Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti




Download 317,34 Kb.
bet2/11
Sana31.01.2024
Hajmi317,34 Kb.
#149065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
II semestr ILMIY PEDAGOGIK ISHI

Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.


Mustaqil ishlarni qabul qilish va baholash ishlarini o‘rganish
Mustaqil ish har bir insonning mustaqil fikrlash, holatini baholash, xulosa va bashorat qilish qobilyatlarini rivojlantiradi. Bugungi kunda insoniyatni huquqiy ongini o‘stirishda, qonun ustivorligini oshirishda, qonunlarni amaliyotda qo‘llanishi, har bir fuqaro o‘zini — huquqini bila olishida, qonunchilikni ya’ni qonun, qaror va farmonlarni xalqimizga, oddiy fuqarolarimizga keng yoritib berishda masofadan o‘qitishning yangi texnologiyalaridan foydalanish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarish muddatlari elektron platformada qatiy belgilanadi.

Uzrli sabablarsiz mustaqil ishni bajarish muddatini oʻtkazib yuborgan talabaning oʻquv faoliyati natijalari tekshirilmaydi va baholanmaydi. Uzrli sabablar esa, dekanat (registrator ofis) tomonidan oʻrganib chiqilishi, dekan ruxsati bilan inobatga olinishi hamda topshiriq bajarilishi uchun yakuniy nazorat oʻtkazilishiga qadar qayta topshirish muddati belgilanishi mumkin. 
Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
- dolzarb mavzu boʻyicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlar (masalan, esse)da yozma bayon qilish; 
- maruzalar tayyorlash; 
- kurs ishi yozish; 
- konspekt yozish; 
- glossariy tuzish; 
- individual va jamoaviy oʻquv loyihasi tuzish; 
- keys-topshiriqlarini bajarish; 
- mavzuli portfoliolar tuzish; 
- axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash; 
- manbalar bilan ishlash; 
- infografika tuzish; 
- chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish; 
- multimediali taqdimotlar yaratish; 
- darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash; 
- darsdan tashqari mashg‘ulot ishlanmalarini tayyorlash; 

Download 317,34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 317,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti

Download 317,34 Kb.