Rasm 1.
Kontaktlar qarshiligini o‘lchashning uch zondli usuli (a), o‘lchangan
volt-amper xarakteristika (b)
Omik kontaktga qo‘yiladigan talablar. Omik kontakt quyidagi xususiyatlarga ega
bo‘lishi shart:
a) katta elektr o‘tkazuvchanlikka,
b) yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka,
v) mexanik mustahkamlikka.
Kontaktning solishtirma qarshiligi siljitish kuchlanishi (napryajenie
smeheniya) nolga teng bo‘lgan hol uchun quyidagi
tenglamani qanoatlantirishi
kerak,
ρ
ko
= (dV/dI)
V=0
(15)
Odatda solishtirma qarshilikning keskin kamayishi zaryad tashuvchilar
konsentratsiyasini oshirish orqali kuzatiladi va haroratning kamayishi jarayonida ρ
ning oshishi kuzatiladi.
Bir metall yordamida olingan kontaktlarda yuqoridagi
talablarni bajarish
qiyin. Shuning uchun ikki yoki undan ortiq metallar kombinatsiyasi orqali talablar
bajarilishi mumkin. Bunday kontaktlarda birinchi metall yarim o‘tkazgichli
materialda malum tip zaryad tashuvchilar mavjud kirishma rolini bajarishi kerak
(aktiv kontakt) yoki yarim o‘tkazgich bilan
nisbatan kamroq elektr
o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan holda u bilan ximik bog‘lanish hosil qilishi kerak
(passiv kontakt).
Bundan tashqari birinchi qatlam materiali
mexanik mustahkamlik uchun
mas’uldir. Kontaktning ikkinchi qatlami yuqori haroratli texnologik jarayonga
dosh berishi, tashqi muhit ta’siriga uzoq muddatda chidamli
va yaxshi elektr va
issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lishi shart. Uchinchi qatlam (yoki eng ustki
qatlam)
qalaylash imkonini berishi, fotoelektrik batareyani elementlar asosida
yig‘ishni osonlashtirishi va QE ketma-ketlik qarshiligi
kamaytirish imkonini
(kontakt kesimini oshirish imkoniyatini) berishi kerak.