• Ekspert-auditorlar tayyorlash
  • Sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/44
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.94 Mb.
    #58859
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
    Bog'liq
    572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
    Sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha 
    ekspert-auditor uchun tavsiya etiladigan talablar
    Sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha ekspert-auditor 
    quyidagi masalalar bo‘yicha bilimlarni puxta egallagan bo‘lishi 
    kerak:
    – sinaluvchi mahsulotning xossalari, ularning konstruk-
    siyalari, texnologiyasi, ishlab chiqarilishi, birikma va materiallar 
    tarkibi;
    – aniq sinovlar va ularning xillari;
    – ishlanma, attestatlash, sinov va o‘lchash uslublarini qo‘l-
    lash;
    – sinov va o‘lchash uskunalari, uning ishlatish va texnikaviy 
    xizmati, attestatlash, o‘lchash usullari;
    – sinovlarning metrologik ta’minlanishi, qo‘llaniladigan o‘l-
    chash vositalarni qiyoslash (kalibrlash);
    – sinov va o‘lchash natijalarini qayta ishlash, ularning aniqlik 
    va ishonchliligini baholash usullari hamda olingan natijalarni 
    tahlil qilish;
    – mustahkamlikka, sifat darajasiga bo‘ladigan talablarni 
    aniqlash usullari, sifatning statistik nazorati, sifatni, mustah-
    kamlikni­baholash­usullari,­ishlatilishidagi­tavsiflari,­rad­etish­va­
    shikastlanganligining tahlili;
    – sinov laboratoriyasining malakali xodimlariga nisbatan 
    talablar;


    51
    – sinov natijalarini rasmiylashtirish qoidalari;
    – sinov laboratoriyasining xonalariga va undagi sharoitlarga 
    talablar;
    – chet ellardagi o‘xshash sinovlarning darajasi.
    Ekspert-auditorlar tayyorlash
    Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida sifatli mahsulotlar yetkazib 
    berish, ularning tashqi bozordagi xaridorbopligini oshirishda 
    ekspert-auditorlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
    Sertifikatlashtirish­ faoliyatiga­ qadam­ qo‘yayotgan­ korxonalar­
    jamoalari­ichida­sertifikatlashtirish­faoliyatida­ishlay­oladigan,­o‘z­
    kasbini sevadigan xodimlar talaygina topiladi. Lekin bu sohada 
    ularni o‘qitish ma’lum bir o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Yuqorida 
    aytilgan talablarga javob beradigan xodimlarni tanlab olish, 
    ularni­ sertifikatlashtirish­ va­ laboratoriyani­ akkreditlash­ ishlariga­
    tayyorlash katta mas’uliyat talab qiladi.
    Korxonalarda­ sertifikatlashtirish­ sohasidagi­ ishlarni­ inobatga­
    olib,­ sertifikatlashtirish­ milliy­ idorasi­ «O‘zdavstandart»­ tomo­
    nidan ekspert-auditorlar tayyorlash maxsus kurslari tashkil 
    etilib, bu sohadagi o‘qishning tashkiliy tomonlari O‘zTMTIning 
    asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarni 
    tay yorlash, odatda, ikki bosqichda olib boriladi: nazariy 
    bilimlarni olish va attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy 
    hujjatlar topshirish.
    Nazariy bilimlarni olishda malakali o‘qituvchilar xalqaro 
    sertifikatlashtirish­ sohasidagi­ ma’lumotlar­ bilan,­ sertifikatlash­
    tirishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan 
    ma’lumotlar­ bilan­ sertifikatlashtirishda­ qatnashuvchi­ tomonlar­
    va ularning vazifalari hamda burchlari bilan, laboratoriyalarni 
    akkreditlashga­ bog‘liq­ bilimlar­ bilan,­ sertifikatlashtirish­ fao­
    liya­tida­ metrologik­ ta’minot­ ma’lumotlari­ bilan,­ sertifikat­lash­
    tirishning huquqiy me’yorlari va ularga rioya qilishlikdagi 


    52
    ma’lumotlar bilan, mahsulot sifatini yaxshilash va unga ta’sir 
    ko‘rsatuvchi­omillar­bilan­keng­va­har­taraflama­tanishtiradi.
    Talabalarning nazariy bilimlarini «O‘zdavstandart» tomonidan 
    tuzilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari 
    yetarli­darajada­bo‘lsa,­ularga­sertifikatlashtirish­milliy­tizimining­
    ekspert-auditori degan guvohnomasi beriladi (agar attestatlashdan 
    o‘tmasa rad etiladi).
    Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha 
    muayyan burch va mas’uliyatlarga egadirlar.
    Ekspert-auditorlar tekshiruv rejasi belgilangan doirada faoliyat 
    yuritmoqlik; xolislik va tekshiruv natijalarini haqqoniy baholash; 
    tekshirishga kerakli hujjatlarning ketma-ketligini va saqlanishini 
    ta’minlash hamda boshqa shu kabi burchlarga egadirlar.
    Ekspert-auditorlar o‘z burchlarini vijdonan bajarmasligi
    xizmat vazifalarni suiiste’mol qilish, shaxsiy manfaati yo‘lida 
    foydalanish, so‘rovchini kamsitish yoki uning tijorat sirlarini 
    ochib tashlash kabi xatti-harakatlari uchun qonun oldida 
    javobgardirlar.
    Ekspert-auditor faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan rasmiy hujjatlar 
    ilovalarda keltirilgan.

    Download 0.94 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha

    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish