• Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi
  • Ekspert-auditor quyidagi talablarga javob berishi lozim
  • Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/44
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.94 Mb.
    #58859
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
    Bog'liq
    572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
    2.4.
     
    Ekspert auditorlar tayyorlash va ularga 
    qo‘yilgan talablar
    Sertifikatlashtirish­ bilan­ bog‘liq­ bo‘lgan­ faoliyatda­ faol­
    qatnashuvchi shaxs – bu ekspert-auditordir. U, odatda, sifat 
    tizimlarini,­ishlab­chiqarishni­va­mahsulotni­sertifikatlashtirishda,­
    sinov laboratoriyalarini akkreditlashda va boshqa ishlarda 
    qatnashishi mumkin.
    Ekspert-auditor­deb,­sertifikatlashtirish­sohasida­muassasa­va­
    korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega 
    bo‘lgan attestatlangan shaxsga aytiladi.


    46
    Ekspert-auditor sifatida «O‘zstandart» tomonidan belgilangan 
    tartibda attestatlangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar 
    va boshqa tashkilotlarning vakillari hamda belgilangan hujjatlar 
    bilan ishlashda yetarli chuqur bilimga ega bo‘lgan xususiy shaxs 
    ham bo‘lishi mumkin.
    Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi:
    mahsulot, jarayon, xizmatlarni, sifat tizimlarini va ishlab 
    chiqarishni­sertifikatlashtirish;
    –­ sertifikatlashtirilgan­ mahsulot,­ jarayon­ va­ xizmatlarning­
    tavsiflarini­hamda­sertifikatlashtirilgan­sifat­tizimlarini­va­ishlab­
    chiqarishning turg‘unligini nazorat qilish;
    –­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ akkreditlash­ idoralari,­ sinov­
    laboratoriyalarini (markazlarini) va ularning faoliyatini nazorat 
    qilish;
    –­ sertifikatlashtirishda­tavsiyalar­berish.
    Ekspert­auditor­ o‘z­ faoliyatini­ sertifikatlashtirish­ milliy­
    idorasi,­ bir­ turdagi­ mahsulotni­ sertifikatlashtirish­ idoralari,­ sifat­
    tizimlarini­ va­ ishlab­ chiqarishni­ sertifikatlashtirish­ doirasida­
    amalga oshiradi.
    Ekspert-auditor quyidagi talablarga javob berishi lozim:
    –­ to‘liq­oliy­ma’lumotli­va­sertifikatlashtirish­sohasida­yetarli­
    bilimga­ ega­ bo‘lib,­ faoliyati­ sertifikatlashtirishning­ ma’lum­ turi­
    bo‘yicha attestatlangan bo‘lishi kerak;
    – oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik 
    amaliy stajga ega bo‘lishi, shundan kamida 3 yil standart-
    lashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni boshqarish va ta’minlash 
    sohalarida ishlagan bo‘lishi kerak.
    Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. 
    U quyidagi sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan 
    bo‘lishi shart:
    –­ respublika­ sertifikatlashtirish­ milliy­ tizimining­ qoida­ va­
    tartiblari;


    47
    –­ sertifikatlashtirish­ o‘tkazish­ bo‘yicha­ bilimlar­ va­ me’yoriy­
    hujjatlarni tushunish;
    –­ sertifikatlashtirish­ va­ akkreditlash­ bo‘yicha­ asosiy­ ishlar­
    mazmuni;
    –­ sertifikatlashtirish­ va­ akkreditlash­ bo‘yicha­ iqtisodiy­ va­
    huquqiy asoslar;
    –­ mamlakat­ ichidagi­ va­ chet­ ellardagi­ sertifikatlashtirish­ va­
    akkreditlash tajribasi;
    – standartlashtirish, metrologiya va sifat tizimlarining 
    asoslari;
    – tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishning statistik 
    usullari.
    Ekspert-auditor tahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‘zining 
    fikrini­ qattiq­ va­ asoslangan­ holda­ himoya­ qilish;­ ijodiy­
    qobiliyatga va murakkab vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish 
    xususiyatlariga ega bo‘lishi; haqqoniy, mas’uliyatli, prinsipial 
    ravishda xayrixoh, xushmuomala, odobli va o‘zini tuta bilish 
    kabi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Ekspert-auditor 
    tekshirilayotgan obyektning xodimlari bilan aloqada bo‘lish 
    va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’lumot uchun har 
    qanday­ qo‘shimcha­ ma’lumotlar­ talab­ qilish­ (sertifikatlashtirish­
    maqsadlari uchun); tizimda amaldagi me’yoriy-uslubiy huj-
    jat­larni­ takomillashtirish­ bo‘yicha­ o‘z­ taklifini­ berish;­ sertifi­
    katlashtiriluvchi mahsulot, jarayon, xizmatlar, sifat tizimi 
    va ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarni tuzatish yuzasidan o‘z 
    mulohazalarini kiritish huquqiga egadir.
    Korxonalarda­ sertifikatlashtirish­ sohasidagi­ ishlarni­ inobatga­
    olib,­ sertifikatlashtirish­ milliy­ idorasi­ «O‘zstandart»­ tomonidan­
    ekspert-auditorlar tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib, 
    bu sohadagi o‘qishning tashkiliy tomonlari O‘zSMSITIning 
    asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarni 
    tayyorlash, odatda, ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilim-


    48
    larni olish va attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy 
    hujjatlar topshirish.
    Maxsus kurs tinglovchilarining nazariy bilimlarini «O‘zstandart» 
    agentligi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya baho laydi. Baho-
    lanish­ natijalari­ yetarli­ darajada­bo‘lsa,­ ularga­sertifikatlashtirish­
    milliy tizimining ekspert-auditori degan guvohnomasi beriladi 
    (agar attestatlashdan o‘tmasa rad etiladi).
    Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha 
    muayyan burch va mas’uliyatlarga egadirlar.

    Download 0.94 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari

    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish