
Yod suvda yomon eriydi. Uni KJ ishtirokida eritib, triyodid ioni hosil qilinadi.

yoki

SHularni hisobga olib, yodimetrik titrlashni o‘tkazish uchun yodni KJ dagi eritmasi qo‘llanadi. Yodni standart oksidlanish – qaytarilish potensiali 0,54 v ga teng bo‘lib, KMnO4, K2Cr2O7 ga qaraganda kuchsiz oksidlovchidir. Yodimetrik titrlash usulida E˚<0,54v bo‘lganda qaytaruvchi-larni to‘g‘ri va qoldiqni titrlash usulida aniqlanadi. Ularga: As2O3, Na2S2O3, SnCl2, Na2S va boshqalar kiradi.



Masalan: As2O3 ni massasini to‘g‘ri titrlash usulida aniqlash.









Eslatma: bevosita titrlash usulida kraxmal titrlash boshida qo‘shiladi.

2. Na2S ni massa ulushini qoldiqni titrlash usulida aniqlash.










Usulning titranti: Usulda titrant sifatida 0,1 N yod eritmasi qo‘llanadi. Yod eritmasi beqaror bo‘lib, u tezda sublimatsiyalanadi. Uni qorong‘u joyda, qo‘ng‘ir idishda va sovuq sharoitda saqlanadi. SHularni hisobga olib, yod eritmasidan taxminiy konsentratsiyada eritma tayyorlab, Na2S2O3 yoki As2O3 bilan standartlanadi.









Usulni o‘tkazish shart-sharoitlari:

Yodimetrik titrlashni olib borish uchun quyidagi sharoitlarga rioya qilish kerak.



  1. Yodimetrik titrlashni sovuq sharoitda olib boriladi. Bundan tashqari harorat ko‘tarilganda kraxmalni sezgirligi kamayadi.

  2. J2/2J- redoks juftlikning standart potensiali kichik bo‘lgani uchun yodimetrik reaksiyalar qaytar va oxirigacha bormasligi mumkin. Reaksiya to‘liq borishi uchun titrlashni barqaror kompleks hosil qiluvchi modda bilan bog‘lash zarur. Masalan:

2Fe2+ + J2 = 2Fe3+ + 2J-

Bu reaksiyada Fe3+ ionlarini komplekson (EDTA) bilan bog‘lansa, muvozanat chapdan o‘ngga siljiydi. YA’ni Fe2+ ionlari Fe3+ ioniga oksidlanadi.



  1. Yodimetrik titrlashni kuchsiz kislotali, neytral yoki juda kuchsiz ishqoriy sharoitlarda (rN<8) olib boriladi. Aks holda:

ishqoriy sharoitda (rN>9) gipoyodid ioni hosil bo‘lib, titrlashni xatoligini oshiradi.



Kuchli kislotali sharoitda esa HJ hosil bo‘lib, yorug‘lik va O2 ta’sirida parchalanadi


Usulning indikatori. Yodimetriyada indikator sifatida kraxmal qo‘llanadi. Titrlashni oxirgi nuqtasini (TON) aniqlashda 2 xil usuldan foydalaniladi.

1.Indikatorsiz usul- J2 eritmasining ortiqcha tomchisi eritmani to‘q –sariq rangga bo‘yaydi. YOki yod SCl4, SNCl3 ga ekstraksiyalanganda ekstrakt binafsha rangda bo‘ladi.

2.Indikatorli usul- 1% kraxmal (maxsus indikator) eritmasi bilan yod ko‘k rang hosil qiladi.

Qo‘llanishi. Usulda qaytaruvchilar, suvni K.Fisher usulida aniqlash hamda farmatsevtik preparatlardan analgin, askorbin kislotasi, penitsillin, formaldegid va boshqa moddalar aniqlanadi. Masalan qoldiqni titrlash usulida formaldegidni aniqlash.

CH2O +I2 + 3NaOH → HCOONa +2NaI + 2H2O



ort

3I2 +6NaOH → NaIO3 +5NaI +3H2O



qold

NaIO3 +5NaI +N2SO4 → 3I2 + Na2SO4 + 3H2O

I2 + 2Na2S2O3 → 2NaI + Na2S4O6

Akvametriya. (Fisher usuli).

1935 yilda K.Fisher tomonidan ixtiro etilgan suvni miqdorini aniqlashning yodimetrik usuli - akvametriya deyiladi. Usul farmakopeyaga kiritilgan. Bu usulda titrlanuvchi eritma tarkibidagi suvni, oltingugurt (IV) oksidi, yod va piridinni metanoldagi eritmasi, - Fisher reaktivi bilan titrlashga asoslangan. Reaksiya quyidagi ikki bosqichda boradi:

1.

2.

Titrlashda 1 mol suvga, 1 mol yod to‘g‘ri keladi. Agar reaksiyada suv ishtirok etmasa, yod sarflanmaydi. Titrlash maxsus og‘zi kavsharlangan, CaCl2 o‘rnatilgan asbobda o‘tkaziladi. Reaksiyani o‘tkazish uchun suv saqlangan preparatdan tortim olib, metanolda eritiladi va Fisher reaktivi bilan titrlanadi. T.O.N da eritmaning sariq qo‘ng‘ir rangga bo‘yalishi kuzatiladi.

2. Yodometrik titrlash usuli - Oksidlovchilarni J- bilan reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulot yodni titrant Na2S2O3 eritmasi bilan titrlashga asoslangan. Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi.



yoki

J--samarali qaytaruvchi, ammo KJ-titrant sifatida qo‘llanilmaydi. CHunki KJ eritmasi beqaror, xavodagi kislorod ta’sirida oksidlanib ketadi. Amalda oksidlovchi eritmasiga mo‘l KJ qo‘shiladi. Mahsulot sifatida ajralgan J2 – Na2S2O3 eritmasi bilan titrlanadi. Masalan:







Usulning titranti. Usulda titrant sifatida 0,1 N Na2S2O3 * 5H2O eritmasi qo‘llanadi. Titrant - Na2S2O3 * 5H2O eritmasi, standart modda talabiga javob bermaydi:

  1. Barqaror emas, kislotali muhitda parchalanadi.

Barqaror qilish uchun Na2CO3 (rN=9-10) qo‘shiladi.

2. Suvli eritmada Na2S2O3 tiobakteriyalar va yorug‘lik ta’sirida parchalanadi. Buning oldini olish uchun 1l eritmaga 10 mg NgJ2 qo‘shiladi.

SHuning uchun tiosulfat eritmasi taxminiy konsentratsiyada tayyorlanadi va K2Sr2O7 bo‘yicha standartlanadi.











Usulning indikatori. Yodometriyada indikator sifatida ham kraxmal qo‘llanadi. Faqat shuni e’tiborga olish kerakki, mahsulotni titrlash usulida kraxmal titrlanuvchi eritmaga reaksiyada ajralib chiqqan yodni Na2S2O3 eritmasi bilan yarmisini titrlab bo‘lgandan so‘ng qo‘shiladi. Bunda kraxmal ko‘k rangga kiradi va uni Na2S2O3 eritmasi bilan rangsizgacha titrlanadi.

Qo‘llanishi. Usulda bir qator oksidlovchilar H2O2, CuSO4, K2Cr2O7, KMnO4, Na3AsO4, J2 va boshqalar aniqlanadi. Masalan:

1. H2O2 ni massasini yodometrik usulda aniqlash









2. Misni massasini yodometrik usulda aniqlash.



2CuSO4+ 4KJ → ↓Cu2J+ 2J2+ 2K2SO4

mah

J2+ 2Na2S2O3 2NaJ+Na2S4O6



mah

a = ESi+2 *Ntio *V / 1000



Eslatma: mahsulotni titrlash usulida kraxmal titrlanuvchi eritmaga reaksiyada ajralib chiqqan yodni Na2S2O3 eritmasi bilan yarmisini titrlab bo‘lgandan so‘ng qo‘shiladi.

3. Xloryodimetrik titrlash usuli- titrant monoxloryod eritmasi bilan qaytaruvchilarni aniqlashga asoslangan. Usul farmakopeyaga kiritilgan. Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi:

JCl + 2e- = J- + Cl- E0 = 0,795 V

2JCl + 2e- = J2 + 2Cl- E0 = 1,19 V

Monoxloryod eritmasi oksidlovchi sifatida yod eritmasiga nisbatan kuchliroq ancha barqaror hisoblanadi.

Usulning titranti. Usulda titrant sifatida 0,1N monoxloryod eritmasi qo‘llaniladi. Titrantni tortim bo‘yicha tayyorlanmaydi. Uni quyidagi reaksiya asosida olinadi.

Tayyor bo‘lgan eritmani Na2S2O3 eritmasi bilan standartlanadi.









Usulning indikatori. Xloryodimetriyada indikator sifatida kraxmal eritmasi ishlatiladi.

krax

TON: JCl + J- → J2 + Cl-



ko‘k

Xloryodimetrik titrlash sharoiti. Titrlash kislotali, neytral yoki kuchsiz ishqoriy sharoitda o‘tkaziladi. Kuchli ishqoriy muxitda quyidagi qo‘shimcha reaksiya boradi

JCl + 2OH- = JO- + Cl- + N2O



Qo‘llanishi. Usulda turli qaytaruvchilar, qator organik dori preparatlar: sulfanilamid xosilalari, barbituratlar, tiobarbituratlar, novokain, rivanol va boshqa organik birikmalar aniqlanadi.

Tayanch iboralar:

  1. Yodimetriya (yodimetrik titrlash)- qaytaruvchilarni yodning standart eritmasi bilan bevosita titrlash.

  2. Yodometriya (yodometrik titrlash)- oksidlovchilarni bilvosita xosil bo‘lgan mahsulot - yodni natriy tiosulfat standart eritmasi bilan titrlash

  3. Yodimetriyada- standart modda K2Sch2O7, titrantlar I2, Na2S2O3*5H2O indikator kraxmal.

  4. Akvametriya (Fisher usuli)- suvni miqdorini aniqlashning yodimetrik usuli

  5. Xloryodimetriya- titrant monoxloryod eritmasi bilan qaytaruvchilarni aniqlashga asoslangan.



Nazorat savollari

  1. Yodometriyaning mohiyati nimadan iborat?

  2. Yodimetriyaning mohiyati nimadan iborat?

  3. Yodimetriyaning permanganatometriyadan avzalligi ?

  4. Yodimetriyaning kamchiligi?

Mustaqil yechish uchun masala

  1. Agar 25,00 sm3 xlorli suvning KJ bilan o’zaro ta'siri natijasida ajralib chiqqan yodni titrlash uchun tiosulfatning 0,1100 n eritmasidan 20,10 sm3 sarflangan bo’lsa, xlorli suvning 1dm3 ida necha gramm xlor bor?

  2. Nazorat eritmasida As (III) massasini yodimetrik titrlab aniqlashda ish tartibi va reaksiya tenglamasi qanday yoziladi?

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.
22-mavzu: Bromatometrik titrlash. Dixromatometrik titrlash.

Reja:


  1. Bromatometrik titrlashning mohiyati, o‘tkazish shart-sharoiti,qo‘llanishi.

  2. Bromometrik titrlashning mohiyati.

  3. Dixromatometrik titrlashning mohiyati.

  4. Bromatometrik titrlashning mohiyati, o‘tkazish shart-sharoiti,qo‘llanishi.

Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi.

BrO3- + 6H+ Br- + 3H2O

E=



Usulning titranti. Usulda titrant sifatida 0,1N KBrO3 eritmasi ishlatiladi. Tirtantni kimyoviy toza, qayta kristallangan KBrO3 tuzidan aniq tortim bo‘yicha tayyorlanadi.



Tizimni oksidlanish - qaytarilish potensiali:



Bromat ioni, normal oksidlanish - qaytarilish potensiali 1,44 voltdan kichik bo‘lgan birikmalarni oksidlaydi.

0,1n 1000 sm3 KBrO3 eritmasini tayyorlash.

Agar olingan KBrO3 toza bo‘lsa, undan tortim olib, titrlangan eritma tayyorlanadi.



Tortim bo‘yicha normal konsentratsiyasi hisoblanadi:



KBrO3 eritmasini normal konsentratsiyasini yodometrik usulda aniqlash.

KBrO3 juda ham toza bo‘lmasa, u holda uning taxminiy konsentratsiyasi yodometrik usulda aniqlanadi. Masalan, taxminan 0,1 n. 1000sm3 KBrO3 eritmasi tayyorlanadi, undan 20sm3 titrlash kolbasiga solinib, 1g KJ + 10 -15 sm3 2n. HCl, so‘ngra 10 minut qorong‘i joyga qo‘yib qo‘yiladi. Ajralib chiqqan iodni konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan Na2S2O3 eritmasi bilan titrlanadi.

Reaksiya sxemasi:

KBrO3 + 6KJ +6HCl = KBr + 3J2 +6KCl + 3H2O

J2 + 2Na2S2O3 = 2NaJ + Na2S4O6



Indikator kraxmal.

Usulning indikatori. usulda indikator sifatida m.o yoki m.q qo‘llanadi t.o.n da 1 tomchi ortiqcha bromat ionlari bromid ionlari bilan reaksiyaga kirishib, erkin bch2 xosil qiladi va metiloranjni rangsizlanadi.
KBrO3 + 5KBr + 6HCi = 3Br2 + 6KCi + 3H2O



Download 5.29 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Download 5.29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



S. Gaziyeva ta’limda innavatsion texnologiyalar

Download 5.29 Mb.