qisman oqboshoqlikka va chala rivojlanishiga olib keladi. Donning
yetilish davrida katta yoshli burgalar, ayniqsa
ulaming lichinkalari
boshoqga sirg‘alib chiqib, don mag‘zi bilan oziqlanadi.
Donning tashqi qiyofasining o'zgarishi burgalarni qaysi yetilish
fazasida shikast yetkazishiga bog'liq. Donni dumbul yetilishi
gacha
shikastlantirilsa u mayda, burishgan va rangsizligicha qoladi. Dumbul
yetilishi fazasida don shikastlanishida kamroq o'zgaracli: don
po‘stidagi sanchilgan joyning o £rtasida qora nuqtali och rangli dog1,
ba’zida don sathida shunday dog‘ paydo bo‘lib, uning chegarasida
shakli buzilgan yoki burishgan, ammo sanchilish izlarisiz bo'ladi. Don
qiyofasi yana ham kam darajada shikastlanishi to‘liq yetilish davrida
kuzatiladi.
Donlami burgalar tomonidan shikastlanishi
natijasida ulaming
mutlaq (absolyut) og‘irligi, unishi va non yopilish sifatlari
yomonlashadi.
35-rasm.
Don bmrga-toshbaqacfaalari:
1-zararli burga-toshbaqacha; 2-mavr burgasi; 3-avstriya burgasi;
4-tuxumining rivojlanishi; 5-turli yoshdagi lichinkalari.
Dast bo£yicha tashqi qiyofasiga qarab, burga-toshbaqachalar bilan
donlar shikastlanishini uch belgiga bo‘hnadi.
1.Don ustida sanchilgan joyda, markazida qora nuqtali aniq
chiziqda dumaloq yoki notekis shaklli och rangli dog‘ paydo bo‘ladi;
2. Don ustida xuddi shunday dog‘ paydo bo‘lib, uning oralig‘ida
ezilgan yoki burishgan, ammo san chili sh izlari bolm aydi;
3.
Don yuzida murtak oldidagi sanchilish izlarisiz shunday dog‘
pay do boladi.
Shikastlanishning barcha hollarida ham don konsistensiyasi och
rangli dog‘ ostida bo‘sh va unli boladi. Izlanishlarda kuzatilishicha,
sanchish joylarida endosperm to ‘qimalarida
hujayralar tuzilishi
buziladi, kraxmal donlari esa shaklini yo ‘qotgan boladi. Donni
toshbaqacha-burgalar tomonidan chaqilishi natijasida uning tarkibi,
undagi oqsil va uglevodlar xususiyati o'zgaradi Oqsil moddalar
zararkunandalar
solagidagi
proteolitik
ferment! ar
yordamida
polipeptidlarga parchalanadi, amilaza kraxmalni gidrolizlaydi. Buning
natijasida don to'plamining tarkibida garchi shikastlangan donlar 2-
3% dan oshmasa ham, uning non yopilish
xususiyatlari keskiri
yomonlashadi.
Burgalar bilan shikastlangan don yomon yoki xamirda tezda
suyuhb ketadigan kleykovinaga ega b olad i. Bunday undan tayyor
langan non oz chiqish hajmi va kam g'ovaklikka ega boladi; shaklsiz
yopiladigan non bo‘shashib ketaveradi. Shuning uchun unga qayta
ishlashga m oljallangan bug‘doy
donida toshbaqacha-burgalar
tomonidan shikastlanishni aniqlash majburiy tarzda amalga oshiriladi.
Shikastlangan donlar mikdorini
aniqlash uchun bolgich yoki
q o ld a 50 gr don ajratiladi, aralashmalar olib tashlanadi va undan 10
gr butun, soglom donlardan namuna ajratiladi. Ushbu namuna
tekshirish taxtasiga joylanadi va donlarni yelka, yon va ariqchalari
ko‘zdan kechiriladi. Shikastlanganiari ajratib texnik torozilarda 0,01
aniqlikda tortiladi va topilgan og'irlikni namxma og'irligiga foizda
ifodalanadi. Aniqlash ikki parallel namunalarda olib boriladi. Ular
o'rtasida ruxsat etiladigan farq, shikastlangan donlar 5% gacha bo lsa,
0,5% va shikastlangan donlar 5 dan 25% gacha b o ls a 1% gacha
ruxsat etiladi. Toshbaqacha-burgalar tomonidan shikastlangan donlar
mavjudligini aniqlash natijalari don sifati hujjatlarida 0,1%
aniqlikkacha qo‘yiladi.
Donlarni toshbaqacha-burgalar bilan shikastlanishini sariq bochka
deb ataladigan hollar bilan adashtirmaslik kerak, chunki donlardagi
sariq doglarda qora nuqta, ezilish va burishganlik yo‘q. Bunday
donlar shikastlanmagan hisoblanadi.
Jihoz va m ateriallar: pinsedar,
tekshirish taxtalaii, turli toshU
texnik torozilar, 4-4,5 kattalikdagi lupa, toshbaqacha-burgalar bilan
shikastlangan donlar kolleksiyasi.