|
-Mavzu. Ta’limni tashkil etish shakllari
|
bet | 6/139 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #115354 |
Bog'liq «tasdiqlayman» Αquv ishlari bо‘yicha prorektor5-Mavzu. Ta’limni tashkil etish shakllari.
Zamonaviy ta’limga asosimy yondoshuvlar.Rivojlantiruvchi ta’lim.Ta’lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim) va shakllarining tavsifi. Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma – xil turlari.Innovatsion, masofaviy ta’lim. Ta’limni tashkil etish shakllari. individual;individual – guruhli;sinf – dars;ma’ruza – seminarli; sinfdan tashqari; auditoriyadan tashqari; maktab va maktabdan tashqari. Darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar. Darsning maqsadi va vazifalari. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.Sharq allomalarining ta’lim va tarbiyaga oid qarashlari.
6-Mavzu. Ta’limni tashxislash.
Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yilgan talablar. O‘qituvchi nazorati va ta’lim oluvchilar faoliyatini baholashning uyg‘unligi. Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogik testlarning roli. Boshlang‘ich ta’limda baholash mezonlari.
7-Mavzu. Tarbiya jarayoning mazmuni va mohiyati.
Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi ekanligi. Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalari. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayoni sifatida.. Tarbiya jarayonining natijasi.
3-Modul. Tarbiya va uning turlari.
8-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari.
Axloqiy tarbiyani tashkil etish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, axloqiy me’yorlar, axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish. Aqliy tarbiya, tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashni rivojlantirish. Jismoniy tarbiya. Jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanish. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish.
Estetik tarbiya. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish.Ekologik tarbiya. O‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, tabiatni asrash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish kabi tuyg‘ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish.
Iqtisodiy tarbiya. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilriga ilk iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamalakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish.
Huquqiy tarbiya. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga davlat Konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, ular ogiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish.
G‘oyaviy-siyosiy tarbiya. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘quvchilarga ilk siyosiy bilimlarni berish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati mazmunini o‘rganishni ta’minlash asosida o‘quvchilarda siyosiy faoliyat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish, siyosiy madaniyatni shakllantirish va hokazolar.
|
| |