Texnik ijodkorlik va dizayn




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/36
Sana02.02.2023
Hajmi3.57 Mb.
#40785
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)
Muammoni hal etishning ikkirtchiya'nalishi mazmuni quyidagicha:
Ma'lumki, dars ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayonini tashkil 
qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Biroq, aksariyat o’qituvchilar o’zlari 
rahbarlik qiladigan dars mashg’ulotining asosiy va yagona inaqsadi sifatida ish 
rejaga ko'ra qayd etilgan mavzuga doir bilimlarni «o’quvchilarga berish»ni 
tushunadilar. Bunda, hamma vaqt ham ta’lim-tarbiya biriigi mezoniga anial 
qilinmaydi va yanayam ko’pchilik holatlarda darsda o’quvchilarning mustaqil- 
ijodiy fikrlashi uchun sharoit yaratilmaydi. Shu sababli dars mashg’ulotlarida 
mavzuga oid bilimlarni o’quvchi mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish bilan 
omuxtalashgan hoida amalga oshirish metodlarini tadqiq qilish alohida 
dolzarblik kasb etadi.
Darsdan va ta’lim muassasasidan tashqari mashg’ulotlar asosan individual, 
guruh hamda ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. Shuni tahkidlab o'tish 
kerakki, darsdan tashqari faoliyat o'quvchilarda dunyoqarashning nafaqat 
g'oyaviy 
asoslarini shakllantiradi, balki uni amaliy harakatiga aylanishini 
ta'minlaydi. Bunda sust tinglovchi va kuzatuvchi rolida qolib ketmaydi; u 
bilimlarni mustaqil va erkin egallashga kirishadi, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy 
axborotlarni tushunishga harakat qiladi, tengdoshlari orasida o'zi o’zlashtirgan 
sifatlarning faol targ’ibotchisiga aylanadi.
O’quvchilarning mustaqil-ijodiy izlanishlariga yo’naltirilgan to’garaklarda, 
turli birlashmalarda, mazmun va shakl jihatidan turlicha bo’lgan faoliyat turlari 
ham estetik ijtimoiy fikrlash bilan birga o’zaro muvofiqlikni keltirib chiqaradi. 
Muammoli masalalarni qo’yish, ularni mustaqil ijodiy hal qilish yoshlaming 
qo'shimcha bilimlarga ega bo'lishiga, dunyoqarashga oid masalalarni 
rivojlanishiga, o’z fikrlarini isbotlash va himoya qilish ko'nikmalari va mahorati 
shakllanishga yordam beradi.


86
Muammo yechimining taklif etilgan yo’nalishlar asosida hal etib borilishi 
o'quvchi va talaba yoshlar tayyorgarligining davlat ta'lim standarti talablariga 
javob berish darajasining ortishi, yuksak darajada shakllangan, faol mustaqil- 
ijodkorlik sifatlariga ega shaxs sifaüda yuqori akademik harakatchanlik 
darajasiga erishishi uchun nazariy-metodologik asoslarning yaratilishiga asos 
bo’ladi. Shuningdek, bu boradagi vazifalarni samarali hal etish uchun mustaqil 
fikrlovchi ijodkor shaxs to’g’risidagi tushunchalarni umumlashtirish hamda 
uning yagona strukturasini ishlab chiqish jarayonini boshqarishning axborot 
ta’minoti texnologiyasini ishlab chiqish talab etiladi.
8.2. 
O'quvchilaming 
texnik 
ijodkorligining tashkiliy 
tizimi. 
O’quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy tizimi juda ko’p qirrali. Hozirgi 
kunda bolalar va yoshlar ijodiy faoliyati bilan har xil vazirliklar xalq ta'limi 
xodimlari, kasaba uyushmasi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Vatanparvar 
tashkiloti va boshqalar shug'ullanadilar. Bolalar va yoshlaming ommaviy 
ravishda ijodiy faoliyat bilan shug'ullanishida umumiy o'rta ta’lim maktablari, 
akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, markazlar va maktabdan tashqari 
muassasalar (yosh texniklar stantsiyasi, uylari, o’quvchilar markazlari, yosh 
texniklar klubi, madaniyat markazi, madaniyat va texnika markazi) 
shug’ullanadi.
Texnik ijodkorligining mazmuni o’quvchilarning yoshlariga qarab 
tanlanadi. 1-IV sinflarda elementar bilimlarga, V-IX sinflarda asosiy chuqur 
texnik tayyorgarlikka ega bo'lgan bilimlar shakllantiriladi. Egallangan bilimlar 
va asosiy ko’nikmalariga tayangan holda o’quvchilarning texnik ijodkorligi 
mazmuni kengayib boradi. Kasb-hunar kollejlarida o'quvchilar tanlagan kasbi 
bo’yicha ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatlarida ishtirok etadilar. Bunda 
ular texnik, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish bo’yicha ilmiy 
tekshirish, konstruktorlik ishlarni amalga oshirishda bevosita qatnashadilar.
8.3. O’quvchilar texnik ijodkorligi mazmunini rivojlantirishning 
asosiy yo'nalishlari. 
Bizning asrimiz 
fan-texnika yutuqlarining mislsiz


«
darajada taraqqiy etishi, hamda bu taraqqiyot natijalarining oddiy insorilar 
hayotiga juda qisqa muddatlarda keng kirib kelayotganligi biian tavsiflanadi. 
Mana shunday taraqqiyot omillaridan biri bu, shubhasiz, yangi axborot 
texnologiyalaridir. Bugungi kunda hayotimizning hech bir sohasini, jumladan 
ta’lim tizimini ham axborot texnologiyalari hamda uning asosi bo'lgan 
kompyuterlarsiz tasawur etib bo’lmaydi.
Axborotlami qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan 
shug’ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, 
ya'ni 
belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan 
dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi yangi axborot texnologiyasi deb 
yuritiladi. Axborotlar davri hisoblangan bugungi kunda tarixda birinchi 
marotaba insoniyat faoliyatining ko'plab sohalari moddiy buyumlar bilan emas, 
balki axborotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lmoqda. Shu sababli, bugungi 
kunda yoshlarni axborot davrida yashash va ishlashga o'rgatish, ularda 
axborotlarni yig’ish, 
tartib va tahlil qilish, uni uzatish ko'nikmalarini 
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bular o’z navbatida o’quvchilarning 
ko’plab qobiliyatlarini, shu jumladan, ijodkorlik qobiliyatiarini rivojlantirishda 
ham muhim asos vazifasini o’taydi, chunki har qanday yangi g’oyani taklif 
qilishdan ilgari qaralayotgan sohani batafsil o'rganib chiqish, yangi axborotlarni 
topish va uni tavsiya etilayotgan yechim bilan bog'lashni o’rganish lozim 
bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta, oddiy inson xotirasida 
saqlab bo'lmaydigan darajada katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab 
etiladi. 
Axborot 
texnologiyalari 
imkoniyatiari 
ushbu 
muammoni 
avtomatlashgan o'quv-axborot tizimlari, bilimlar banki va ma’lumotlar banklari 
vositasida oson va samarali hal qilish imkoniyatlarini yaratadi. Shu munosabat 
bilan keyingi paytda respublikamizda bu sohaga e'tibor kuchayib bormoqda, 
keyingi besh yil mobaynida mavjud kompyuterlar parki bo’yicha vatanimiz 
jahon ko’rsatkichlariga yaqinlashib qoldi. Biroq, ta’lim jarayonida zamonaviy 
axborot texnikalarini, jumladan shaxsiy kompyuterlaming qo'llanishi uchun


88
zarur nazariy va amaliy, ilmiy-metodiy asoslaming ishlab chiqilmaganligi 
ayniqsa ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog’liq qator muammolami 
keltirib chiqarmoqda.
Texnik ijodkorlikni amalga oshirishda kompyuterlarni qo'llashning shakl 
va usullarini belgilashda, aw alo ular yordamida o’quvchilarning ijod qilishni 
emas, balki yangi texnik yechimni yaratishdagi axborotlarga bo'lgan ehtiyojini 
qondirishi va uni amalga oshirishning samarali yo'llarini ishlab chiqishda 
foydalanishini e’tiborga olish lozim.
8.4. 
Ijodkorlik darslarini tashkillashtirish tamoyillari. 
O'quvchilar 
jamiyat uchun ahamiyatga ega bo’lgan yoki uning uchun yangilik bo’lgan 
mahsulot yarata olmaydilar. Qolaversa, bu ularning, maktabning vazifasiga 
kirmaydi. Maktab o’quvchisining ijodi uning mahsulot tayyorlashi, buyum 
yasashida namoyon bo’ladi. Bunday 
ish 
jarayonida ular egallagan bilimlari, 
malaka va ko'nikmalarini qo’llaydilar. O’rgatuvchi ijodiy faoliyatiga, birinchi 
navbatda, ijodkor shaxsning sifatlarini rivojlantirishga 
yordam 
beruvchi 
faoliyat sifatida 
qaraymiz. 
Bu 
faoliyat davomida o’quvchilarning aqliy 
faolliklari, bilag’onliklari, tadbirkorliklari, aniq ish bajarish uchun zarur bo'lgan 
bilimlarni 
egallashga 
intilishlari, 
masala 
tanlash 
va 
uni 
yechishda 
mustaqilliklari, turli masalalar ichida eng asosiylarini tanlay bilish kabi sifatlari 
rivojlanadi.
Ijodkorlik darslarini loyihalashtirishda darsning maqsad va vazifaiarini 
aniq belgilab oiish muhim ahamiyat kasb etadi. Darsning yakuniy maqsadini 
maktab o’quvchilarining ijodiy sifatlarini rivojlantirish va shakllantirishdan 
iborat etib belgilash mumkin. Bu maqsadga o'quvchilar qobiliyatini aniqlash va 
rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni belgilash orqali erishish mumkin. 
SHuning uchun aniq vazifalar quyidagicha belgilandi:
1. 
Boialami turli faoliyatga jalb qilish. Bunga maxsus tanlangan amaliy 
ishlar turlari orqali erishish mumkin. Bu ishlarning muvaffaqiyatli bajarilishi 
mehnat, rasm, chizmachilik va boshqa fanlar bo’yicha bilimlardan foydalanishni


89
taqozo etadi. Aniq buyum yasash jarayonida bu asosiy bilimlarni o’zlashtirish, 
o'z navbatida ularni yuqori sinflarda chuqur nazariy asoslashga yordam beradi.
2. O'quvchiíarda mehnat faoliyatining yangi turlarini tez o'zlashtirishga 
yordam beruvchi malaka hosil qilish.
3. Amaliy faoliyat bilan bog’liq turli yangi vazifalarni bajarishda topqirlikni 
rivojlantirish.
O'quvchilarning yosh va psixofiziclogik xususiyatlari, ularni ijodkorlikka 
o’rgatishning maqsad va vazifalarini hisobga oigan holda texnik ijodkorlik 
darslarini quyidagi tamoyillar asosida loyihalashtirish tavsiya etiladi:
1. O'quvchining faoliyati undagi mavjud bilimlar doirasidan tashqariga 
chiqib keta olmaydi. SHuning uchun ularga awal bu asosiy bilimlarni ma’lum 
qilish, ularni loyihalashtirilgan, shu jumladan ijodiy mahsulotlarni yaratish 
uchun zarur bo'lgan amaliy ko'nikma va malakaga o’rgatish lozim. Bolani 
maqsadga yo’naltirilgan holda maqsadga intiluvchan qilib tarbiyalash, awal 
egallangan ko’nikmalarni muntazam ravishda, ko'p karra mustahkamlab borish 
kerak.
2. Mashg’ulotlami tashkillashtirishda o’quvchi uchun kerakli axborotni 
tanlay bilish lozim. Zero, yakuniy maqsadga qaratilmagan liar qanday axborot 
maqsadga erishishni qiyinlashtiradi, ta’lim samaradorligini keskin pasaytiradi.
3. Mehnatning ko'pgina turlarida o’quvchilar ilgarigi ishlaridan tanish 
bo'lgan ayrim ish elementlari, usul va qoidalari bilan uchrashadilar. Ular yangi 
materialni o'rganish chog'ida o’ziga ma’lum qoidalarni qo'llaydilar. Aytaylik, 
o'quvchi faqat kulolchilikka o'rgatilsa, u bu kasbni katta mehnat evaziga 
o'zlashtiradi. Lekin u bir vaqtning o'zida buyum yasasa, chizsa, model 
tayyorlasa, maqsadiga oson erishadi.
4. O'quvchi bir ishni 3-5 mashg'ulotda katta qiziqish bilan bajarishi 
mumkin. Demak, unda mehnatga qiziqishni ushlab turish uchun ish turlarini 
tez-tez o’zgartirib turish zarur: 3-5 mashg'ulotda kema nusxasini tayyorlash, 3-5 
mashg'ulotda somondan buyum yasash va hokazolar bajarilsa, o’quvchilardagi


90
ishtiyoqni uzoq muddat davomida ushlab turishga erishiladi. SHu tariqa 
o’quvchilar qiziqishidagi bu «salbiy holat»dan mashg’ulotlarga qiziqishni 
qo'llab-quvvatlash yo'lida foydalanish maqsadga muvofiq.
5. 
Maktab o’quvchisi aksariyat hollarda katta yoshdagilarga taqlid qilishga 
intiludi. Boladan kattalar rahbarligisiz ijodiy va savodli ishni kutish qiyin. 
Bolalarda xayolot dunyosi juda boy. U bir zumda stulni parovozga, bochkani 
raketaga aylantirib yuborishi mumkin. Lekin xayolot bilan ijodiyot bitta narsa 
emas. Agar bolada faqat xayolot rivojlantirilsayu, u ishni savodli bajarish bilan 
bog'lanmasa, bu oxir- oqibatda o'quvchini boshi berk ko'chaga olib kirib qo'yish 
demakdir. Shu tariqa biz qo’lidan bir ish kelmaydigan, hamma ishni og’zida 
bajaradigan xayolparastlarni tarbiyalagan, bu bilan yuqori malakaga erishish 
yo’lini kesib qo'ygan bo'lamiz.
O'quvchi mashqni ko’p karra takrorlar ekan, ko’nikmani mustahkamlaydi. 
Shuning uchun ishni to’g'ri, savodli bajarishga o’rgatgan mahqul. Savod - bu 
c'rinda, eng awalo, masalani hal qilish qoidasi, printsipi va usullaridir. Bolani 
to'g’ri faoliyatturi bilan qurollantirar ekanmiz, biz uni xato qilishdan chetlatgan, 
ko’nikmani takomillashtirishga 
imkon yaratgan, 
ijodiy faoliyat 
bilan 
shug’ullanish uchun vaqt ajratgan bo'lamiz.
O'qituvchining o’quvchi ishini doimiy nazorat qilishi. O’quvchi ish 
bajarayotganda uning butun hatti-harakati o’qituvchi nazorati ostida bo'lishi 
lozim. Nazorat susaygan joyda ko’nikma yo’q bo'lib ketishi yoki noto’g'ri 
shakllanishi mumkin.
8.5. 
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi. 
Ma'lumki, har bir 
ta’limot o’zining nazariy hamda amaliy asoslariga ega bo’ladi. Pedagogik 
texnologiya borasidagi ilk g’oyalar ilgari surilgan davrlardayoq uning nazariy 
asoslari bilan birga uni amaliyotga tatbiq qilishning umumiy asoslari ham 
yaratila boshlangan. Pedagogik texnologiya nazariy va amaliy asoslarini uning 
rnaqsadi, mazmuni, vazifalari, tamoyillari, obyektiv hamda subyektiv omillari, 
obyekti, asosiy tushunchalari, mezonlari va boshqalar 
tashkil 
etadi.


91
Pedagogik texnologiyaning umumiy mohiyati xususida so'z yuritish uchun 
awalo, ushbu tushunchaning tub mahnosini anglash talab etiladi. Bugungi 
kunda pedagogik texnologiya tushunchasining ko'plab tahriflari mavjud bo'lib, 
bu borada yagona fikrga kelinmagan. Shu sababli har bir o'qituvchi o'rgangan 
adabiyotlar va amaliy tajribasi asosida o’zi uchun eng maqbul deb hisobtagan 
tahrifni qabul qilishi, yoki ulardan kelib chiqqan holda o'z tahrifini 
shakllantirishi mumkin.
Bizning fikrimizga ko’ra, pedagog olim V.P.Bespalgko tomonidan berilgan 
tahrif boshqalariga nisbatan maqbulroq hisoblanadi. Ushbu tahrifga ko’ra 
«Pedagogik texnologiya amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim 
loyihasidir». Muallifning fikriga ko'ra, pedagogik texnologiya tushunchasi 
ta'limning har bir bosqichida joriy qilinishi lozim bo’lgan yuqori darajadagi 
aniqlikni ko'zda tutadi, shu sababli uni 

Download 3.57 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish