|
Yangi pedagogik va texnologiyalarini o‘quv jarayonida tadbiq qilish o‘rganish
|
bet | 7/11 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 317,34 Kb. | | #149065 |
Bog'liq II semestr ILMIY PEDAGOGIK ISHIYangi pedagogik va texnologiyalarini o‘quv jarayonida tadbiq qilish o‘rganish
O‘quv jarayonida o‘zaro hamkorlikka asoslangan do‘stona muhitni vujudga keltirish shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Kasb-hunar ta’limidagi o‘quv-biluv jarayoni o‘quvchining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish asosida tashkil qilinishi lozim. O‘qituvchi bilan o‘quvchi orasida o‘zaro hamkorlik muhiti yaratilayotganda barcha o‘quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlari hisobga olinishi juda muhimdir. Bu jarayonda o‘zaro tenglik muhiti hukmron bo‘ladi, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning aksariyat muammolarini echishga ko‘maklashadigan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiya maktab, ota-onalar, mahalla va o‘quvchilar jamoasi hamkorligida, demokratiya va tolerantlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilar oddiy ta’lim oluvchilar emas, ta’lim-tarbiya jarayonining teng huquqli, hamkorlik asosida jipslashgan ishtirokchilari bo‘lishlariga erishiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi o‘quv-biluv jarayonini tashkil etar ekan, har bir o‘quvchining betakror ekanligi, uning ta’lim-tarbiyasi oilaviy muhitga, sinfdagi mavqeiga, o‘stozlarining munosabatiga, ruhiy kechinmalari va kayfiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lishini unutmasligi lozim. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi har bir pedagog o‘quvchining qalbidan chuqur joy ola bilishi, ularning hurmat-ehtiromiga sazovor bo‘la olishga erishishi, o‘quvchining eng yaqin kishilaridan biriga aylanishi, quvonchi va tashvishiga sherik bo‘lishi, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olishi zarurki, shundagina ta’lim-tarbiya oldiga qo‘yilgan maqsadga erishiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hamkorlikka asoslangan ijodiy faoliyatini tashkil etish uchun axborotli mahsullarni tayyorlash va ulardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Mazkur jarayonda sun’iy intellekt yoki mantiqiy-lingvistik modeldan unumli foydalanish mumkin. Bilimlarni modellashtirish turli ilmiy yo‘nalishlarda turli maqsadlarda amalga oshiriladi. Ekspert tizimlar nazariyasida bu metoddan intellektual vazifalarni kompyuter vositasida echishda foydalaniladi. O‘quv muhitida o‘qituvchi ham jismoniy, ham virtual ekspert model sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogika fani uchun umumlashgan quvvatlarni qo‘lga kiritish o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki u yangi bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Umumlashgan quvvatlarni sarflash o‘quv jarayonida juda zarur hisoblanadi.
Pedagogik hamkorlik o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:
1) o‘quvchilarning quvvatlarini mujassamlashtirish asosida umumlashgan natijani qo‘lga kiritishga asoslangan jamoa mehnatini tashkil etish texnologiyasi;
2) intellektual texnologiyalarga asoslangan axborotlarga ishlov berish usullari.
Bunday yondashuv natijasida intellektual madaniyatning yuqori darajasiga
erishishi ta’minlanadi.
Pedagogik hamkorlik va hamjihatlikka asoslangan bilimlar to‘rt ko‘rinishda
namoyon bo‘ladi. Hamkorlik nazariyasi –
1) fundamental ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga asos bo‘ladigan, umumiy ilmiy nazariyalar, dunyoqarashlar, g‘oyalar, tamoyillar, timsollar, tasavvurlar tizimidan iborat paradigma;
2) nomuntazamlik, ochiqlik, o‘tish xarakteridagi jarayonlarning tengsizligiga
asoslangan g‘oya atrofida birlashadigan muayyan xususiy ilmiy qarashlar;
3) tizimlarning o‘z-o‘zini tashkil etish yoki o‘tish jarayonlariga oid umumiy ilmiy yondashuvlar;
4) ilmda mavjud bo‘lgan hukmron tafakkurga barham berish, o‘zgarmas tushunchalar va barqaror tafakkur, o‘tish xarakteridagi daliliy shakllar va obrazlar,
yangicha dunyoqarash − asosini tashkil qiladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatini, dunyoqarashini har tomonlama o‘zgartirish tamoman yangi ilmiy-pedagogik asoslarga tayanishni taqozo qilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim oldiga qo‘yilgan maqsad, vazifa va tamoyillarni amalga oshirish nafaqat ta’lim mazmunini o‘zgartirishni talab qilmoqda, balki uning shakllari, metodlari, o‘qituvchi faoliyatini ham takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj kuchaymoqda.
|
| |