Я с * -------
K M Masalan, sharbatning
86 % yaxshi sifatliligi shuni anglatadiki,
bunday sharbat quruq moddasining
100 ta qismida
86 qism sof
saxaroza va 14 qism qand boimagan moddalar boladi. Sof saxaroza
tarkibi quruq moddalar tarkibiga teng bo'lgan (Sx=QM) sof saxaroza
eritmasi 100 yaxshi sifatga ega. Sharbatda qand bo'lmagan moddalar
qancha ko‘p bo'lsa, uning sifati shuncha past bo'ladi. Sharbatning
qand lavlagining o'sishi va saqlanishi shart-sharoitlariga bog'liq
bo'lgan sifat ko‘rsatkichi 80 bilan 90% o'rtasida o'zgarib turadi.
Lavlagi sifati, shuningdek, undagi kul (anorganik noqandlar) tarkibi
bilan ham tavsiflanadi. Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, lavlagida qancha
qand ko‘p bo'lsa, unda mineral moddalar (kul) shuncha kam bo'ladi.
Kul - shinnida qand yo'qolishining asosiy sabablaridan biridir.
Bir qism kul hisobiga qandning besh qismi yo'qoladi. Zavodlarda
qand tarkibini aniqlash uchun bir soatda 48 ta namuna oladigan
unumdorlikka ega avtomatik tizimlar o'rnatilgan. Bu lavlagini qabul
qilish hujjatlarida turkumning qandliligini darhol ko'rsatish imkonini
beradi.
Jihoz va materiallar: shtangensirkul, chizg'ich, torozi, ildizmeva
namunalari, refraktometr, areometr, kalkulyator.
0 ‘zlashtirish uchun savollar 1. Qand lavlagi ildizmevalariga qanday talab qo'yiladi?
2. Qand lavlagi tarkibidagi qand qanday aniqlanadi?
3. Qand lavlagi tarkibidagi kul nimani bildiradi, uning
ahamiyati?
.)
4. Kul miqdori ortib ketsa, qand miqdoriga qahday ta’sir
ko‘rsatadi
49-ish. Ildizmevalilar uyumining ba’zi sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash Darsning maqsadi: talabalami ildizmevalaming muayyan sifat
ko‘rsatkichlarini aniqlashga o'rgatish.