So 'zning otasi




Download 490 Kb.
bet13/60
Sana21.03.2017
Hajmi490 Kb.
#761
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
(Hadisdan)

Ko'zga ko'ringan o'rta asr namoyondalaridan Nizomiy Aruziy Samarqandiy o'zining tabobatga oid nodir «Chor maqola» risolasida tabiblar hayotidan ibratli namunalar keltirib, shifokor kasbining ta'rifi haqida shunday yozgan ekan: «Shifokor Ollohdan madad so'ramog'i va natijani barcha ishga qodir yagona Ollohning hukmiga havola qilmog'i lozim. Chunki hamma narsa faqat ungagina ayondir. Olloh bergan idrok, tafakkur orqali shifokor kasallikning sabablarini aniqlay oladi». Muallif shifokorning mantiqni bilish zaruratini quyidagicha izohlaydi: «Shifokor mantiqan nasl bilan turni farqlay olmasa, biror narsaning tub mohiyatini - uning ikkilamchi sifatlaridan ajrata olmasa, davolash ishida ko'zlagan maqsadga erisha olmaydi. Hodisaning sabab va oqibatini yaxlit tushunadigan shifokor esa isitma, bu uning qaysi turi, bu isitmaning kelib chiqish sabablarini anglagan holda, zudlik bilan muolajani boshlaydi. Ollohga ishonmoq va uning nomi bilan ish boshlamoq shifokorning oliy fazilatlaridandir».

Odatda, shifokor ham, hamshira ham bemorlarni undan iltimos qilishi bilanoq Olloh nomi bilan, ya'ni «Bismillohir rahmonir Rohim» deb amal va imkonlarini ishga solmog'i, barchaga barobar yaxshi va xushmuomalada bo'lmog'i, bemorlar to'g'risida qayg'urib, mehr-shafqatli bo'lib ularga hech qachon jazoni («evtanaziya»ni) ravo ko'rmasligi kerak. Oqil tib xodimi og'ir. tuzalishi mumkin bo'Imagan bemorlarga, ularning jonlari uzilmaguncha qo 'lidan kelgan barcha kerakli xatti-harakatini, madadini va g 'amxo'rligini sidqidildan amalga oshirishi darkor.

Mustaqil davlatimizda tib xodimlarining odobi va vatanparvarlik tuyg'ulari o'zaro chambarchas bog'liq bo'lishi kerak. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino ijod va tabobatdagi faoliyatida nafaqat yuksak odamiylik, balki Vatanga cheksiz sadoqat hissi to'lib toshgan. Shogirdi Jurjoniyning ta'kidlashicha, ustoz Ibn Sino manfaatini odamlar va Vatan manfaatidan yuqori qo'yuvchi ba'zi nodon amaldorlar bilan kurashib o'tdi. Ko'p quvg'inlikka uchragan tabib o'zga yurtlarda boshpana izlashga majbur bo'lganda ham «0'zga elning sultoni bo’lguncha, o'z elingning ultoni bo'l» degan naqlga amal qilib, hayotiy qiyinchiliklarga bardosh berib, ularni engib, ijoddan to'xtamagan, xalqqa, bemorlarga umrining so'nggi damlarigacha xizmat qilgan...

Zamonaviy oliy ma'lumotli hamshira odobi uning xatti-harakati, odamlar bilan bo'lgan muomalasi va muloqoti bilangina namoyon bo'lmay, balki o'zbek va sharqona ayol sifatiga, ya'ni mentalitetiga xos fazilatlarga ega bo'lishi bilan ham farqlanadi. Bularga nomus, sharm-hayo, iffat, nazokat, lutf, hayo, kamtarlik kabi fazilatlar kiradi.

Kiyinishdagi madaniyat, zeb-ziynatlar, atir-upa va boshqa pardoz vositalardan foydalanish hamda kiyim bichimi, uzunligi me'yorda bo'lishi kerak.

Tovushni baland qilib gapirish, o'qrayish, bemor gapini bo'lish, sharttakilik, qo'pol muomala, ortiqcha taqinchoqlar, saqich chaynash, sigareta chekish yoki spirtli ichimliklarni iste'mol qilish tib xodimi odobiga yarashmaydigan illatlar hisoblanadi

Nomus, sharm-hayo, iffat hamshiraning ko'rkidir. O'z obro'si, shuhratini, qadr-qimmatini kasbining ijtimoiy ahamiyatini anglash, unga bo'lgan muhabbati va kasbidan g'ururlanishi ma'naviy jihatdan takomillashishi, ish malakasini va sifatini oshirishiga bo'lgan doimiy intilishidan ham iboratdir. Har bir tibbiyot hamshirasi o'z kasb qadr-qimmati va sharafi tuyg'usini hamisha baland saqlamog'i zarur, chunki bu xalqning tib xodimlariga bo'lgan ishonch tuyg'usini ko'taradi.

Demak, tib xodimi, eng avvalo, sof vijdonli, halol, adolatli, yuksak axloqli bo'lmog'i kerak, chunki vijdon insonning ichki axloqiy hakamidir. Vijdon - bu o'z burchini anglash demak. Tibbiyot olamida vujudga kelgan ko'pgina muammolarning hal qilinishi vijdonga, shifokor va hamshiraning axloqiy madaniyatiga va ma'naviyatiga bog'liq.

Ma 'naviyat - bu shifokorlarga nihoyatda zarur omil bo 'lib, bu ularning qalb ko'zgusidir. Chunki ular doimo el orasidadirlar. Ma'lumki, kishilik ma'naviyatining asosi bilimdir. Yuksak bilim va malakaga ega bo'lgan uquvli hamshira o'ta intizomii bo'lib, boshqalarga ham har ish, har yumushda ibratli bo'lsalar yarashadi. Shu o'rinda hamshiralar haqidagi mulohazalarimiz bilan o'rtoqlashsak. Ba'zilar muomalani joyiga qo'yib: «Amakijon, yaxshi dam oldingizmi? Kayfiyatiar yaxshimi? Ertalabki dorilarni ichib oldingizmi?» - deb hoi so'raydi. Bu iliq so'zlardan kasalning chiroyi ochiladi. Ba'zi hamshiralar esa «Hali ham yotibsizmi? Yuz-qoini yuvdingizmi? Bunday qilsangiz davoning unumi bo'lmaydi» deb qo'pollik qiladilar. Bu albatta, bemor ruhiyatiga yomon ta'sir qiladi. O'z bemoriga munosabat ham shunday bo'ladimi? Qani oddiy ma'naviyat, qani oddiy odob, intizom tushunchasi? Ayniqsa, tomirga dori yuborish mahoratini o'rganish shunchalar mushkulmi? Ba'zan butun bir davo maskanida qator hamshira bo'lgani holda birorta hamshira tomirga igna bilan tushishni bilmaydi. Gohida besh-o'n joyingga igna qadab: «tomiringiz qochib ketyapti», deb bahona qiladi. Bu esa bemor asabiga tegadi.

Yo deylik, bemorga huqna (klizma) qilish zarur bo'lib qoldi. Darhol «Vazeliningiz bormi?» - deb so'raydi. Yo'q, desa, chala yuvilgan rezina idishni suvga bir chayib, ishni boshlayveradi. Bu to'g'ri emas. Hamshira, albatta kerakli narsalarni avvaldan tayyorlab qo'yishi lozim.

Ayrim hamshiralarda diagnostika haqida tushuncha yo'q. Ko'pincha ular «bemor yomon bo'lib qoldi» degan iborani ishlatadilar. Ba'zan, hatto zuluk solishni ham bilmaydi. Nahotki bilim yurti talabalari o'qish, o'rganish davomida tomirga tushish, zuluk solishni o'rganib olmasalar? Bizning nazarimizda, musiqaga kichik yoshda tanlanganidek shifokorlik, hamshiralik ishiga ham mehribon, e'tiborli, insonparvar odamlarni tanlash zarur. Bu yerda «matematikasi yo'q ekan, kiraveray», deydigan xudbin, o'ziga ortiqcha bino qo'ygan odamlar kelgusida tibbiyotga yaroqsiz bo'lib chiqadilar». (Sayyor)

«Bizningcha, hamshira faqat shifokor aytgan ishni xotirjamgina, loqaydgina bajarishi to'g'ri emas. Hamshira - oddiy ijrochi emas. U o'z shifokori yonida, garchi birov buyurmasa ham yana bir shifokorga aylanishi zarur. U tibbiyot jabhasida millatimizning obro'si va madaniyatini ko'taruvchi va ayni chog'da o'ta mas'ul shaxsdir» (Q. Xonazarov).

Jahondagi yirik davlatlar qatoridan joy olgan, aholisining yarmidan ko'pini o'qish yoshidagi bolalar va yoshlar tashkil qiladigan O'zbekiston, albatta, a'lo darajada ishlaydigan hamshiralar «qo'shin»iga ega bo'lishi zarur. Bu «lasbkar»lar xalq sog'lig'i uchun olib boriladigan sabr-toqat va izchillikni talab qiluvchi jabhalarda asosiy kuchdir. Bir narsani ko'zda tutaylik: bemor shifokorni kuniga faqat bir necha daqiqagina ko'radi Hamshira esa tunu-kun bemor bilan doimo yonma-yon. Hamshira shifokor ko'rsatmalariga amal qilgan holda bemorning sog'ligini tiklashga harakat qiladi. Kasaixonada ish qizib turganda ham, hamma ishlar tugallanib, boshqa hamkasblar uy-uylariga ketganlarida, zim-ziyo, qorong'ilik tushganida ham bemorning oldida hamroh va hamdard bo'lib qoluvchi yakkayu yagona inson - hamshiradir.


Download 490 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Download 490 Kb.