|
Belgilangan fanlardan o‘quv dasturi ishlab chiqishni o‘rganish
|
bet | 4/11 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 317,34 Kb. | | #149065 |
Bog'liq II semestr ILMIY PEDAGOGIK ISHIBelgilangan fanlardan o‘quv dasturi ishlab chiqishni o‘rganish
Biz fanlardan o‘quv dasturi ishlab chiqishni o‘rganib chiqdik. O‘quv dasturini ishlab chiqish davomida dastur quyidagi bo‘limlardan tashkil topganini o‘rgandik.
Kirish
Asosiy qism
Adabiyotlar
kabi bo‘limlardan iborat ekan.
Kirish qismi esa quyidagilardan iborat
Fanning maqsadi va vazifalari
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
O‘quv-tarbiya kursini o‘qitishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalari
Fanning hajmi va mazmuni
Asosiy qism
Nazariy mashg‘ulotlar mavzulari, mazmuni va ularga ajratilgan soatlar
Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari, mazmuni va ularga ajratilgan soatlar
Kurs ishi (loyixasi) tarkibi, ularga qo‘yiladigan talablar
Mustaqil ish mavzulari
Fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
Taqvim mavzuiy reja
Didaktik vositalar
Oraliq nazorat savollari
Yakuniy nazorat savollari
Baholash mezonlari
Reyting jadvali
Adabiyotlar qismi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar
Elektron ta’lim resurslari
Amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar olib borishni o‘rganish
Ma’ruza materiallarini chuqurroq o‘zlashtirish, o‘rganilgan pdagogik ma’lumotlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilinadi. Amaliy mashg‘ulot – bu ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta’minlovchi, mashg‘ulotni o‘qitish shaklidir.
Amaliy mashg‘ulot darslarini ikki turga ajratish mumkin. Bular ma’ruza darsi mavjud bo‘lgan va ma’ruza darsi mavjud bo‘lmagan fanlardan (masalan, chet tillar) o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar. Amaliy mashg‘ulot darslari fan dasturlari va ishchi dasturlari hamda kalendar tematik rejalariga qat’iy amal qilingan holda o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha zarur adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Ma’ruza darsi mavjud bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarda asosan ma’ruza darslarida o‘tilgan materiallar mashqlar bajarish yordamida mustahkamlanadi. Amaliy mashg‘ulotning o‘ziga xos tomoni o‘quv topshiriqlarining fan mazmunidagi o‘rni, o‘qituvchi va talaba faoliyatining tashkil etilishi bilan xarakterlansada, amaliy mashg‘ulotning vazifasi amaliy va juda tor asosda belgilanadi. U asosan ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarda egallagan bilimlar bayon etilgan bilimlar bayon etilgan malumotlarni chuqur va puxta o‘rganishga talaba mustaqil ishining sifati va o‘zlashtirishning samarasini aniqlash bilimlarni ko‘nikma va malakaga aylantirish maqsadida tashkil qilinadi.
|
| |