Bromometrik titrlashning mo




Download 5.29 Mb.
bet9/18
Sana29.12.2019
Hajmi5.29 Mb.
#6259
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18

2.Bromometrik titrlashning mohiyati.

usul asosida quyidagi reaksiya yotadi:





Usulning titranti: brom eritmasi beqaror va zaxarli bo‘lib, titrant sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab bo‘lmaydi. uni bromat-bromid (kbro3 +kbr) aralashmasidan xosil qilinadi.

KBrO3 + 5KBr + 6HCl = 3Br2 + 6KCl + 3H2O

Reaksiyada ajralib chiqqan Br2, ko‘pchilik organik moddalar fenol, rezorsin, timol, salitsil kislotasi va uning natriyli tuzi bilan bromlanish reaksiyasiga kirishadi. Masalan fenoli bevosita usulda aniqlash:

C6H5OH +3 Br2 = C6 H2OHBr3 + 3HBr

tribromfenol

Efen = M/6

Ishlash texnikasi:

0,1 g. fenol issiq suvda eritiladi va ustiga 10-20 ml 2n.HCl 100-150 ml suv + 10 ml 20% KBr, 2-3 tomchi metiloranj solinadi hamda issiq eritmani 0,1n. KBrO3 eritmasi bilan titrlanadi. Ekvivalent nuqtada indikator metiloranj rangsizlanadi.

Efen NVKBrO3 100

% fen = -----------------------

1000  a

Davlat Farmakopeyasi bo‘yicha, fenol va uning hosilalari qoldiqni titrlash usulida miqdori aniqlanadi. Masalan natriy salitsilatni massasini aniqlash.



  1. KBrO3 + 5KBr + 3H2SO4  3Br2 + 3K2SO4 + 3H2O






  1. Br2 + KJ  J2 + KBr

  2. J2 + 2Na2S2O3  2NaJ + Na2S4O6

Hisoblash:

ESalNa  m / 6

Ishlash texnikasi:

Salitsilat natriy solingan og‘zi berk idishga ma’lum xajmda KBrO3, ustiga 0.5 g KBr va (1:4) konsentrik H2SO4 qo‘shiladi hamda bir pastga qo‘yib qo‘yiladi. Bu vaqtda ajralib chiqqan brom salitsilat natriy bilan bromlanish reaksiyasiga kirishadi. Ortib qolgan brom ustiga 10% KJ dan qo‘shiladi. Bunda ajralib chiqqan iodni Na2S2O3 eritmasi bilan titrlanadi. Indikator xloroform.



3.Dixromatometrik titrlashning mohiyati.

Usulda quyidagi asosiy reaksiya yotadi:



usulda titrant sifatida 0,1n. k2cr2o7 eritmasi ishlatiladi. titrantni aniq tortim bo‘yicha eritmasi tayyorlanadi.




Xosil bo‘lgan eritmani standartlanmaydi, chunki K2Cr2O7 turg‘un va boshlang‘ich moddaga qo‘yilgan talabga javob beradi. Usulda indikatorlar sifatida difenilamin, difenilaminosulfo kislota, fenilantranil kislota va boshqa redoks indikatorlar qo‘llaniladi.

Qo‘llanishi: to‘g‘ri titrlash usulida SO32-, Fe2+, J-, AsO33-, CH3OH askorbin kislotasi va boshqalarni N2SO4 sharoitda, indikator difenilaminosulfo kislota ishtirokida miqdori aniqlanadi.

Masalan: Fe+2 massasini aniqlash.

6FeSO4 + K2Cr2O7 + 7H2SO4 = 3Fe2(SO4)3 + Cr2(SO4)3 + 7H2O + K2SO4

Indikator difenilamin (rangsizdan ko‘k-binafsha rang xosil bo‘ladi)



Usulda ba’zi hollarda oksidlovchilarni xam aniqlash mumkin.

Masalan:

NO3- + 3Fe+2 +4H+ = 3Fe+3 + NO + 2H2O

ort

Fe+2 +K2Cr2O7 + 4H2SO4 = Fe+3 +Cr2(SO4)3 + 4H2O + K2SO4



ortiqcha

Indikator – difenilamino sulfokislota + H3PO4 ishtirokida (yashil rangdan ko‘kka o‘tadi).



Tayanch iboralar

1. Bromatometriya - bromat ionini kislotali sharoitda bromid ioniga qaytarilishiga asoslangan.

2.Dixromatometriya - K2Cr2O7 oksidlovchilik xossasidan foydalanib, qaytaruvchilarni aniqlashga asoslangan.



3. bromometriya- qaytaruvchilarni brom eritmasi bilan ta’sirlashishga asoslangan.

Nazorat savollari

  1. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining yo’nalishiga ta'sir ko’rsatuvchi omillar.

  2. Oksidlovchi sifatida dixromatning permanganatdan afzalligi nimada?

  3. Bromatometriyada ishlatiladigan indikatorlar.

  4. Mahsulotni va qoldiqni titrlash usullarida modda massasini hisoblash formulalari.


Mustaqil yechish uchun masala

  1. Agar 25,00 sm3 xlorli suvning KJ bilan o’zaro ta'siri natijasida ajralib chiqqan yodni titrlash uchun tiosulfatning 0,1100 n eritmasidan 20,10 sm3 sarflangan bo’lsa, xlorli suvning 1dm3 ida necha gramm xlor bor?

  2. 0,0115 g rux sulfidni 10 sm3 4M HNO3 eritmasida eritganda hosil bo’lgan ionlarning muvozanatdagi konsentratsiyalarini hisoblang.

  3. Bromatometriya va bromat-bromid titrlash usullarining farqini tushuntiring.

  4. Nazorat eritmasida As (III) massasini bromatometrik titrlab aniqlashda ish tartibi va reaksiya tenglamasi qanday yoziladi?

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.
23-mavzu: Nitroto va seriymetrik titrlash.
Reja:

1.Nitritometriyaning mohiyati, titranti, indikatori va qo‘llanishi.

2. Seriymetriyaning mohiyati, titranti, indikatori va qo‘llanishi.


  1. Nitritometriyaning mohiyati, titranti, indikatori va qo‘llanishi.

Usul nitrit ionlarini kislotali sharoitda azot (II) oksidigacha qaytarilishiga asoslangan.





Usulning titranti: Usulda titrant sifatida 0,1 N NaNO2 yoki KNO2 eritmasi ishlatiladi. Titrantni kimyoviy toza NaNO2 tuzidan aniq tortim bo‘yicha tayyorlanadi.

N NaNO2 = E NaNO2* N*V NaNO2 / 1000

Zarur bo‘lgan xolatlarda ( toza bo‘lmasa ) NaNO2 eritmasini taxminiy konsentratsiyada tayyorlab, sulfanil kislotasi yoki KMnO4 ning standart eritmasi bilan standartlanadi.

Sulfanil kislotasi bilan standartlash.




Qoldiqni titrlash usulida KMnO4 bo‘yicha standartlash
5NaNO2 + 2KMnO4 + 3N2SO4 = 5NaNO3 + 2MnSO4 +K2SO4+ 3N2O
Yodometrik usulda  
2KMnO4 + 10KJ + 8N2SO4 = 2MnSO4 + 5J2 +6K2SO4+ 8N2O
  I2 + 2Na2S2O3 → 2NaI + Na2S4O6
Indikator kraxmal (ko‘k rangdan → rangsizgacha)
NNaNO2 = NV KMnO4 - NVNa2S2O3 / VNaNO2

Usulning indikatori: Nitritometriyada TON ni aniqlashda ichki va tashqi indikatorlar qo‘llanadi.
a) Tashqi indikator sifatida - kraxmal va kaliy yodid shimdirib, so‘ngra quritilgan yododkraxmal qog‘ozi ishlatiladi.

  krax


2J- + 2NO2- + 4N+ = J2 + 2NO + 2N2O
  ko‘k
b) Ichki indikator sifatida - tropeolin “00” yoki tropeolin “00” ning metilen ko‘ki bilan aralashmasidan iborat redoks indikatorlar qo‘llanadi.

Qo‘llanishi. Usulda kalay (II), mishyak (III), temir (II), kabi qaytaruvchilar bilan bir qatorda tarkibida birlamchi yoki ikkilamchi aromatik aminoguruh, aromatik nitroguruh saqlagan organik birikmalar, hamda farmatsevtik preparatlar anestezin, dikain, levomitsetin, novokain, norsulfazol, paratsetamol, streptotsid, sulgin, sulfadimezin, natriy sulfamil, urotropin, etazol va boshqalar tahlil qilinadi. Masalan: temir (II) ni nitritometrik aniqlash quyidagi reaksiyaga asoslangan

Fe2+ + NO2- + 2N+ = Fe3+ + NO + N2O

 Reaksiyada muvozanatni chapdan o‘ngga tomon siljitish uchun titrlashni EDTA kompleksoni ishtirokida olib boriladi.

Misol 2. Streptotsidni massasini nitritometrik usulda aniqlash.




a = Estr * NV NaNO2 / 1000

Estr = MM



indikator - treopolin «OO» va metilen ko‘ki aralashmasi
( qizil – binafsha rangdan havo ranggacha titrlanadi).

  1. Seriymetriyaning mohiyati, titranti, indikatori va qo‘llanishi.

Usul seriy (IV) ionlarini kislotali sharoitda seriy (III) ionlarigacha qaytarilishiga asoslangan.

Se4+ + e- = Se3+ Eo = 1,44 v E = MM


Usulning titranti . Usulda titrant sifatida 0,1 N seriy (IV) sulfatning kislotali eritmasi ishlatiladi. Titrantni 2 xil usulda tayyorlanadi.

1- usul: 500 sm3 suvga 28 sm3 konsentrik sulfat kislotani aralashtirib unda 40,4 g Ce(SO4)2 ∙ 4N2O eritiladi. Eritma sovutilgach, 1000 sm3 hajmgacha suyultiriladi.

2-usul: 65 g (NH4)4[Ce(SO4)4] ∙ 2N2O 1 mol/dm3 ekvivalent molyar konsentratsiyali sulfat kislotada eritilib 1000 sm3 gacha suyultiriladi.
Tayyorlangan Ce(SO4)2 kislotali eritmasini yodometrik usulda yoki Na2C2O4 bilan standartlanadi.

a) Yodometrik usulda (mahsulotni titrlash usuli)



N Ce(SO4)2 = NVtio / V Ce(SO4)2


indikator – kraxmal (ko‘k rangdan rangsizgacha).

b) 2Se4+ + S2O42- = 2Se3+ + 2SO2


 
N Ce(SO4)2 = NVoks / V Ce(SO4)2
Usulning indikatori: serimetrik titrlash ferroin, orto-fenantrolin, difenilamin kabi redoks indikatorlar ishtirokida olib boriladi.
Qo‘llanishi: usulda ko‘pgina qaytaruvchilar: simob (I), kalay (II), mishyak (III), surma (III), temir (II), yodidlar, nitritlar, tiosulfatlar, vodorod pereoksid, oksalatlar, askorbin kislota, aminlar, aminokislotalar, fenollar, uglevodlar; shuningdek aminazin, tokoferol atsetat (vitamin E), vikasol, kabi farmatsevtik preparatlar aniqlanadi.

Tayanch iboralar

  1. Nitritometriyaning mohiyati - nitrit ionlarini kislotali sharoitda azot (II) oksidigacha qaytarilishiga asoslangan.

  2. Tashqi indikator sifatida - yododkraxmal qog‘ozi ishlatiladi.

  3. Ichki indikator sifatida - tropeolin “00” yoki tropeolin “00” ning metilen ko‘ki bilan aralashmasidan iborat redoks indikatorlar qo‘llanadi.

4.Seriymetriyaning mohiyati - seriy (IV) ionlarini kislotali sharoitda seriy (III) ionlarigacha qaytarilishiga asoslangan.

5. Usulning indikatori - ferroin, orto-fenantrolin, difenilamin



Nazorat savollari

        1. Nitritometriyaning mohiyati nima?

        2. Tashqi va ichki indikatorlarning farqi

        3. Seriymetriyaning mohiyati.

        4. Qanday indikatorlardan foydalaniladi?

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.
24-Mavzu: Titrlashni cho‘ktirish usullari, tasnifi,

indikatorlari. Titrlash egrisi

Reja:

1.CHo‘ktirish usulining mohiyati, reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar, tasnifi.


2.CHo‘ktirish usulida qo‘llaniladigan indikatorlar.

3.CHo‘ktirish usulida titrlash egriligi.




  1. Usulning mohiyati. Titrlashni cho‘ktirish usuli – aniqlanuvchi moddani titrantlar bilan qiyin eriydigan birikmalar hosil qilishiga asoslangan. Usul farmakopeyaga kiritilgan. Masalan:

1. Ag+ + Cl- = AgCl↓

T X


2. Hg22+ + 2J- = Hg2 J2

T X


3. 2[Fe(CN)6]4-+3Zn2++2K+=K2Zn3[Fe(CN)6] 2

T X


CHo‘ktirish usullarida TON indikatorlar yordamida aniqlanadi. Ba’zi hollarda indikatorsiz usul ham qo‘llanadi.

Reaksiyalarga ko‘yiladigan talablar:

1) Aniqlanuvchi modda suvda yaxshi erib, rangsiz eritma hosil qilsin va tarkibida cho‘kma hosil qiluvchi ion saqlagan bo‘lsin.

2) CHo‘ktirish reaksiyasi qat’iy stexiometrik nisbatda borishi kerak. Qo‘shimcha reaksiyalar va birgalashib cho‘kish jarayonlari sodir bo‘lmasin.

3) Reaksiya oxirigacha borishi kerak. Buning uchun

Ks ≤ 10-10 bo‘lishi kerak.

4) CHo‘kma xona xaroratida, tez hosil bo‘lishi kerak.



Usulning tasnifi:

Qo‘llaniladigan titrantni turiga ko‘ra:



  1. Argentometriya - AgNO3

2. Merkurometriya - Hg2(NO3)2

  1. Tiotsianometriya - NH4 NCS

  1. Geksatsianoferratometriya - K4[Fe(CN)6]

  1. Sulfatometriya - H2SO4

  2. Barimetriya - BaCl2

2. CHo‘ktirish usulida qo‘llaniladigan indikatorlar.

Usulda ekvivalent nuqtani aniqlashda quyidagi indikator turlari qo‘llanadi:

  1. CHo‘ktirish

  2. Metalloxrom

  3. Adsorbsion

CHo‘ktirish indikatorlari – EN yoki uning yaqinida titrant bilan rangli cho‘kma hosil qiladi. Masalan Mor usuli - indikator – K2SrO4. Usul CI- ni aniqlashda qo‘llanadi.

E.N. gacha: Ag++Cl-=AgCl↓

TON: 2Ag+ + CrO42- = Ag2CrO4

1 tom qizil-g‘isht

Titrlashni pH = 6,5-10,3 da neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda o‘tkaziladi. CHunki:
Kuchli kislotali (pH<6,5) muhitda kumush xromat cho‘kmasi dixromat-ioni xosil qilib erib ketadi:
  2AgCrO
4 +2N+ = 4Ag++Cr2O72-+H2O
Kuchli ishqoriy (pH>10,3) muhitda kumush tuzlari Ag2O ning jigarrang cho‘kmasini hosil qiladi:
2Ag+
+2ON- = 2AgON↓= Ag2O+H2O
Eritmaning kerakli (pH) muhiti NaHCO
3 qo‘shish bilan ta’minlanadi.

Metalloxrom indikatorlari – EN yaqinida titrant bilan rangli kompleks hosil qiladi. Masalan Folgard usuli- indikator NH4Fe(SO4)2 . Usul Ag+ ni tiotsianatometrik, galogenidlarni argentometrik (qoldiqni titrlash usuli) aniqlashda qo‘llanadi.

EN gacha: Ag++NCS-=AgNCS↓


TON: Fe3++nNCS-=[Fe(NCS)n]3-n

Temir (III) tuzlari gidrolizini oldini olish maqsadida titrlash kislotali (rN≤1) sharoitda olib boriladi, chunki gidroliz mahsulotini qizg‘ish rangi EN ni aniqlashda xalaqit beradi.



Adsorbsion indikatorlar – EN yoki uning yaqinida cho‘kma adsorbsiyalanishi yoki desorbsiyalanishi natijasida o‘z rangini o‘zgartiradi. Bu indikatorlar organik birikmalar bo‘lib, kuchsiz kislota yoki asos xossasini namoyon qiladi. Ularga eozin, fluoressin kiradi.
Bu ikki indikator EN dan keyin, cho‘kma sirtida adsorbsiyalanadi va o‘z rangini quyidagicha o‘zgartiradi:
Fluoressein sarg‘ish-yashil pushti
Eozin sarg‘ish-qizil qizg‘ish – binafsha

Masalan:

Fluoressein Eozin

Fluoressein Cl-, Br- , J-, SCN- larni aniqlashda ishlatiladi. Eozinni esa Br- , J, SCN- larni aniqlashda ishlatiladi.



Adsorbsion indikatorlarni qo‘llanish mexanizmi:

Faraz qilaylik, NaSl eritmasini AgNO3 eritmasi bilan adsorbsion indikatori fluoressein ishtirokida titrlansin. Fluoressein kuchsiz organik kislota bo‘lib, eritmada quyidagicha dissotsiyalanadi.



Titrlash davomida EN gacha:

AgNO3 + NaCl AgCl + NaNO3

Bunda AgCl o‘zining sirtiga eritmadagi titrlanmagan Sl- ionlarini adsorbsiyalaydi. Natijada AgCl ning sirti manfiy zaryadlanib qoladi. Diffuzion qavatda manfiy zaryadlangan cho‘kma sirtiga qarama –qarshi qavat Na+ ionlari joylashadi. Eritma indikator hisobiga sariq rangda bo‘ladi.

Ekvivalent nuqtada Sl- ionlari to‘liq titrlanadi va eritmaga tushgan ortiqcha 1 tomchi Ag+ ionlari AgCl ning sirtiga adsorbsiyalanadi. Natijada AgCl ning sirti musbat zaryadlanib, unga indikatorning anionlari Jnd- adsorbsiyalanadi va eritma qizil – pushti rangga bo‘yaladi.

a) b)

AgCl  nCl-m Na+ AgCl  mAg+]  kJnd-
Adsorbsion indikatorlarni qo‘llash sharoitlari.

1) Reaksiyaga kirishadigan eritmalarning konsentratsiyalari.



  1. pH muhitni ta’siri.

  2. Indikatorlarning adsorbsion qobiliyatini hisobga olish.
    Argentometrik titrlashda rN=7 bo‘lganda AgCl cho‘kmasining sirtiga anionlarni adsorbsiyalanish qobiliyati quyidagi tartibda kamayaboradi:
    J- , CN- > SCN- > Br- > eozin > Cl- fluoressein

Xloridlarni titrlashda eozinni qo‘llab bo‘lmaydi. CHunki eozin fluoresseinga qaraganda kuchli kislota bo‘lib, AgCl ga birinchi bo‘lib adsorbsiyalanadi, Cl- ionlarga qaraganda, natijada E.N. gacha AgCl pushti rangga kiradi. SHuning uchun eozinni Br-, J-, NCS- aniqlashda qo‘llaniladi.

4) Titrlash tezligi



3. CHo‘ktirish usulida titrlash egriligi.

Titrlanuvchi ion konsentratsiyasi ko‘rsatkichining unga qo‘shilayotgan titrant hajmiga bog‘liqlik egriligi cho‘ktirish usulining titrlash egriligi deyiladi. Masalan: 100 ml 0,1N NaCl eritmasini 0,1 N AgNO3 bilan titrlash egri chizigini keltirib chiqaramiz.



1-nuqtada: Titrlash boshida (AgNO3 qo‘shilmasdan avval) Cl- ionlarining konsentratsiyasi NaCl ning umumiy konsentratsiyasiga teng bo‘ladi.

NaCl Na+ + Cl-

[Cl-] = C NaCl = 0,1= 10-1 logarifmlasak:

rSl = -lgC NaCl = -lg10-1 = 1 rSl = 1



2-nuqtada: 0,1 N NaCl ning 100 ml eritmasiga 50 ml AgNO3 eritmasi qo‘shildi (NaCl 50% titrlanmay qoldi).

pCl = -lg(3  10-2) = 2lg10 – lg3 = 1,4 rSl = 1,4



3-nuqtada: 0,1 N AgNO3 eritmasidan 90 ml qo‘shildi (NaCl ni 10% titrlanmay qoldi).

pCl = -lg(5  10-3) = 3lg10 – lg5 = 2,3 pCl = 2,3


4-nuqta: 0,1N NaCl 100 ml eritmasiga 99 ml 0,1N AgNO3 qo‘shildi. (NaCl 1% titrlanmay qoldi.)

pCl = -lg(5  10-4) = 4lg10 – lg5 = 3,3 pCl = 3,3



5-nuqta: 0,1N 100 ml NaCl ga 99,9 ml 0,1N AgNO3 qo‘shildi. (NaCl ni 0,1% titrlanmay qoldi.)

pCl = -lg(5  10-5)=5lg10 – lg5 = 4,3 pCl = 4,3



6-nuqta ekvivalent nuqtada 100 ml 0,1 N NaCl ga 100 ml 0,1 N AgNO3 qo‘shildi. Bunda AgCl ning to‘yingan eritmasi hosil bo‘ldi. Eritmada [Ag+] va [Cl-] konsentratsiyalari tenglashadi.

EKAgCl=[Ag+][Cl-];

[Cl-]=

[Ag+] = [Cl-] = =

pCl = pAg = 5lg10 – lg1,3 = 4,89 ≈ 5 pCl=5

7-nuqta ekvivalent nuqtadan so‘ng 100,1 ml 0,1 N AgNO3 qo‘shildi.

EKAgCl=[Ag+][Cl-]



pCl = 6lg10 - lg1,7 = 5,77 ≈ 6 pCl=6



Demak: ekvivalent nuqtada pCl keskin o‘zgarib sakrama 4 dan 6 gacha kuzatiladi.



Sakramaga ta’sir etuvchi omillar:

1.Titrant va titrlanuvchi moddani konsentratsiyasi

2.Cho‘kmani eruvchanligi (EK)

Titrlash sakramasining qiymati hosil bo‘ladigan cho‘kmalarning EK kiymatiga bog‘liq. EK qiymati kichik bo‘lgan cho‘kmalarda titrlash sakramasi katta bo‘ladi. Masalan:



Ks°(AgGal) ENda rGal ΔrGal sakrama
Ag++Cl-=AgCl↓ 1,78 ∙10-10 4,875 ~ 2
Ag+ +Br-=AgBr↓ 5,3 ∙10-13 6,14 ~ 4
Ag+ +J- =AgJ↓ 8,3 ∙10-17 8,04 ~ 8
 

Tayanch iboralar

1.Titrlashni cho‘ktirish usuli – aniqlanuvchi moddani titrantlar bilan qiyin eriydigan birikmalar hosil qilishiga asoslangan.

2. CHo‘ktirish indikatorlari – EN yoki uning yaqinida titrant bilan rangli cho‘kma hosil qiladi.

3. Metalloxrom indikatorlari – EN yaqinida titrant bilan rangli kompleks hosil qiladi.

4. Adsorbsion indikatorlar – EN yoki uning yaqinida cho‘kma adsorbsiyalanishi yoki desorbsiyalanishi natijasida o‘z rangini o‘zgartiradi.

5. CHo‘ktirish usulida titrlash egriligi -titrlanuvchi ion konsentratsiyasi ko‘rsatkichining unga qo‘shilayotgan titrant hajmiga bog‘liqlik egriligi

6. Sakramaga ta’sir etuvchi omillar:

1.Titrant va titrlanuvchi moddani konsentratsiyasi


2.CHo‘kmani eruvchanligi (EK)

Titrlash sakramasining qiymati hosil bo‘ladigan cho‘kmalarning EK kiymatiga bog‘liq. EK qiymati kichik bo‘lgan cho‘kmalarda titrlash sakramasi katta bo‘ladi.


Nazorat savollari

              1. Cho`ktirish usullarining mohiyati haqida gapiring

              2. Cho`ktirish usulida qo`llaniladigan indikatorlar

              3. Sakramaga qanday omillar ta`sir etadi?

              4. Titrlash egriligi

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.
25-Mavzu: Argentometrik, tiotsianometrik va merkurometrik titrlash

Reja:


  1. Argentometriyani mohiyati, titranti, qo‘llanilishi.

  2. Tiotsianometriyani mohiyati, titranti, qo‘llanilishi.

  3. Merkurometriyani mohiyati, titranti, avzalligi va kamchiligi.

1. Usulning mohiyati. Aniqlanuvchi moddani AgNO3 ning titrlangan eritmasi bilan cho‘ktirishga asoslangan.Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi:

Ag+ + X- Ag X

bu erda X- = Cl-, Br-, J-, CN-, NCS- va boshqalar.

Argentometriyada standart modda – NaCI yoki KCI titrant AgNO3 eritmasi. Qo‘llanadigan indikator turiga ko‘ra argentometrik titrlashni 4 xil turi mavjud:

1.Gey Lyussak usuli – galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan indikatorsiz, bevosita titrlash. TON vizual, ya’ni kumushni to‘liq cho‘kmaga tushishi yakunlangach, oxirgi AgNO3 tomchisidan eritma loyqalanmaydi.

Kamchiligi: Etarli ko‘nikma talab qiladi, bajarish uchun nisbatan qo‘prok vaqt ketadi. Xozirgi kunda kam ishlatiladi.

2. Mor usuli – galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan indikator kaliy xromat ishtirokida bevosita titrlash. Usul Cl-, Br- ni aniqlashda qo‘llaniladi. Lekin bu usul J- va NCS- aniqlashga imkon bermaydi, chunki titrlash vaqtida AgJ va AgNCS cho‘kmalari bilan birgalikda kaliy xromatni birgalashib cho‘kishi sodir bo‘ladi.
3. Fayans usuli - galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan adsorbsion indikatorlar: fluoressein, eozin ishtirokida bevosita titrlash. Usul xloridlar, bromidlar, yodidlar, sianidlar, tiotsianatlarni aniqlashga imkon beradi.
4. Folgard usuli
- NN4NCS yoki KNCS eritmasi bilan indikator NH4Fe(SO4)2 ishtirokida kumush kationlari yoki ular qoldig‘ini titrlash usulidir.
Galogenid – ionlar, SN-, SCN,- S2- ,CO3-2-, CrO42-, C2O42- AsO43- va boshqalarni aniqlashda qo‘llaniladi.

Usulning titranti: Usulda titrant sifatida 0,1N AgNO3 eritmasi ishlatiladi. Kumush nitrat suvli eritmada beqaror bo‘lib, suvdagi organik moddalarni oksidlaydi va yorug‘lik ta’sirida fotokimyoviy parchalanadi. SHuning uchun kumush nitrat eritmasi taqribiy konsentratsiyada tayyorlanadi, so‘ngra indikator – K2CrO4 kaliy xromat ishtirokida natriy xlorid standart eritmasi bilan standartlanadi.

EN gacha: Ag++Cl-=AgCl↓


oq
TON: 2Ag+ + CrO42- = Ag2CrO4
qizil-g‘isht

N = NVNaCI / V AgNO3



Qo‘llanishi: Usulda NaCl, NaBr, KBr, NaJ, KJ, yodning spirtli eritmalari, efedrin xlorid, organik moddalarning galogenli xosilalari – bromizoval, karbromal, bromkamfora kabi farmatsevtik preparatlarni tahlil qilinadi.

Masalan: dioksopirimidin xosilalari – barbituratlar tahlili. Kuchsiz ishqoriy sharoitda (Na2SO3 ishtirokida) preparat saqlovchi eritma kumush nitratning standart eritmasi bilan loyqa hosil bo‘lguncha titrlanadi. (indikatorsiz usul)


birlamchi ikkilamchi


  1. Tiotsianometriya

Usulning mohiyati. Ag+ ionlarini titrant NH4NCS eritmasi bilan cho‘kma hosil bo‘lish reaksiyasiga asoslangan. Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi:

Ag+ + NCS- AgNCS EK AgSCN = 1· 10-12

Titrant – NH4NCS yoki KNCS; indikator NH4Fe(SO4)2.

Usulning titranti: Usulda titrant sifatida 0,1 N NH4NCS yoki KNCS eritmalari ishlatiladi. Titrantni avval taqribiy konsentratsiyada tayyorlanadi va kumush nitrat standart eritmasi bilan Folgard usulida standartlanadi.
EN: Ag+ +NCS- = AgNCS↓
TON: NH4Fe(SO4)2+NH4NCS =[FeNCS]SO4+(NH4)2SO4
1tom pushti
N NH4NCS = NV AgNO3 / V NH4NCS

Titrlashni kislotali sharoitda olib boriladi.


Qo‘llanishi: Usulda kumush saqlagan farmatsevtik preparatlar ( protargol, kollargol, AgNO3 ) va boshqalar taxlil qilinadi. Masalan: AgNO3 tarkibidagi Ag ni massa ulushini aniqlash.(bevosita tiotsianometrik titrlash)
% Ag = E Ag · NVNH4NCS · 100 · W /1000 · a · V alk
SHuningdek, qoldiqni titrlash usulida KVch massasini aniqlash.
KVch +AgNO3 = ↓AgVch +KNO3
AgNO3 + NH4NCS = ↓AgNCS + NH4NO3
qold
NH4Fe(SO4)2+NH4NCS =[FeNCS]SO4+(NH4)2SO4
1tom pushti
a KVch = EKVch · (NVAgNO3 - NVNH4NCS ) / 1000

3. Merkurometriya

Usulning mohiyati: Galogenlarni simob (I) tuzlari bilan cho‘ktirishga asoslangan. Usul asosida quyidagi reaksiya yotadi:
Hg2+2 +2 CI- = ↓ Hg2CI2 EK = 1,3· 10-13
Hg2+2 +2 I- = ↓ Hg2I2 EK = 4,5 ∙10-29
Usulda standart modda NaCI, titrant Hg2(NO3)2 indikator temir (III) tiotsianat komplekslari yoki difenilkarbazon ishlatiladi.

Usulning titranti: Usulda titrant sifatida 0,1N Hg2(NO3)2 eritmasi ishlatiladi. Hg2(NO3)2 standart modda talabiga javob bermaydi. CHunki uning tarkibida Hg (II) mahsulotlari bo‘ladi. SHuning uchun tayyorlangan eritmaga bir oz simob metalli solib, bir sutka saqlanadi.

Bunda simob (II) simob (I)ga qaytariladi.




Tayyorlangan simob (I) nitrat eritmasi indikator ishtirokida natriy xlorid standart eritmasi bilan standartlanadi.

EN gacha: Hg2(NO3)2 + 2NaCl Hg2Cl2 + 2NaNO3

oq

T.O.N: 3Hg2(NO3)2 + 2Fe(NCS)3 3Hg2(NCS)2 + 2Fe(NO3)3



qizil rangsiz

N Hg2(NO3)2 = NVNaCI / V Hg2(NO3)2



Usulning avzalligi:

1. Kuchli kislotali eritmalarni titrlashga imkon beradi.


2. Simob (I) tuzlari kumush tuzlariga nisbatan arzon.
3. Simob (I) tuzlarining eruvchanligi kumush xloridga nisbatan kam bo‘lganligi uchun titrlash egriligida sakrama katta bo‘ladi.
Kamchiligi: simob birikmalari zaxarli bo‘lgani sababli merkurometriyani qo‘llash chegaralangan.

Tayanch iboralar

  1. Argentometriya - aniqlanuvchi moddani AgNO3 ning titrlangan eritmasi bilan cho‘ktirishga asoslangan.

  2. Gey Lyussak usuli – galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan indikatorsiz, bevosita titrlash.

  3. Mor usuli – galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan indikator kaliy xromat ishtirokida bevosita titrlash.

  4. Fayans usuli - galogenlarni kumush nitrat standart eritmasi bilan adsorbsion indikatorlar: fluoressein, eozin ishtirokida bevosita titrlash.

  5. Folgard usuli - NN4NCS yoki KNCS eritmasi bilan indikator NH4Fe(SO4)2 ishtirokida kumush kationlari yoki ular qoldig‘ini titrlash usulidir.

  6. Tiotsianometriya - Ag+ ionlarini titrant NH4NCS eritmasi bilan cho‘kma hosil bo‘lish reaksiyasiga asoslangan.

  7. Merkurometriya - galogenlarni simob (I) tuzlari bilan cho‘ktirishga asoslangan.

Nazorat savollari

1.Argentometriya mohiyati

2.Tiosianometriya mohiyati

3.Merkurometriya

4.Titrant bo`yicha tasnifi

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.
26-Mavzu: Kompleksonometrik titrlash. Merkurimetriya.

Reja:

1.Kompleksimetriyani mohiyati, reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar, tasnifi.


2.Kompleksonlar va ularning taxlilda qo‘llanilishi.
3.Kompleksonometriya.
4. Merkurimetrik titrlash.

1.Kompleksimetriya mohiyati. Reaksiyaga qo‘yilgan talab, tasnifi
Aniqlanuvchi ionni titrant bilan barqaror kompleks birikma hosil qilishi reaksiyasiga asoslangan. Usulda quyidagi reaksiya yotadi:

M+nL=MLn

Usul kompleks hosil qiluvchi metall ionlarini aniklashda ishlatiladi.

T.O.N. vizual (indikatorsiz, indikatorli) va uskunaviy usulda aniqlanadi.

Misol:

1.


2CN- +Ag+ → [Ag(CN)2]-

Т.О.Н [Ag(CN)2]- + Ag+ ↓2AgCN

оқ

2.



Ca2+ + H2Jnd + 2NH4OH  CaJnd+2NH4+ + 2H2O

қизил бинаф


T.O.N CaJnd + [H2Tr]2- + 2NH4OH  [CaTr]2- + Jnd2- + 2NH4+ + 2H2O

qizil binaf. ko‘k

Reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar:

1. Reaksiya qat’iy stexiometrik nisbatda borsin, qo‘shimcha (yonaki) reaksiyalar sodir bo‘lmasin.


2. Reaksiya tez va oxirigacha borsin. Buning uchun hosil bo‘layotgan kompleksning barqarorligi yuqori, β ≥ 108 qiymatga ega bo‘lishi lozim.

3. Hosil bo‘ladigan kompleks suvda eruvchan, barqaror, kam ionlashadigan bo‘lsin.


4.Titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlash imkoni bo‘lsin.

Tasnifi:

1.Merkurimetriya – Ng+2 ning barqaror, suvda eruvchan, kam dissotsiyalanuvchi kompleks birikmalarining hosil bo‘lishiga asoslangan. Titrant - Hg(NO3)2.


2.Sianometriya metallarning SN- ioni bilan kompleks hosil qilishiga asoslangan. (kumush, rux, simob, kobalt, nikel). Titrant - NaCN , KCN.

4. Ftorometriya – metallarning ftoridli komplekslarini hosil bo‘lishiga asoslangan. (alyuminiy, sirkoniy(IV), toriy(IV) ). Titrant - NH4F, NaF.

5. Kompleksonometriya (xelatometriya) – metall ionlarini kompleksonlar bilan kompleks birikmalar hosil qilishiga asoslangan.
Titrant – Trilon «B» (komplekson - III).

2. Kompleksonlar va ularni taxlilda qo‘llanishi .

Kompleksonlar – ko‘p asosli aminokarbon kislotalar va ularning tuzlari bo‘lib, anionlari ko‘p dentatli, xelat birikma hosil qiluvchi, ligand sifatida qator metall kationlari bilan eruvchan, barqaror komplekslar – kompleksonatlar hosil qiladi. 1944 yilda SHvarsenbax tomonidan taxlilga tavsiya etilgan. Usul kompleks hosil qiluvchi metall kationlari miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi. Kompleksonometriya – farmakopeya usuliga kiritilgan.

Kompleksonlarni 4 xil turlari mavjud:


Komplekson I nitril uch sirka k-ta N(CH2COOH)3 4 - dentatli ligand
Komplekson II etilendiamintetrasirka kislota (EDTSK)

(HOOSCH2 )2 N-CH2 –CH2 -N (CH2 COOH)2 6 - dentatli ligand



Komplekson III EDTSK ning di natriylik tuzi (trilon “B “). Na2[H2Tr] * 2H2O



Komplekson IV- diaminsiklogeksantetrasirka kislota

Titrimetrik tahlilda komplekson III eng ko‘p qo‘llanadi, kolgan kompleksonlar titrimetriyada oz ishlatiladi.

Komplekson III ( Na2[H2Tr] * 2H2O) – s2, p, d elementlari bilan barqaror komplekslar hosil qiladi. Me+2, Me+3 ionlari bilan Tr “B” quyidagicha ta’sirlashadi:
Me+2 + [H2Tr]2-  [MTr]2- + 2H+ E = M/2
Me+3 + [H2Tr]2-  [MTr]- + 2H+ E = M/3
Reaksiya to‘liq ohirigacha borishi uchun reaksiya mahsuloti -[N+] ni bog‘lash maqsadida titrlash ammiakli bufer ishtirokida (rN = 8 - 10) olib boriladi. Metallarning trilon “B” bilan hosil qilgan komplekslari (kompleksonatlar) barqarorligiga:

1. Metall ioni tabiati

2. zaryadi

3. elektron konfiguratsiyasi

4. rN muhit

5. harorat

ta’sir ko‘rsatadi.



Download 5.29 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Download 5.29 Mb.