va temperaturaning bir necha marta ko‘tarilishiga olib keladi.
Siklning temperaturasi o ‘zining eng katta qiymatiga eng katta
bosimda emas, balki biroz keyinroq erishadi. Bunga asosiy
sabab shuki, shiddatli yonish jarayoni bosim eng katta qiyma
tiga erishgandan keyin ham davom etadi.
Lekin porshenning
p .c h .n . ga to m o n harakatlanishi va g azlarning kengayishi
natijasida bosim kamayadi.
Yonish jarayonining turli davrlarida olingan fotosuratlar
kamerada yongan va yonmagan aralashmani ajratib turuvchi
— yorugianuvchi chegara (kontur) borligini ko‘rsatadi.
Alanga
k o ‘lami deb nomlangan bu chegara yonish reaksiyalari rivojla-
nayotgan aralashmaning yupqa qatlamidan iborat.
U c h q u n bilan o ‘t oldirilad igan d vigatellarning yonish
jarayonini shartli ravishda uchta fazaga b o ‘lish mumkin:
Birinchi faza — elektr uchquni berilgan paytdan boshlab,
b o sim n in g bird a n k o ‘ta rilish ig a ch a o ‘tgan davr.
Bu faza
yo nish ning b o sh lan g ‘ich fazasi deb ataladi. Birinchi faza
vaqtida, yonuvchi aralashmaning taxm inan 6—8 foizi yonadi.
Ikkinchi — asosiy faza — bosim ning birdan ko ‘tarilish
paytidan boshlab maksimal
p zmM qiymatiga erishguncha o ‘tgan
d a v r. Ik k in c h i faza d a v o m id a y o n u v c h i a r a la s h m a n in g
taxminan 80 foizi yonadi. Bu davrda bosimning tez ko‘tariIishi
kuzatiladi. Yonish ja ra y onining
shiddatliligi deb ataluvchi
kattalik
К tirsakli valning har bir gradus burilishiga t o ‘g‘ri
keladigan bosimning ko‘tarilish tezligi bilan xarakterlanadi.
К = ^ ~ , M P a/grad;
A(p
bu yerda
Ap bosimlar ayirmasi.
U chinchi faza — bosim m aksim um ga erishgan paytdan
yonilg‘ining yonib tugashigacha bo‘lgan davr. Yonish jarayoni
t o ‘g ‘ri uyushtirilgan karburatorli dvigatellarda uchinchi faza-
ning davom etish davri katta emas
va kengayish jarayonining
o ‘rtalarida tugaydi. Uchqun bilan o ‘t oldiriladigan dvigatel
larda yonish jarayoni shiddatliligining o ‘rtacha qiymati
К =
1... 2 bar/grad = 0,1... 0,2 M P a/grad ga teng.