Samarqand dalat universiteti fizika fakulteti nazariy fizika va




Download 1,07 Mb.
bet16/34
Sana17.01.2024
Hajmi1,07 Mb.
#139278
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
(UzBooksbot) nazariy mexanika

Nazorat savollari



    1. Zarralarning o’z-o’zidan parchalanishi haqida ayting

    2. Zarralarning sochilishi tushunterib bering.

    3. Zarralarning o’z-o’zidan parchalanganda energiya qanday bo’ladi.

    4. Zarralarning sochilishida energiya qanday bo’ladi

  1. ma’ruza: ZARRALARNING TO’QNASHUVI



REJA

    • Laboratoriya va inersiya markazi sistemalari tushunchasi.

    • Zarralarning elastik to’qnashuvi.



TAYANCH SO’Z VA IBORALAR: elastik va noelastik to’qnashuvlar, yadro kuchlari, yadro reaksiyalari, impulsning saqlanish qonuni, nisbiy tezligi, energiyaning saqlanish qonunlari, keltirilgan massa, sochilish burchaklari, to’qnashuvdan keyingi tezliklari


Modda zarralari orasidagi o’zaro ta’sir kuchlarining tabiatini aniqlash muammosi ham “ikki jism masalasi” yordamida hal etilishi mumkin. Amalda zarralardan biri ma’lum usul bilan tezlashtirilib, ikkinchisining yaqinidan uchib o’tishga majbur etiladi va ularning o’zaro ta’siri o’rganiladi. Zarralarning yaqinlashuvi va uzoqlashuvi davomidagi o’zaro ta’sirlashish jarayoni zarralarning to’qnashuvi deb yuritiladi. Zarralarning to’qnashuvlari ikki tipga – elastik va noelastik to’qnashuvlarga bo’lib o’rganiladi. Agar to’qnashish jarayonida zarralarning kinetik energiyalari o’zgarmasa, bunday to’qnashuv elastik, o’zgarsa – noelastik to’qnashuv deyiladi. Boshqacha qilib aytganda zarralar ichki holatining o’zgarishisiz sodir bo’luvchi to’qnashuvlar, elastik to’qnashuvlar deb ataladi. Shuning uchun bunday to’qnashuvlarga energiyaning saqlanish qonunini qo’llaganda zarralar ichki energiyasini inobatga olmaslik mumkin. Xususan, elektronning atom bilan noelastik to’qnashuvi jarayonida elektron kinetik energiyasining bir qismi atomga beriladi, natijada u bir energetik holatdan ikkinchisiga o’tib, qo’zg’alishga uchraydi. Ayrim noelastik to’qnashuvlarda, hatto to’qnashuvchi zarralarning o’zlari ham o’zgaradi, bunday jarayonlar yadro reaksiyalari deb yuritiladi va u yadro fizikasi va elementar zarrachalar fizikasida batafsil o’rganiladi. Zarralarning to’qnashuvi haqidagi masalalar turli agregat holatdagi moddalarning ichki tuzilishini tekshirishda, atom va molekulalarning strukturasini o’rganishda, nihoyat, yadro kuchlarining va elementar zarrachalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlarining tabiatini aniqlashda muhim rol’ o’ynaydi. Odatda, zarralarning to’qnashuvi haqidagi masala ikki xil metod orqali o’rganiladi: birinchi metodda zarralarning to’qnashishidan va o’zaro ta’sirlashishidan ancha
oldingi t   vaqt momentidagi tezliklarini bilgan holda, ularning
to’qnashishdan ancha keyingi, bir-biridan yetarli uzoqlashib, yana o’zaro
ta’sirlashmay qo’ygan t   vaqt momentidagi tezliklari aniqlanadi. Bunda

masala zarralarning
U (r)
o’zaro ta’sirlashish qonunini mutlaqo bilmagan holda,

faqat energiya va impul’sning saqlanish qonunlarini orqali hal etiladi. Ikkinchi

metodda esa, aniq
U (r)
o’zaro ta’sirlashish qonunini bilgan holda zarralarning

o’zaro ta’sirlashish jarayoni batafsil tekshiriladi. Bunda bu masala zarralarning sochilishi yoki tutilishi haqidagi masala deb ham yuritiladi. Zarralarning elastik to’qnashuvini birinchi metod bilan o’rganamiz.
To’qnashuv jarayonlarini ikki zarra inersiya markazi tinch turgan ya’ni M tizimda qarash eng sodda ko’rinashga ega. Avvalgidek, bu tizimda bizni

qiziqtiruvchi kattaliklarni nol indeksi bilan belgilaymiz. Bu tizimdagi zarralar

tezliklari v1
va v2
ularning L tizimdagi tezliklari orqali quyidagicha ifodalanadi:

v10
m2 v, m1 m2
v20
  m1 v, m1 m2

bu yerda

Download 1,07 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Download 1,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand dalat universiteti fizika fakulteti nazariy fizika va

Download 1,07 Mb.