|
Talabalar mustaqil bilim olishininng tashkiliy va o‘quv-uslibiy ta’minotini o‘rganish
|
bet | 11/11 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 317,34 Kb. | | #149065 |
Bog'liq II semestr ILMIY PEDAGOGIK ISHITalabalar mustaqil bilim olishininng tashkiliy va o‘quv-uslibiy ta’minotini o‘rganish
O‘quv-uslubiy ta’minot bo‘limi akademik faoliyatni tashkil etish, o‘quv reja, fan dasturlarini yaratish va rivojlantirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, milliy ta’lim tizimining chet el ta’lim tizimiga integrasiyasini ta’minlash hamda ta’lim jarayoninining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha me’yorlarni ishlab chiqish jarayonlarini amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi.
Universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlanishini me’yor talabalariga yetkazishga erishildi. Bo‘lim tomonidan o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga joriy etish ishlari maxsus rejaga asosan muvofiqlashtirib borilmoqda. O‘quv fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualar yaratilib, ularning elektron variantlari har bir talabaga tarqatilayapti.
Xulosa
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki semestr davomida men koʻp narsalarni oʻrgandim. Avvalo oʻqituvchi dars davomida talabalarning diqqat e’tiborini oʻziga qarata bilishi, ular bilan do’stona muhit tashkil qila olishi lozim ekan. Oʻrganib chiqqan bilimlar va olgan tajribalarimdan shuni bildimki semestr davomida oʻrganishim kerak bo‘ladigan metodlar, bilimlar talaygina ekan, shunga qaramay men oʻzimga juda talabchanligimni hisobga olib yuqoridagilarni chuqurroq oʻrganib chiqishga qaror qildim. Oʻrgangan bilimlarim kelajakda yoshlarga ilm berishimda hamda vatanimizga kerakli kadrlar yetkazib berishda as qotadi deb umid qilaman va qolgan semestrlarda bilim koʻnikma va tajribalarni yanada chuqurroq oʻrganishga harakat qilaman.
Ilmiy pedagogik rahbar:
Kafedra mudiri: PhD, dots. O.R.Yusupov
|
| |