|
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkiliy shakllari
|
bet | 5/11 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 317,34 Kb. | | #149065 |
Bog'liq II semestr ILMIY PEDAGOGIK ISHIAmaliy mashg‘ulotlarni tashkiliy shakllari deganda, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va yakka tartibda o‘qitishning har xil ko‘rinishda qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, ta’lim oluvchilarning o‘qishga o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. O‘qitishni tashkil etish shakllarini tanlash ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bilan belgilanadi va o‘quv ishining mazmuni hamda metodlariga bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni tashkil etishning tarixan mavjud bo‘lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko‘rinishi bo‘lib, unga muntazamlik va yaxlitlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter, ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o‘tkazishning muayyan tartibi mavjudligi xosdir. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar)ning ma’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining tashqi ko‘rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi.
Ta’lim muassasalarida seminar va seminar praktikumlar metodik ishlarni tashkil etishning samarali vositasi hisoblanadi. Agar seminar yaxshi tayyorlangan bo‘lsa (mavzusi o‘qituvchilar ehtiyojlari asosida tanlangan, batafsil reja ishlab chiqilgan, ish vaqti optimal belgilangan, o‘qituvchilarning seminar jarayonidagi vazifalari, ishtiroki aniqdashtirilgan bo‘lsa va h.k.), uning natijalari, albatta, yuqori bo‘ladi. Seminarlar va seminar-praktikumlar o‘qituvchilarning professional mahoratini takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham, ular amaliyotda keng qo‘llaniladi. Ta’lim muassasasining ish rejasida seminar-praktikum mavzulari belgilanadi, avgust kengashlarida keng muhokama qilinib, batafsil reja ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. Birinchi mashg‘ulotdayoq mazkur rejani o‘qituvchilar javobini olishni kutayotgan konkret savollar bilan to‘ldirishni taklif etish mumkin. Seminar 2-3 va undan ham ko‘p mashg‘ulotlardan tashkil topishi mumkin. Keyingi paytlarda pedagoglar bilan treninglar o‘tkazish amaliyotga keng joriy etilmoqda. Ularning asosiy maqsadi – pedagogika va psixologiyaning eng yangi yutuqlari bilan tanishtirishdan iboratdir. Bunday treninglarni o‘tkazish uning tashkilotchilaridan yuqori darajadagi malakani talab etadi. Odatda, treningni tayyorlash va o‘tkazish maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodim yoki muassasa rahbari, pedagog va psixolog zimmasiga yuklatiladi.
|
| |