• Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘rganish
  • Seminarlarda pedagoglarning faolligini oshirish uchun nimalarga ko‘proq e’tibor berish lozim?




    Download 317,34 Kb.
    bet6/11
    Sana31.01.2024
    Hajmi317,34 Kb.
    #149065
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    II semestr ILMIY PEDAGOGIK ISHI

    Seminarlarda pedagoglarning faolligini oshirish uchun nimalarga ko‘proq e’tibor berish lozim?
    Mazkur masala, ayniqsa, bugungi, texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda alohida ahamiyat kasb etadi. Quyida biz ta’lim muassasasida metodik tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish jarayonida pedagoglar faolligini oshirishning ayrim metodlarini keltirib o‘tamiz.
    Eng yaxshi pedagoglarga o‘quvchilar bilan ishlash amaliyotidan konkret holatni tavsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Pedagog xohlagan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilishni bilishi lozim. Mazkur metod taklif etilgan qator holatlarni chuqur tahlil etib, asoslangan qaror qabul qilish imkonini beradi. Bu esa, o‘z o‘rnida, taklif etilgan holatni har tomonlama va chuqur tahlil qilishni, taqqoslashni hamda qabul qilingan qarorni asoslashni talab etadi.
    Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘rganish
    Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda yashay oladigan yoshlarni tayyorlash uchun asosiy vazifasini muayyan miqdordagi bilimlarni berishdan iborat deb hisoblaydigan an’anaviy ta’lim yo‘sini mutlaqo yetarli emas. Chunki ilm-fan va texnika shu darajada rivojlandiki, endi odam biror fandagi eng asosiy tushunchalarni ham xotirasida saqlab qola olmaydi. Buning ustiga, tinimsiz o‘zgarishlardan iborat bo‘lib qolgan hayotga mustaqil qadam qo‘yayotgan yoshlar ana shunday o‘zgarishlarga ham intellektual, ham ma’naviy jihatdan tayyor bo‘lmasa, raqobatlar kurashidan iborat dunyoda o‘z o‘rnini topolmasligi mumkin. Hozirgi kunda ta’lim tizimida boy tajribalar yig‘ilgan. Chunonchi, ishbilarmonlik o‘yinlari, kompyuterli o‘qitish, individuallashtirilgan o‘qitish, insonparvarlik, hamkorlik, shaxsni erkin tarbiyalash va h.zo.
    Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me’yoriy hujjatlar, o‘quvmetodik adabiyotlar, o‘quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha sohaga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan farmon va qarorlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017- 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ2707-sonli, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ3261-son qarorlari, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2017-yil 30-sentyabrdagi PF-5198 sonli Farmoyishi shular jumlasidandir.
    Ta’lim samaradorligini oshirish, eng avvalo, tarbiyachining pedagogik mahorati hamda uning ta’lim jarayoniga nisbatan yondashuvi muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda tarbiyachilarning pedagogik mahorati darajasi har bir mashg‘ulot hamda o‘rganilayotgan mavzuning tarbiyalanuvchilarga yetkazib berish jarayoniga nisbatan ijodiy, texnologik yondashuvni taqozo etmoqda. Texnologik yondashuv negizida namoyon bo‘luvchi holatlarning asosiysi – bu dars jarayonining muayyan loyiha asosida tashkil etilishi sanaladi.
    Hozirgi kunda ta’limni rivojlantirish unda sifat darajasini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalarni qo‘llanilishi keng tarqalgan metodik qo‘llanmalardan biriga aylandi. Bugungi kunda innovatsion texnologiyalarni talimda kiritilishi ta’lim jarayonini osonlashtirdi desak adashmaymiz. Mustaqilligimizdan so‘ng “kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan ta’lim sifatiga e’tibor yanada kuchaydi. Unda o‘qituvchi bilim malakalarini oshirish o‘quvchilar, talabalar bilan ishlashda yetarlicha bilim va malakalarga ega bo‘lish uchun alohida kurslar tashkil qilindi. Ushbu kurslar asosan ta’limda innovatsion qurilmalar ya’ni kompyuter imitatsion modellarni dars jarayonlarida foydalanash hamda zamonaviy texnologik qurilmalardan keng qo‘llamda ishlatilish imkoniyatlarini berdi. So‘nggi yillarda xorijiy tillarni o‘qitishda yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash savol miqiyosida ko‘tarildi. Chet tili o‘qitish asosiy maqsadi chet tilida amaliy mahoratini o‘rganish, talabalar kommunikativ madaniyat shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi. Xorijiy tilda so‘z o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu faqat so‘zni eslash va to‘g‘ri talaffuz qilish bilan birga qayerda va qanday qo‘llashni bilish kerakligi haqida ham fikr yuritiladi. Yangi texnologiyalar amaliyotga faol va mustaqil ravishda xorijiy so‘zlarni o‘rganishda talabalar uchun ko‘plab resurslarni yaratdi. Xususan chet tilini o‘rganishda oldin lingafon xonalardan foydalanilgan bo‘lsa, hozirgi paytda uning o‘rniga kompyuter laboratoriyalar faoliyat ko‘rsatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabr PQ-1875 sonli “”Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida “ Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va buning negizida ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida”belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida chet tillarni o‘qitishning zamonaviy, texnologiyalarini, usullarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish masalalari dolzarb bo‘lib turibdi. Akademik litseylarning oliy ta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgani ta’lim samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etayotir. Litseylar universitet va institutlar bilan o‘quv-uslubiy, tashkiliy masalalarda uzviy bog‘langan. O‘quv dasturlarining tabaqalashtirilgan variantlarini ishlab chiqish, zamonaviy ilg‘or va innovatsion texnologiyalarga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualar yaratish va ekspertizadan o‘tkazishda oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tajribasidan keng foydalanilmoqda. O‘quv jarayoniga texnologiyani kiritishga urinishlar o‘tgan asr davomida to‘xtovsiz bo‘lgan. O‘tgan asrning 50-yillarigacha ular bir texnik muhit –ananali ta’limning avtomatlashtirilgan vositalar jamlamasini yaratishga qaratilgan. 50-yillarda esa aynan o‘quv jarayonini tashkil etishda yangicha texnologik yondashish paydo bo‘ldi. Birinchi yo‘nalish ham yangi informatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish yo‘lida rivojlanib bormoqda. Ikkala yo‘nalish tobora bir-biriga kirishib, ta’lim nazariyasini yangilamoqda. Aytish joizki, hozirgi kunda ta’lim texnologiyasi tushunchasini keng ma’noda tushunish mumkin, ham pedagogik fan sohasi sifatida, ham ma’lum o‘qitish texnologiyasi sifatida ham zamonaviy elektron texnologiyalar sifatida. Chunki hozirda elektron texnologiyalar, elektron ta’lim tushunchalari nafaqat jamiyatda balki talimda ham o‘z aksini topmoqda.
    Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pchilik OTM’larda ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib qolgan, u shuningdek, malaka oshirish kurslarini tashkil etishda ham o‘z o‘rnini topgan, ba’zi korporatsiyalarda bo‘linmalar mavjud bo‘lib, ularning vazifasi xizmatchilar uchun elektron kurslar tashkil etishdir Yashash joyidan turib, o‘qish imkoniyati — chekka qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga borib, universitetga kirib-o‘qish imkoniyati har doim ham bo‘lavermaydi.

    Download 317,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 317,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Seminarlarda pedagoglarning faolligini oshirish uchun nimalarga ko‘proq e’tibor berish lozim?

    Download 317,34 Kb.