Qishloq xo‘jaligi korxonalari hisob siyosatining xarakterli




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

9.2. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalari hisob siyosatining xarakterli 
xususiyatlari
Qishloq xo‘jaligi korxonalari hisob siyosatining xarakterli xususiyatlari 
bevosita buxgalteriya hisobining tashkiliy va uslubiy jihatlarida, ularda 
qoilaniladigan schotlar rejasida, xo ‘jalik muomalalarini hujjatli 
rasmiylashtirilishida, hisob maiumotlarini qayd etish, guruhlash, jamlash 
va foydaJanuvchilarga uzatishda, moliyaviy hisobot shakllari moddalarini 
toidirish tartibida hamda boshqa jihatlarida yorqin namoyon boiadi.
Qishloq xo^aligi korxonalarida buxgalteriya hisobining tashkiliy 
shakliga ushbu xo‘jaliklarning katta-kichikligi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Yirik qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya hisobi maxsus boiinmani, 
ya’ni buxgalteriyani tashkil qilish y o ii bilan olib boriladi. Kichik qishloq 
xo‘jaligi korxonalarida maxsus buxgalteriyani tuzish zarurati bo‘lmaydi. 
Ularda hisob ishlari mehnat shartnomasi asosida ishga olingan yagona 
buxgalter tomonidan yuritiladi. Kichik fermer xo‘jalikJarida hisob-kitob 
ishlarini bevosita xo‘jalik rahbarining o‘zi ham olib borishi mumkin. 
Shuningdek, ularda buxgalteriya hisobi tuzilgan shartnoma asosida 
professional xizmatlami ko‘rsatuvchi auditorlik tashkilotlari tomonidan ham 
yuritilishirespublikamizqonunchilikhujjatlaridata’qiqlanmagan.
Qishloq xo‘jaligi tarmogining xususiyatlari ushbu tarmoq korxonalarida 
yuz berayotgan jarayonlar, xo‘jalik muomalalarini tizimli ravishda aks


ettirishga mo‘ljallangan buxgalteriya hisobi schotlar rejasini qo‘llashni 
taqozo etadi. Chunonchi, ularda olib borilayotgan qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini yetishtirish faoliyati umumbelgilangan tartibdagi 2000 
«Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schotlar» tizimida maxsus 
«Dehqonchilik» va «Chorvachilik» kabi schotlami nazarda tutishni taqozo 
etadi. Ushbu schotlar tarkibida, o‘z navbatida, alohida olingan qishloq 
xo ‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini hisobi uchun 
mo‘ljallangan schotlar ochilishi ham mumkin. Qishloq xo‘jaligi korxonalari 
«Dehqonchilik» va «Chorvachilik» schotlarida aks ettiriladigan 
xarajatlaming tarkibini belgilashda respublikamizda am aldabo‘lgan 
«Mahsulot (ish, xizmat)laming ishlab chiqari va sotish xarajatlari tarkibi 
hamda moliyaviy natijalami shakllantirish to‘g‘risidaNizom»da keltirilgan 
tartiblargaamal qilishlari lozim. Qishloq xo‘jaligi korxonalaridamuhim 
ahamiyatgaegabo‘lgan ushbu schotlaming ochilishi, yuritilishi vayopilishi 
tartiblariga keyingi boblarda alohida to‘xtalamiz.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining uzluksizligi, yyetishtirilgan 
mahsulotlaming tannarxi, ulami sotishdan olingan moliyaviy natijalar qishloq 
xo‘jaligi korxonalarida ta’minot va sotish jarayonlari to‘g ‘ri tashkil 
etilganligiga, ishlab chiqarish zaxiralariningo‘zvaqtidaolinganligiga, ulami 
tegishli miqdordamavjudligiga, butligi, sifati, sotib olish qiymati (tannarxi) 
hamda boshqa jihatlariga bevosita bogiiqdir. Bu xususiyatlar qishloq 
xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari holati, kirimi, sarfi va 
boshqa chiqimlari ustidan uzluksiz tizimli nazorat o ‘matishni talab etdi. 
Buning uchun ishchi schotlar rejasida ishlab chiqarish zaxiralari hisobi uchun 
mo‘ljallangan maxsus schotlami nazarda tutish, ulardamateriallar holati 
vaharakatigadoir ma’lumotlami uzluksiz, hujjatli asosdajamlash muhim 
ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining bu xususiyatlari 
ulaming ishchi schotlar rejasida «Urugiiklar», « 0 ‘g‘it», «Yem-xashak» 
«Dori-darmonlar» va boshqalar shu kabi maxsus schotlami ochish hamda 
yuritishni taqozo etadi.
Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tannarxiga sarflangan 
materiallar qiymatini (tannarxini) baholash usullari (FIFO, AVEKO) ham 
katta ta’sir ko‘rsatadi.Qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘zlarining hisob 
siyosatida ushbu ikkala usuldan tanlab olinganini yoki ulaming har ikkalasini 
qaysi turdagi ishlab chiqarish zaxiralari bo'yicha qo‘llash tartibini belgilab 
olishlari lozim.


Qishloq xo‘jaligi korxonalarida, yuqorida ta’kidlab o ‘tganimizdek, 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning uzoq davomiyligi hamda 
mavsumiyligi tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini hisob-kitob qilish 
va inventarizatsiyadan o‘tkazishning aniq tartibini belgilashni taqozo etadi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqqoniy tannarxini ular kirimi paytida 
aniqlash imkoniningmavjud emasligi hisob siyosatida ular kirimi hisobini 
yil mobaynida reja yoki normativ tannarxi bo‘yicha olib borish, yil oxirida 
esa mahsulotlaming haqqoniy tannarxi aniq bo‘lgach, ular holati va 
harakatiga doir buxgalteriya yozuvlarigatuzatishlarkiritish tartibini o‘matish 
talabini qo‘yadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining daromadi asosan yyetishtirilgan 
mahsulotlami sotishdan olinadi. Mahsulotlami sotish davlat tomonidan 
qat’iy belgilangan narxlarda, shuningdek erkin bozor narxlarida amalga 
oshiriladi. Davlat tomonidan qat’iy belgilangan narxlar ayrim mahsulotlar 
bo‘yicha, masalan paxta, g‘alla, pilla, tamaki va boshqa umumdavlat 
ahamiyatiga molik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha belgilanadi. 
Shuningdek, ularga davlatga topshirish rejasidan ortiq yyetishtirilgan 
mahsulotlami (paxta va pilladan tashqari) erkin narxlarda naqd va naqd 
pulsiz, shuningdek mehnat haqi evaziga natural toiov sifatida berish ruxsat 
etiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishning ushbu xususiyatlari 
sotishdan olingan daromadlami hisoblash tamoyiliga asosan tan olish, ulami 
to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatli rasmiylashtirish hamda tegishli schotlarda 
aks ettirish tartiblariga qat’iy amal qilish talabini qo‘yadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘zlarining asosiy vositalari, joriy aktivlari, 
xususiy kapital va majburiyatlarining tarkibi, ulami shakllantirish tartibi 
bo‘yicha ham, bir tomondan, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan 
farqli jihatlarga ega. Chunonchi, asosiy podani shakllantirish, yosh mollami 
asosiy podaga o‘tkazish, texnika va transport vositalarini dala ishlari, terim 
mavsumlariga tayyorlash, xususiy mulkni ustav kapitaliga kiritish, olingan 
foydani ishlatish, paychilaro‘rtasidataqsimlashkabilardagi xususiyatlar 
qishloq xo‘jaligi korxonalarining hisob siyosatida ular hisobini yuritish 
tartiblarini aniq ifodalashni taqozo etadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida yuz berayotgan xo‘jalik operatsiyalarini 
hujjatli rasmiylashtirish turlicha o‘zigaxos xususiyatlargaega. Jumladan, 
traktorlarda yemi shudgor qilish, paxta qatorlariga texnika yoki q o i
mehnatida ishlov berish, u ru g iik qadash, minerai o ‘g ‘itlash, yem-


xashaklami mollarga ozuqa ratsioni hamda belgilangan ozuqa kunlari 
bo‘yicha sarflashdagi xususiyatlar ushbu operatsiyalami rasmiylashtirish 
uchun moijallangan boshlang‘ichhujjatlarklassifikatorini qishloq xo‘jaligi 
korxonalari hisob siyosatining tarkibiy elementi sifatida ishlab chiqishni 
hamda ularga to iiq amal qilish talabini qo‘yadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari o ‘zlarining hisob siyosatida buxgalteriya 
hisobining umumbelgi langan shakl lari dan birini tanlab olishlari mumkin. 
Bunday shakllar b o iib buxgalteriya hisobining memorial-order, jumal- 
order, kompyuterlashtirilgan shakl, soddalashtirilgan shakllar hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq vasuvxo‘jaligi vazirligi o‘zlarining 
2008- yil 21- yanvardagi 1, 1/2-son qarori bilan maxsus «Fermer 
xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish 
to‘g‘risida nizom»ni tasdiqladilar. Ushbu nizom 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2008- yil 26- martda 1781 -son bilan ro‘yxatga 
olindi. Ushbu Nizomga muvofiq fermer xo‘jaliklari uchun maxsus 
moliyaviy-xo‘j alik faoliyati buxgalteriya hisobi namunaviy schotlar rejasi 
tasdiqlandi. Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan 
shakli quyidagi shakllar bo‘yicha yuritilishi mumkin:
a) buxgalteriya hisobining oddiy shakli;
b) buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shakli.
Fenner xo‘jaligi o‘zining ishlab chiqarish va boshqaruv talablaridan 
kelib chiqqan holda ushbu tavsiya etilgan ikkita shakldan birini mustaqil 
tanlaydilar.
Nizomga muvofiq fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining 
tanlangan shaklidan qat’iy nazar, hisobot davrining xo‘jalik operatsiyalari 
xronologik tartibda «Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish jumali»da 
ro‘yxatga olib boriladi. Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish jumali kitob 
shaklida yuritiladi, unda xo‘j alik operatsiyalarining qayd etilishi va hisobi 
hisobot davri uchun oylar yoki choraklar kesimida yuritiladi. Bunda, 
xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish jumali tikilgan varaqamlanganboiishi 
shart. X o‘jalik operatsiyalarini qayd etishjumalining so‘nggi varagida
fermeming imzosi bilan “Mazkur jum alda......varaq raqamlangan” deb
yoziladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi.
Buxgalteriya hisobining oddiy shaklida fermer xo‘jaliklarida xo‘jalik 
operatsiyalari hisobini yuritish uchun maxsus “Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga


olish kitobi” registri qo‘llaniladi. Xo‘jalik operalsiyalarini hisobga olish kitobida 
operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladi. Bunda, xo‘jalik 
operatsiyalarini hisobga olish kitobi tikilgan varaqamlangan bo‘lishi shart. 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobining so‘nggi varag‘ ida fermeming
imzosi bilan ‘ ‘Mazkur Kitobda..... varaq raqamlangan’ ’ deb yoziladi va muhr
bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi.
Xo‘j alik operatsiyalarini hisobga olish kitobida xo‘jalik operatsiyalari 
natijalari aktivlami, majburiyatlarni, xususiy kapitalni, daromadlar, 
xarajatlar, foyda va zararlami hisobga oluvchi schotlarda aks ettiriladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobida yozuvlar tizimli tartibda 
«Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etishjumali»da keltirilgan m a’lumotlar 
asosida amalga oshiriladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobi kombinatsiyalashgan registr 
hisoblanadi, unda fermer xo‘jaliklari tomonidan qo‘llaniladigan barcha 
schotlar mavjud bo‘ ladi va ulaming har birida xo‘jalik operatsiyalari hisobini 
yuritish imkoniyatini yaratadi. Bunda, balansning tegishli moddalarining 
mazmunini asoslab berish uchun u yetarli darajada batafsil bo‘lishi lozim. 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobida har bir qo‘llanilayotgan 
buxgalteriya schoti uchun aniq buxgalteriya schotlari bo ‘yicha o‘tgan 
yillaming tajribasini hisobga olgan holda, xo‘jalik operatsiyalarining 
kutilayotgan hajmidan kelib chiqqan holda, ma’lum betlar ajratiladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobi “20__yil “___ ”________
dagi qoldiq” qatorida aktivlaming, majburiyatlaming va xususiy kapitalning 
har bir turi bo‘yicha hisobot davrining boshida mavjud bo ‘lgan qoldiq 
summasi yozuvi bilan ochiladi. Aktiv schotlaming qoldig‘i ushbu 
schotlaming debetida, passiv schotlar bo‘yicha qoldiq esa ushbu schotlar 
kreditida yoziladi.
Har bir qatorda tegishli buxgalteriya schoti bo‘yicha yozuvlar xo‘jalik 
operatsiyalarini qayd etish jum alida keltirilgan buxgalteriya yozuvlari 
(provodkalari) ma’lumotlari asosida pozitsiya usulida xronologik ketma- 
ketlikda amalga oshiriladi.Har bir oyning (chorakning) oxirida xo‘jalik 
operatsiyalarini hisobga olish kitobida yakun chiqariladi va unga asosan 
fermer xo‘jaligi faoliyatining natijasi aniqlanadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobida yuritilgan aktivlar, 
majburiyatlar va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schotlaming qoldiqlari
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»gao‘tkaziladi.


Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish kitobida yuritilgan daromadlar va 
xarajatlami hisobga oluvchi schotlaming hisobot davridagi aylanmasi 2-sonli 
shakl «Moliyaviy natijalarto‘g‘risidagi hisobot»gao‘tkaziladi.
Biixgalteriyahisobiningkombinatsiyalashganshakliniynritishda buxgalteriya 
hisobining quyidagi hisob qaydnomalaridan foydalaniladi:
a) asosiy vositalar va nomoddiy akti vlami hisobga olish qaydnomasi;
b) moliyaviy investitsiyalami hisobga olish qaydnomasi; 
v) kapital qo‘yilmalami hisobga olish qaydnomasi;
g) tovar-moddiy zaxiralami hisobga olish qaydnomasi;
d) boquvdagi va o‘ stirishdagi hayvonlami hisobga ol ish qaydnomasi;
e) xaridorvabuyurtmachilar bilan hisob-kitoblami hisobga olish qaydnomasi; 
j) boshqa debitorlik qarzlarini hisobga olish qaydnomasi;
z) pul mablag‘larini hisobga olish qaydnomasi;
i) mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblami hisobga olish 
qaydnomasi;
k) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblami hisobga olish qaydnomasi;
l)mehnatgahaqtoiashbo‘yicha hisob-kitoblami hisobgaolish qaydnomasi; 
m) boshqa majburiyatlami hisobga olish qaydnomasi; 
n) xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi;
o) 
hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobgaolish qaydnomasi; 
p) dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot 
chiqishini hisobgaolish qaydnomasi;
r) chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari vamahsulotchiqishini 
hisobga olish qaydnomasi;
s) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish 
qaydnomasi;
t) sof foyda (zarar)ni hisoblash qaydnomasi;
u) xo‘jalikoperatsiyalarini hisobgaolishjamlanmaqaydnomasi.
Alohida obyektlar hisobi uchun mo‘ljallangan ushbu qaydnomalaming 
yuritilish tartibiga keyingi boblarda alohida to‘xtalamiz.

Download 15,8 Mb.
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Qishloq xo‘jaligi korxonalari hisob siyosatining xarakterli

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish