§ 6. TEXNIK IJODKORL1KDA DIZAYN YECHIMLARINING O'ZIGA XOS




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana02.02.2023
Hajmi3.57 Mb.
#40785
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)

§ 6. TEXNIK IJODKORL1KDA DIZAYN YECHIMLARINING O'ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI
6.1. Texnik va badiiy modellashtirish uinumiy jarayon sifatida.
Sanoat - texnik mahsulotlarining badiiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, ularga 
estetik tus berish - olimlar, muxandislar ishlab chiqarish xodimlarning muhim 
vazifasidir. Qulay va chiroyli buyumlar yaratishga qaratilgan badiiy 
konstruktsiyalash (dizayn)ning diqqat markazida hamisha odam, uning ijtimoiy 
va individual ehtiyojlari, istehmol va mahnaviy talablari turadi. Har bir predmet 
(buyum) sanoat asaridan farqli o'laroq qandaydir hayotiy muhim vazifaga 
(funksiyaga) egadir. Lekin deyarli har bir kishida o’zini go'zal buyumlar bilan 
o’rab olish ehtiyoji bor. Shuning uchun ham buyumning qimmati ikki asosni - 
foyda va go'zallikni qamrab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos 
mavjud bo’Iib, u hamisha muqim bo’lmaydi va tarixan almashinib turadi.
6.2. Dizayn tushunchasi. 
Dizayn - ingliz tilidan olingan bo'lib, chiroyli, 
shinam, yaxshi chiroyli loyiha degan mahnoni anglatadi. Dizayner esa - kuchli 
rassom - konstruktor odam. Buyum bilan har qanday tanishish ma'lum darajada 
unga baho berish bilan bog'liq. Baho berish funksional, estetik, ijtimoiy nufuzli 
bo’lishi mumkin. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug'ullanadigan kishi 
o'zining pirovard maqsadiga - chiroyli buyum yaratishga harakat qilar ekan, 
birinchi navbatda, mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini 
bilish lozim.
6.3. Badiiy modellashtirishning mazmuni. 
Buyumning tashqi formasi - 
geometrik shakllar parallelepiped, prizma, tsilindr, konussimon.
Nisbatlar - bu tushuncha kontrasli va farqli nisbatlar bir-biri bilan 
mustahkam bog'liq (hajmni, chiziqli miqdorlarni, fakturalarni, ranglarni]. Hajmi 
fazoviy tuzilish (frontal, fazoviy). Ma'lumki, har qanday buyum uch o’lchovga 
ega bo'lib, bu o’lchovlar nisbatini biz hamisha his qilib turamiz. SHu sababli


64
buyumning hajmiga doir xarakteristika uning asosiy o'lchovlariga bog’liq 
bo'ladi.
Material - obyekt qanday materialdan tayyorlanganligi ham juda katta 
ahamiyatga ega. Garmonik forma va kompozitsiya tushunchasi. Garmonik forma 
go'zallik qonunlari asosida yaratiladi. U uzviy va yaxlit qismlari proportsional va 
ritmik bo'lib, u odamga va atrofdagi bo’limlarga mos plastik bo'ladi, rangi ko’zni 
quvontiradi. Dizaynda kompozitsiya deganda bahzan tugailangan obyektni 
xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi. Dizayn nazariyasi hozirgi kunda texnik 
estetika deb nomlanib, u o'z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni 
oladi. Yaratilayotgan har qanday obyekt ma’lum vazifani (funksiyani) bajarishga 
qaratilgan. Obyektning shakli, o’lchami uning funksiyasiga mazmuni va tashqi 
qiyofasiga mos kelishi kerak.
Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo'lsa, 
bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda 
bo’lsa, u holda bunday tuzilishni fazoviy tuzilish deyiladi.
6.4. 
O'quvchilarda dizaynga oid bilim, ko'nikma va malakalarni hosil 
qilish jarayoni bosqichlari va mazmuni. 
Umumiy o’rta ta’ limda dizayn 
asoslarini o’qitishda mehnat ta’limi fanining imkoniyatlari juda katta. Dizayn 
asoslarini mehnat ta’limida o’qitishdan maqsad - o’quvchilar dars va darsdan 
tashqari mashg’ulotlarda buyumlami estetik, funksional va iqtisodiy jihatlarini 
hisobga olgan holda loyihalash va amalda yasab o’rganishi hamda bilim, ko’nikma, 
malakalar hosil qilishdir.
Mehnat ta’limi mazmunida dizayn asoslarini o’qitish jarayonini shartli ravishda 
3 bosqichda amalga oshadi deb olish mumkin, bular:
1. Boshlang’ich dizayn ta’limi (I-IV sinflar)
2. Asosiy dizayn ta’limi (V-VII sinflar)
3. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi (VIII-IX sinflar)
I. 
Boshlang’ich dizayn ta’limi


Boshlang’ich dizayn ta’limini berishda l-IV sinflar uchun mehnat ta’limi 
darsiarida, sinfdan tashqari 
ishiarda Davlat ta’lim standartlariga asosan 
o’quvchilarda quyidagicha bilim, ko’nikma va malakalami rivojlantirish ko’zda 
tutilgan.
I sinf: Buyumlami kuzatish asosida tasvirlarni chizish va bo’yash mashqlarini 
bajarish. Buyumlar to’g’risida bilimlarni rivojlantirish. Buyumlarni oddiy bezak 
naqshlarini o’ziga qarab chizish. Geometrik shakllardan naqshlar hosil qilishga 
o’rganish. Materiallar haqida dastlabki Ma’lumotlar. Asbob uskunalar haqida 
dastlabki Ma’lumotlar. Qog’ozdan va kartondan eng oddiy shakldagi buyumlami 
qirqib tayyorlash, ularning rasmini chizish, bo’yash hamda eng oddiy naqshlar bilan 
bezash.
II sinf: Yasagan o’yinchoqlar rasmini chizish, bo’yash va shu o’yinchoqning 
yangi shaklini yoki ayrim qismlari o’zgartirilgan variantlarini ishlash. Bir necha 
turdosh o’yinchoqlar tahlilini o’tkazish. Turli kasb mahsulotlari bilan tanishish. 
Kasblar uchun asboblar tasvirini chizish. Turli buyumlami bezash uchun oddiy 
naqshlar chizish va bo’yashga o’rganish. Materiallarning xususiyatini o’rganish.
III sinf: Tekis geometrik shakllarning bir-biriga nisbatan katta-kichikligi va 
shakli bo’yicha mutanosibligi qoidalarini bilish. Shakllar bo’yicha va ranglar 
mutanosibligi qoidalari bilan dastlabki tanishtirish. Naqshlardagi elementlami davriy 
takrorlash va simmetriya qoidalari bilan tanishtirish. O ’yinchoqlar yasash va naqsh 
bilan bezash, namunaviy buyumlami shakli va ranglarini o’zgartirib ishlash. 
Applikatsiya va mozaika usulida oddiy tasvirlar ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish. 
Milliy hunarmandchilik buyumlari bilan tanishtirish.
IV sinf: Turli tekis va hajmli shakllarning o’zaro mutanosibligi qoidalari bilan 
tanishtirish. Turli mavzularda kompozitsiya tuzish. SHu buyumlarga mos bezak 
elementlaridan fbydalanish haqida dastlabki tushuncha hosil qilish. Turli shakllar 
soni va o’zaro joylashuviga bog’liq mutanosiblik qoidalari. Turli materiallardan 
o’yinchoqlar loyihalash.


II. Asosiy dizayn ta’limi
V-VII sinflar uchun mehnat ta’limi darslarida, sinfdan tashqari ishlarda dizayn 
ta’limini berish bo’yicha Davlat ta’lim standartlariga asosan o’quvchilarda 
rivojlantirilishi lozirn bo’ lgan bilim, ko’nikma va malakalami ishlab chiqdik 
(yog’ochlarga ishlov berish texnologiyasi yo’nalishi misolida).
V sinf: Materialni tejamli sarflash, texnik rasmi, Ioyihasi va chizmasi haqida 
tushunchalar. Yog’ochga ishlov beruvchi kasblar. O ’ymakorlik. Loyihalash, 
kompozitsiyalash, ishlov berish va iqtisodiy 
masalalami hisobga olish. 
Buyumlaming maketini tayyoriash. Bezak elementlarini ko’chirish hamda mustaqil 
ijodiy naqshlar tuzish. Mahsulotlarning badiiy estetik xususiyatlarini tahlil qilish. 
Buyumlaming hajmli fazoviy tuzilishi. Praportsiya va mutanosiblik. O ’zbekistonda 
badiiy hunarmandchilikni rivojlantirishning ahamiyati.
VI sinf: Yog’ochga ishlov berish stanogi va parmalash stanogida dizayn 
buyumlar tayyoriash. Silindrik shakldagi buyumlar Ioyihasi. Naqsh turlari va ayrim 
xususiyatlar haqida tushunchalar. Naqsh turlari bo’yicha eskizlar tayyoriash. Oddiy 
bezash ishlarini bajarish va buning uchun trafaretlar tayyoriash. Buyumlaming 
dizaynerlik yechimlarini hal qilish mashqlari. Plastiklik. Rang va ranglar uyg’unligi.
V II sinf: Konstruktsiyalash elementlari, materiallaming xususiyatlari, yog’och 
buyumlaming eskizlari va ulami tayyoriash, kompozitsiya tuzish. Assimmetriya 
haqida tushuncha, buyumlarga naqsh chizish. Loyihalar asosida buyum tayyoriash. 
Turli geometrik figuralardan tashkil topgan buyumlar Ioyihasi. Yog’ochga ishlov 
beruvchi kasblaming umumiy xususiyatlari. Badiiy bezash ishlarida shakl, rang, 
tasvirlar va naqshlardan foydalanish. Badiiy harflar yozish, sayqal beruvchi bezatish 
asboblari bilan ishlash texnologiyasi. Mahsulotlarning sifati, estetik ko’rinishi. 
Buyumning turlarini tahlil qilish. Dizaynerlik loyiha tuzish tartibini o’rganish. 
Buyumning texnik mohiyati va go’zalligi. Tayyor buyumlar sifatini tekshirish.
III. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi
66


67
V III sinf: Zamonaviy ishlab chiqarishga kirish. Dizaynga oid kasblar bilan 
tanishtirish. Buyumlar muhiti. Buyumlami loyihalashga qatnashuvchilar va ularning 
vazifalari haqida tushuncha. Interg’erxona ichki ko’rinishi.
IX sinf: Buyumlami ishlab chiqarish texnologiyalari. Ergonomika- odam va 
buyum orasidagi qulaylik. Dizayn bilan bog’liq kasblar va shu kasblar tavsifnomasi.
Uzluksiz ta’limda dizayn ta’limini joriy etish rriaktabda boshlang’ich sinfdan 
tizimli ravishda tasviriy sanhat va mehnat ta’ limi jarayonlarida amalga oshirilib 
uzluksiz davorn etadi va malakali mutaxassis yetishtirish bilan yakunlanadi.
Uzluksiz ta’iim tizimida dizayn ta’ limi berishni zamon talabi ekanligini 
e’tiborga oigan holda nafaqat umumiy o’rta ta’lim bo’g’inida, balki oliy va o’rta 
maxsus o’quv yurtlarida ham jahon standartlari darajasida rivojlantirishni taqozo 
etadi.
Mehnat ta’limi o'qituvchilari oldida turgan muammolardan biri - dars 
jarayonida qo’llash uchun dizaynerlik topshiriqlari va uni o’rgatish metodikasi ishlab 
chiqilmaganligidir. Bu muammoni hal qilishda biz mehnat ta’limi mazmunini tashkil 
etuvchi besh yo’nalishdagi mavzular mazmunidan keüb chiqib dizaynni dastlabki 
tushunchalarini berib borish bilan 
birga dizaynerlik topshiriqlarini bajarish 
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Dizaynerlik topshiriqlami 
tuzilishi va 
qo’llanishiga qarab quyidagicha uch guruhga bo’lib ta’lim jarayonida qo’llash lozim:
1. Boshlang’ich dizaynerlik topshiriqlar (I-1V sinflar).
2. Asosiy dizaynerlik topshiriqlar (V-VII sinflar).
3. Mutaxassislikka oid dizaynerlik topshiriqlar (VII1-IX sinflar).
Boshlang’ich dizaynerlik topshiriqlar. Bu ko’rinishdagi dizaynerlik
topshiriqlari I-1V sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda og’zaki savol- 
javob qilish, oddiy dizaynerlik topshiriqlarini amalda bajarish hisoblanadi hamda 
topshiriqni bajarish orqali o’quvchi ijodiy fikrlashga o’rgatiladi. Bu topshiriqlar 
quyidagi tushunchalarga geometrik figura va shakl yasovchilar, ranglar, ranglar 
uyg’unligi, o’ichamlar, shakllarni joylashtirish, buyumlaming tashqi shakli kabilarga 
asoslangan bo’ lishi bilan ulami mustahkamlashga oid topshiriqlar bo’lishi lozim.


68
O ’quvchilarga quyidagi dizaynerlik topshiriqlarini berish rnumkin:
1 .Tabiiy materiallardan foydalanib har xil o’yinchoqlar tayyorlang.
2.Qog’ozdan foydalanib quti maketini tayyorlang va uni ishlatilish sohasiga 
qarab bezak bering (masalan gugurt quti, sharbatlar uchun idish, qalamdon).
3.Sinfdagi simmetrik buyumlarni sanang.
Bu kabi dizaynerlik topshiriqlarni ko’plab keltirish rnumkin. Ular kelgusida 
o’quvchini buyumlarni idrok etishni va loyihalami bajarishni osonlashtiradi.
Asosiy dizaynerlik topshiriqlar. Bu dizaynerlik topshiriqlar V-VII 
sinf 
o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, asosan amaliy mashg’ulotlar tarzida tashkil 
qilinadi. Bu topshiriqlar quyidagi bilinilarga asoslangan bo’ lishi 
lozim: 
buyumlaming badiiy estetik xususiyatlarini tahlil qilish. Buyumlarni loyihalash, 
dizaynerlik yechimlarini hal qilish, rang va ranglar uyg’unligi, buyumlarga naqsh 
chizish, maketlar tayyorlash va hokazo.
O ’quvchilarga quyidagi asosiy dizaynerlik topshiriqlarini tavsiya etish rnumkin:
1.Yog’ochdan ramka maketini yasang. Bunda yog’ochni bir-biriga biriktirishda 
mix, yelim kabi boshqa vositalardan foydalanmasdan biriktirish variantini taklif 
qiling.
2.Yog’ochga ishlov beradigan tokarlik stanogidan foydalanib uy-ro’zg’or 
buyumlari tayyorlang (buyumlarni tayyorlashda shakli, rangi boshqa buyumlar bilan 
uyg’un bo’lishiga harakat qiling).
3.Yog’och va faneradan foydalanib eshik uchun tutqich variantini yasang.
Mutaxassislikka oid dizaynerlik topshiriqlar 
VII1-IX sinf o’quvchilari uchun
mo’ljallangan bo’lib, bu topshiriqlar nisbatlar, hajmli fazoviy tuzilishi, materiallar, 
garmonik shakl va kompozitsiya, proportsionallik va maarom, plastiklik, rang va 
ranglar uyg’unligi, buyumlarni texnik mohiyati, go’zaliigi, uyg’unligi, ergonomika 
kabi bilimlami o’z ichiga oladi.
1. Oshxona jihozlari uyg’unligi mavzusida référât tayyorlang.
2. Dizaynning xalq xo’jaligidagi iqtisodiy va ijtimoiy psixologik ahamiyati 
to’g’risida référât tayyorlang.


Dizaynerlik topshiriqlarini tuzishda quyidagi talablami hisobga olish lozim:
• dizaynerlik topshiriqlar o’qitiladigan boshqa fanlar bilan bog’Iiq bo’lib ularda 
o’tilgan mavzularni to’ ldirib turishi kerak;
•topshiriqlami tuzishda o ’quvchilaming individual xususiyatlari e’tiborga 
olinishi lozim;
•dizaynerlik topshiriqlami bajarish asosan, amaliy mashg’ulotlar tarzida tashkil 
qilinishi va unda vaqtni e’tiborga olish lozim;
•dizaynerlik topshiriqlari xaiq hunarmandchiligida qo’llaniladigan usullardan 
keng foydalanish imkoniyatini hisobga oigan holda tuzilishi zarur;
• dizaynerlik topshiriqlar oddiydan - murakkabga qarab borishi kerak;
•dizaynerlik topshiriqlami kompyuter texnologiyasidan foydalanib bajarishni
hisobga olib tuzish va boshqalar.
Ta’lim oluvchilar o’rtasidagi farq, ularning u yoki bu faoliyat turiga tabiiy 
imkon qobiliyatlari jihatidan kamroq istehdodga egaligidir, biroq har qanday 
qobiliyat o’z-o’zidan ta’limdan, faoliyatdan tashqari rivojlana olmaydi. Ushbu nuqtai 
nazardan qaralganda, o’quvehilarda shaxs xislatlarini rivojlantirishning eng samarali 
yo’li - ulaming ijodiy faoliyatidir. O ’qituvchi ijodiy faoliyatni birinchi navbatda 
shaxsning aqliy faolligi, yangi bilimlarni tez o’zlashtirishi, zehni va ixtirochiligi, 
topshirilgan amaliy vazifalami bajarish uchun Ma’lumotlarni to’play olishi, 
masalalarni tanlash va yechishdagi mustaqilligi, mehnatsevarligi kabi xislatlami 
rivojlantirishga xizmat qiluvchi jarayon sifatida amalga oshirishi lozim.
O ’quvchilarda ijodiy faoliyat uchun zarur xislatlami rivojlantirish natijasi 
referatlar, hisobotlar va ulami asoslovchi dizaynerlik loyihalari bilan belgilanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Texnikada ishlatiladigan modellar necha tipga bo'linadi ?
2. Konstruktorlikhujjatlari deganda nimani tushunasiz?
3. Ishlab chiqarish sharoitida yangi mashinalami yaratish va o’quv 
ustaxonasida texnik modellarni yasash jarayoni qanday jihatlarni qamrab oladi?
69


70
Download 3.57 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 6. TEXNIK IJODKORL1KDA DIZAYN YECHIMLARINING O'ZIGA XOS

Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish