|
Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish
|
bet | 8/11 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 317,34 Kb. | | #149065 |
Bog'liq II semestr ILMIY PEDAGOGIK ISHIKichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish . Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o‘quvchidan tashkil topadi. O‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o‘quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi. O‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e’tibor o‘zaro munosabatning rivojlanishini o‘rganishga qaratiladi, o‘qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi. Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o‘qituvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan yordamidan boshlanadi.
Referat, taqdimot, ishlanma tayyorlash. Ushbu ish turi bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishni o‘rganish.
Referat tayyorlash – mazkur fan bo‘yicha o‘tiladigan seminar mashg‘ulotidagi chiqishga qaraganda mazmun va sifat jihatdan yuqori bo‘lib, shubhasiz katta foyda keltiradi. Talaba auditoriya oldida referatda bayon qilingan qoidalarni himoya qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak, Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini tashkil etish va boshqarishni o‘rganishda bu muhim ahamiyatga ega. Referat - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning barcha bosqichlarida fan bo‘yicha mashg‘ulot olib boruvchi kafedra professor-o‘qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda professor-o‘qituvchi tomonidan talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga oshirilganligi va referatlarga talablar mezoni qanchalik to‘g‘ri qo‘yilganligi albatta, hal qiluvchi rolь o‘ynaydi. Topshiriq talabalarning referat yozish ko‘nikmalarini, ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini hisobga olgan holda berilishi juda muhim. Referat tarkibiy jihatdan titul, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan tashkil topadi. Kirish qismida talaba referat mavzusining dolzarbligi, uni yoritishdan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar hamda referatda ochib beriladigan savollarni qisqacha yoritadi. Asosiy qismda mavzuni ochib berishga xizmat qiladigan savollar (paragraflarni) rejada keltirilgan ketma-ketlikda, talabaning o‘z mustaqil mushohadasi va fikrlariga tayangan holda, adabiyotlardan olingan ilmiy va nazariy materiallar (ularga havola keltirilgan holda), turli statistik va operativ ma’lumotlar (ularning manbalari ko‘rsatilgan holda) asosida batafsil yoritiladi. Xulosa va tavsiyalar qismida talaba o‘z mustaqil yondoshuvi va ijodiy fikrlashini namoyon etishi hamda qisqa satrlarda mavzuni yoritish jarayonida olingan xulosalari va tavsiyalarini tartib bilan rejada keltirilgan ketma-ketlikda ifodalashi lozim.
Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida bajariladigan ko‘rgazmali materiallar tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu professor-o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruhiga topshirish ham mumkin.
|
| |