"Tasdiq layman " maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar




Download 29,06 Mb.
bet18/38
Sana24.11.2023
Hajmi29,06 Mb.
#104674
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

Uyga vazifa: Uyda o`qib, xaritadan o`rganib kelish.testkrassvordlar tuzib kelish
27-mashg'ulot.
Mavzu: Shimoliy Amerika. Geografik o`rni, o`rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relefi.
I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta’limiy: O'quvchilarga mavzu bo'yicha ma'lumot berish _
b) Tarbiyaviy: O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi: Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Dunyoda eng katta oroli bor materik. (grenlandiya 2,2 mln km.kv), eng katta arxipelag shu materikda(Kanada arktikasi), eng chuqur darasi (Kolorado kanyoni 2 km ga yaqin, uzunligi 320 km), eng uzun g`ori (Flint- Mamont, 500 km), eng go`zal va maftunkor sharsharasi bor (Niagara bir yilda 10 mln sayyoh keladi) eng baland suv qalqishi bo`ladi (Fandi qo`ltig`I, 18 m) eng uzun vodiy muzligi bor (Alyaskada, 145 km). shimoliy Amerika G`arbiy va Shimoliy yarimsharlarda joylashgan. Materikning shakli Janubiy Amerika sinhari uchburchakni eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi o`rinda turadi. Materik qirg`oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Janubda Panama bo`yni orqali (eng tor joyi 48 km) Janubiy Amerika bilantutashgan Yevrosiyodan bering bo`g`izi (kengligi 85 km) orqali ajralib turadi. Janubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma`lum bo`lgan. X asrning oxirida Norman Erik Rauda (Malla) Grenlandiyani, materikning shimoli- sharqiy qismini o`rgandi. Jon Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg`oqlarini kashf etdi. XVII asrda G. Gudzon, A. Makenzi va boshqalar materikning sharqiy va shimoliy qismlarini o`rganishdi. XX asr boshida R. Amundsen birinchi bo`1ib materikning shimoliy qirg`oqlari bo`ylab suzib o`tdi va Shimoliy magnit qutbining geografik o`rnini aniqladi. 1732- yilda rus sayyohlaridan I. Fyodorov va M. Gvozdev materikning shimoli-g`arbiy sohillarini o`rgandi. Aleut orollari va Alyaska sohillarini o`rganish va xaritaga tushirish ishlarini V. Bering, A. Chirikovlar bajarishdi (1741-yil). savdo sotiq ishlarini yo`lga qo`yishda G. Shelexovning xizmatlari katta bo`ldi. O`sha paytda Shimoli-g`arbiy Amerikani Alyaska deb atashgan. U 1798-yilda ruslar tomonidan monopoliyaga aylantirilgan “Rus Amerikasi” nomi bilan boshlangan. 186yilda Alyaska AQSHga sotib yuborilgan. Shimoliy Amerika bilan Yevosiyo qadimgi Lavraziya quruqligining tarkibiy qismi bo`lgan Mezozoy erasining boshlarida Shimoliy Amerika Yevrosiyodan ajralgan. So`nggi 1 mln yil davomida Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerika bir-biridan 40 km masofaga uzoqlashgan. Tog`lar (Kordilyera, Qoyali tog`lar, Appalachi) kaledon,gersin, mezozoy tog` burmalanishlaridan ko`tarilgan. G`arbiy tog`li mintaqada halokatli zilzilalar bo`lib, vulkanlar otilib turadi. Shimoliy Amerika foydali qazilmalarga boy. Magmatik va metaforik jinslardan tuzilgan tog` va yassi tog`liklarda temir, uran, mis, nikel, oltin, kumush konlari bor. Allapachi tog`larida rudali qazilmalarga boy. Cho`kindi tog` jinsi qatlamlarida neft, gaz, ko`mir, tuz kabi qazilmalar tarkib topgan. Shimoliy Amerika relief tuzilishiga ko`ra ikki qismga: tekislik va tog`lik qismlarga bo`lish mumkin. Tog`li qismidagi Kordilyera tizimining Qoyali tog`lar asosiy tog` tizimlaridir. Qoyali tog`lar Kordilyera tizimining suvayirg`ich qismi bo`1ib, unda Elbert (4399 m), Lange-Pik (4345 m), Gannet-Pik (4202m) va boshqa cho`qqilar ko`p uchraydi. Materikning eng katta nuqtasi Makkinli cho`qqisi (6194 m), eng past nuqtasi Ajal vodiysi (- 86 m) ham tog` mintaqasida joylashgan. Katta Havzaning janubi-sharqida Kolorado platosini Kolorado daryosi kesib o`tadi. U dunyodagi eng chuqur (2 km ga yaqin) vat or- dara Katta kanyonni hisol qiladi.






Download 29,06 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Download 29,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Tasdiq layman " maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Download 29,06 Mb.