• Bolalar ovqatlanishi uchun sutli mahsulotlar texnologiyasi
  • Sut va sut maxsulotlari texnologiyasi




    Download 1,02 Mb.
    bet7/9
    Sana21.11.2023
    Hajmi1,02 Mb.
    #102791
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    (Ro\'ziboyeva)SUT VA SUT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI

    Pishloqni tuzlash-pishloqlar natriy xlor(osh tuzi) bilan tuzlanadi.Tuzlash mahsulotga o’ziga xos,maxsus tam va o’tkirlik beradi,mikrobiologik va fermentiv jarayonilari muvozanatlashtiradi.Natriy xlor miqdori turli pishloqlar uchun 1,2-7,0% ni tashkil etadi.

    Pishloqni tuzlashda ikki fizik-kimyoviy jarayonbir vaqtning o’zida sodir bo’ladi:pishloqda tuzning diffuziyalanishi va pishloqdan zardobni osmotik namakobga o’tishi.Birinchisi natriy xlor konsentratsiyasining farqi hisobidan,ikkinchisi pishloq massai va namakobdagi osmotik bosimining farqi hisobidan boradi.Osh tuzi faqatgina pishloq ta’mini yaxshilovchi to’ldirgichgina emas,balki upishloqning yetilishini normal borishini ta’minlaydi va biokimyoviy jarayonlarning borishiga ta’sir ko’rsatadi.Pishloqni tuzlash uchun turli usulllar qo’llanuiladi:pishloq donalarini presslashdan oldin tuzlash;tuzlash,quruq tuzlash;aralash holda tuzlash.Pishloqni tuzlash usullaridan eng ko’p tarqalgani turli eritmada tuzlash hisoblanadi.

    Bolalar ovqatlanishi uchun sutli mahsulotlar texnologiyasi:

    Yosh bola har tomonlama normal rivojlanishi uchun hayotining birinchi kunlaridan boshlab to’la qiymatli bolalar ovqati bilan ta’minlanishi kerak.Tug’ilgan bolani sun’iy ovqatlantirish birmuncha qiyinchiliklarni tug’diradi.Chunki ularning ovqat hazm organlari faqat ona sutini hazm qilishga moslashgan.Bolalar ovqatlanishi uchun mahsulot ishlab chiqarishda sigir suti asosiy xomashyo bo’lib xizmat qiladi.Keltirilgan sut cho’kmasiz bir jinsli konsistensiyali,toza,o’ziga xos ta’m hidga ega,rangi esa oq yoki sarg’ishroq oq bo’lishi kerak.Qabul qilib olingan sutning tarkibidagi yog’va oqsil miqdori,ko’rsatgichlarning zichligi,kislatalilik va tozalik darajasi me’yorlashtiriladi.

    Sut tarkibidagi zardob oqsillari va kazein va o’rtasidagi nisbatini o’zgartirish uchun quyidagi oqil zardob konsentrasiyalari ishlatiladi:elektrodializ yordamida olingan quruq zardob,ultrafiltrlash usulida olingan oqsilli zardob konsentratlari (KSB-UF),ultrafiltratsiya va elektrodializ usullari yordamida olingan oqsilli zardob konsentrati (KSB-UF/ED),diafiltratsiya usulida olingan konsentratlar(RSB) va boshqalar.


    Download 1,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sut va sut maxsulotlari texnologiyasi

    Download 1,02 Mb.