Dondagi ortiqcha suv nafas olish jarayonini tezlashtirib, uyumda
mikroorganizmlar hamda ombor zararkunandalarining rivojlanishiga
imkon yaratadi. Don quyi harorat ta’sirida mumkin qadar o ‘zining
unishini yo'qotadi va ekish uchun yaroqsiz b o ‘lib qoladi.
Donda ortiqcha (15,5-16 foizdan yuqori) narnlik qayta ishlashda
ham birikadi. Bunday don yomon yanchiladi, shuningdek bunda tegir-
monning unumdorligi pasayadi. Donning saqlashga chidamliligi, uni
standart talablariga javob berishini belgilaydigan don namligining 4
holati m a’lum: quruq, yarim quruq, nam va ho‘l.
Bug‘doy, javdar, arpa, grechixa va sholi quyidagi ko'rsatkichlar
bilan ta’riflanadi: quruq - namlik 14 foizgacha, о‘rtacha quruq - 14-
15,5 foizgacha, nam - 15,5 foizdan 17 foizgacha va h o ‘l - 17 foiz-dan
ortiq. Don namligini aniqlash usullarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
to‘g ‘ri va boshqa yo‘l bilan. Birinchi guruhga maxsus uskunalarda
oldindan suv siqib chiqarilgandan keyin uni hajmini o ‘lchash y o ‘li
bilan dondagi suv miqdori aniqlanadi. Shuningdek don namligini
aniqlaydigan boshqacha tartibdagi quyidagi usullar keng tarqalgan:
1. Butun yoki maydalangan don (quruq qolaig'i bo‘yicha)
namunalarni quritish bilan suv miqdorini aniqlash.
2. Donning elektr o‘tkazuvchanIigin va dielektrik o ‘tkirligiga
qarab namligini aniqlash.
Quritish usulida namlikni aniqlash uchun don namunalarini
quritishda quritgich javonlarining turli sistemalari (SESh-1, SESh- 2,
SESh-3 va boshqa) qo‘llaniladi. Elektr o ‘tkazuvchanligiga qarab
namlikni
hozirgi
davrda keng
qo‘llanilayotgan
elektr nam
o ‘lchagichlarida amalga oshirilmoqda.