Texnik ijodkorlik va dizayn




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/36
Sana02.02.2023
Hajmi3.57 Mb.
#40785
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)
Trassiniya planetasida ikki tur gumanoidlar - lyagoidlar va jaboidlar 
yashaydi. Ularning tashqi ko'rinishi bir xil, lyagoidlar lekin doimyolg'on gapiradi, 
jaboidlar esa doim haqiqatni gapiradi.
Planetaga undagi kayot tarzirti biladigan kosmonavt kelib tushdi va uchta 
gumanoidga duch keldi. U gumanoidlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 
ularning qaysi turga kirishlarini so'radi.
Birinchigumanoid nimadir deb g'o'ldiradi.
Ikkinchigumanoid «Ulyagoidman» deyapti deb tushuntirdi.
Uchinchichi esa «Sen har doimgidayyog'lon gapiryapsan» debdi.
Sizning fikringizcha, uchinchi gumanoid qaysi turga kiradi.
Bu kabi masalalar talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi va


97
ularning darsdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi. Masalaning javobiga 
keladigan bo’lsak, uchinchi gumanoid jaboid bo’lib chiqadi. Zero, birinchi 
gumanoid jaboid bo'lsa, u faqat haqiqatni gapiradi va «men jaboidman» deb 
javob beradi. Agar u lyagoid bo'lganida u baribir «men jaboidman» deb javob 
bergan bo'lar edi, chunki lyagoid hech qachon to'g’ri javob bermaydi. Demak, 
ikkinchi gumanoid yolg’on gapirgan. Uchinchi gumanoid haqli ravishda 
ikkinchisini yolg’onchilikda ayblayapti, demak u jaboid bo’lib hisoblanadi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladigan ikkinchi bir masalani 
qarab chiqaylik:
Samolyotning bir qanotidan ikkinchi qanoti uchlarigacha bo'lgan uzunlik 40 
metrni tashkil qiladi.
Katta alg'batros qushining qanotlariyoyilganda esa 4 metrgayetadi. 
Samolyot va alg'batrosning yerga tushadigan soyalari o'zaro teng bo'Iishi 
uchun ular qanday balandlikda parvoz qilishlari kerak?
Bu masalaning javobiga keladigan bo'lsak, qush va samolyotning soyasi bir 
xil bo’Iishi mumkin emas. Zero, quyosh yerdan shu darajada uzoq masofada 
joylashganki, qush va samolyotning masala shartiga ko’ra talab qilinadigan 
balandlikda uchishi amalda mumkin emas. Ushbu masala o'quvchilarni har bir 
masala yechimi ustida jiddiy va tanqidiy mulohaza yuritishga o'rgatadi.
Ishning umumiy xulosasi o’rnida turli allomalar tomonidan, turli davrlarda 
bildirilgan quyidagi fikrlarni keltirmoqchimiz:
-nimanidir boshqacha bajara olish uchun aw alo uni boshqacha tasawur 
qila olish lozim;
-raqobatda eng kuchli yoki eng aqllilar emas, balki yuz berayotgan 
o’zgarishlarga to'laroq javob bera oladiganlar g'olib chiqadi;
-agar siz to’g’ri yo’lda bo’lgan chog'ingizda ham bir daqiqaga to'xtab 
qolsangiz, undan tushib qolishingiz mumkin;
- kashfiyotlar davri nihoyalab, mahorat davri boshlanmoqda.


98
Yana shuni qayd etish joizki, agar siz nimanidir bajara olaman deb 
hisoblasangiz Siz haqsiz. Agarda, uni bajara olmayman deb hisoblasangiz, bu 
holatda ham Siz haqsiz. Demak, har birimiz davr va ta'lim islohotlari asosida 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yetuk kasb egalarini tarbiyalashga 
intilishimiz lozim, chunki biz buni bajara olamiz.
8.6. 
O'quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishga tabaqalashtirilgan 
yondashuv. respublikamizda tabaqalashtirilgan ta'limni joriy qilish rivojlangan 
demokratik davlatlar darajasida, yuksak mahnaviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiluvchi milliy ta'lim 
tizimini yaratishning muhim tadbirlardan biri sifatida ehtirof etildi hamda 
«kadrlar tayyorlash milliy dasturiwni joriy etishning ikkinchi bosqichida muhim 
vazifa etib belgilandi.
O’z navbatida, kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti 
bo’lgan shaxsga nisbatan qo’yilgan talablarda uni intellektual va mahnaviy- 
axloqiy barkamol, ijodiy qobiliyatlarini to'la namoyon eta oladigan darajada 
tarbiyalash zarurati alohida qayd etilgan. Biz milliy ta'lim tizimini 
shakllantirishning ushbu talablarini asos sifatida qabul qilib, shaxs ijodkorlik 
faoliyatini tabaqalashtirilgan metodlar vositasida amalga oshirish yo'llarini 
tadqiq qildik.
Tanlangan 
tadqiqot 
sohasida 
bugungi 
kundagi 
asosiy 
vazifalar 
tabaqalashtirilgan ta’limning darajalari, mazmuni, shakli, vositalari, amalga 
oshirish 
metodlari, 
pedagogik hamda 
psixologik asoslarini 
aniqlash, 
o'quvchilarning 
ijodiy 
qobiliyatlarini 
individual 
yondashuv 
asosida 
rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
Inson jamiyatda oliy qadriyat hisoblanadi. Amino, turli kishilar turli qiziqish, 
turli iqtidor, turli o’sish surhatga ega, u turli sohalar bo’yicha turli darajada 
muvaffaqiyatga erishadi. Ushbu omillami shaxs qobiliyatlarini rivojlantirish 
jarayonida hisobga olish kerak. Pedagogika nazariyasida ta’limni o’quvchilar 
qiziqishlariga ko’ra tabaqalashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan.


99
Biroq amaliyotda turli darajadagi iqtidor va qobiliyatga ega bo’lgan o’quvchilar 
ijodiy sifatlarini rivojlantirish muammosi o’zining to’laqonli yechimini topmagan.
Tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil 
etishning 
eng 
qulay metodi 
bu 
o’quvchilarning qiziqishiga ko’ra tabaqalashtirishdir. Mazkur metodning demokratik 
harakterda ekanligi, ushbu asosda o’quvchilar xohishiga ko’ra ixtiyoriy fanlami 
chuqurlashtirib 
o’qitishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligini 
e'tiborga olib, biz uni o’z izlanishlarimizda asos sifatida qabui qildik.
O ’quvchilami 
qiziqishlariga ko’ra tabaqalashtirishga oid tavsiyalarda 
o’qituvchining individual yondashuvi, sinfning o’ziga xos xususiyatiga, o’quvchilar 
yoshining 
e’tiborga olinishi 
asosiy 
omillar 
sifatida qaraladi. 
Ta’limda 
tabaqalashtirishni amalga oshirishning asosiy yo’llari sifatida doimiy guruhlami 
shakllantirish taklif qiiinadi. Guruhlami taqsimlash avvalo majburiy tayyorgarlik 
darajasi muvaffaqiyatining mezoni asosida amalga oshiriladi.
O ’quvchilarni ijodkorlik faoliyatini tabaqalashtirish asosida tashkil qilishda 
bunday yondashuvning ikkita kamchiligi mavjud, yabni:
- o’quvchilami ijodkorlik qobiliyatlariga ko’ra tabaqalashtirishda majburiy 
tayyorgarlik darajasi muvaffaqiyatining mezoni asosiy va hal qiluvchi omil vazifasini 
bajara olmaydi;
- o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini samarali tashkil etishda guruh o’quvchilari 
soni va tarkibi ham muhim ahamiyat kasb etadganligi sababli guruhga yaxlit obyekt 
sifatida yondashish kutilgan natijaga erishish imkonini bermaydi.
Qayd etilgan kamchiliklami tuzatish maqsadida biz o’quvchilarni ijodiy 
qobiliyatlariga ko’ra tabaqalashtirish mezonlarini quyidagi xislat hamda sifatlar 
asosida amalga oshimi tavsiya qilamiz:
Shaxs xislatlari
Shaxs sifatlari
I. Ijtimoiy
Dunyoqarashi, mahnaviy, estetik, mehnat
II. Tajriba
Anglanganligi, ilmiyligi, mahorati, ko’lami
III. Aqliy
Tasawuri, diqqati, fikrlash kengligi, xotirasi
IV. Irsiy
Zehnlilik, topqirlik, ziyraklik, ixtirochilik, 
ishchanlik, hozirjavoblik, mantiqiylik, og’lom fikrlilik


100
Ijodkorlik faoliyatini samarali tashkil qilish nuqtai nazaridan o’quvchilarni 
tabaqalashtirishda keltirilgan shaxs xislat hamda sifatlarini uning barcha 
sohalardagi faoliyat ko'rsatkichlarining umumiy majmuasi sifatida qarab, talab 
etilayotgan xususiyatlar salmog'ini oshirishga asosiy e’tiborni qaratish lozim. 
Buning uchun yuqorida qayd etilgan shaxs sifatlarni tahlil qilib, ulardan 
quyidagilarini ijodiy guruhni shakllantirish uchun asos sifatida taklif etish 
mumkin:
- muammolarni ilg'ashdagi ziyrakligi. Bu qobiliyat bir qarashda oddiy 
bo’lgan holatlardagi muammolarni ilg’ay olish, atrofdagi hodisalarni nafaqat 
kuzata olish, balki ularning sodir bo'lish sabablarini ham anglay bilishda 
namoyon bo'ladi;
- ijodiy fikrlash saviyasiningyuqoriligi;
- ijodiy bilim va ko'nikmani qo'llay olishi. Kuzatilayotgan hodisalarni 
o'zlashtirilgan bilimlar bilan umumlashtira olish va shu asosda xulosa yasash 
hamda vangi bilimlarni keltirib chiqara olishda namoyon bo’ladi;
- ijodiy fikrlash jarayonlarini boshqara olishi, ya’ni oraliq fikrlarni bartaraf 
qila olish, bir nechta tushunchalarni bitta umumiysi bilan almashtira olish, 
ko’plab hodisalardan asosiysini ajrata olish;
- o'z fikrini to’g’ri va batafsil ifodalashi, ya'ni so'z, raqam, fazoviy-vizual 
shakldagi axborotlarni qabul qilish va uzata olish imkoniyatiga ega bo’lish;
- ijodiy mushohada ko'lami, ya’ni hal qilinayotgan muammoni e’tibordan 
qochirmagan holda, diqqatni kengroq taqsimlay olish;
- hozirjavoblik, ya'ni masala yechimi uchun talab qilinadigan Ma’lumotlarni 
tez xotirlay olish;
- muammoni tahlil qila olish qobiliyati, ya’ni tadqiq qilinayotgan obyektga 
tiisbatan muqobil baholardan mosini tanlay olish;
- muammo yechimini tez va oson topa bilishi, topqirlik;
- nutqining ravonligi, ya'ni muammo, g'oya yechimlarini 
to'g’ri va 
tushunarli ifodalay olish;


101
- ishni 
oxiriga yetkaza olishi, ya’ni 
ko’zlangan g'oyasini to’siq 
va 
qiyinchiliklarga qaramasdan oxirigacha amalga oshirish;
- tafakkur moslashuvchanligiga ega bo’lish, ya’ni vaziyatga mos ravishda 
fikrlash yo'nalishini o’zgartira olish.
Shaxs faoliyatining ushbu ko’rsatkichlari asosida o’quvchilarni ijodkor 
guruhlarga tanlab olishda maxsus testlar, anketa-so’rovnomalari, intervg’yu hamda 
suhbat metodlaridan samarali foydalanish mumkin.
Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, tabaqalashtirish metodi yordamida 
o ’quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkillashtirishda guruh o’quvchilari soni va uning 
tarkibi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot sohasida amalga oshirilgan ishlarning 
tahliliga asosan sohasi bo’yicha biz guruh a’zolari sonini 10-12 o’quvchidan iborat 
bo’lishini tavsiya qilamiz. Bunda guruh a’zolarining vazifalariga ko’ra tarkibi 
quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
- yetakchi (lider) - guruh faoliyatini tashkil etuvchi vaboshqaruvchi;
-
g'oya beruvchi 
- guruh oldiga qo’yilgan ijodkorlik masalalarini hal qilish 
uchun g'oyalar ishlab chiqadi;

tatbiq qiluvchi 
- taklif etilgan g'oyalami aniqlashtirish hamda amalga 
oshirish yo’llarini taklif qilishda faollik ko’rsatadi;
- bilimdon 
- taklif etilgan g’oyalarni amalga oshirish uchun guruh 
a'zolarining bilimlarini umumlashtirib, muammo yechimini taklif qiladi;
-hissiy barqarorlashtiruvchi 
- guruhdagi shaxslararo munosabatiarni 
muvofiqlashtiradi va ijodkorlik uchun qulay psixologik muhit yaratadi;
- tanqidchi - ishlab chiqiladigan ijodkorlik g'oyalariga o'zining tanqidiy 
munosabatini bildirib, ularning mukammallik darajasini oshirishga xizmat 
qiladi.
Taklif etilgan ko’rsatkichlar asosida tashkil qilingan ijodkor guruh ishini 
dars va darsdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida tabaqalashtirilgan holda 
samarali tashkil etish yo'llarini belgilab olish o'ziga xos xususiyatlarga ega. 
Namuna tariqasida shakllantirilgan guruh faoliyatini mehnat ta'limi darslarida


102
tabaqalashtirish holida tashkil qilishning quyidagi ketma-ketligini taklif qilish 
mumkin:

Darsning bosqichlari
Vaqti
1
Tashkiliy qism
2 min.
2
Aqliy hujum. O’quvchilar motivatsiyasini o’yg’otish
5 min. 
10 min. 
20 min.
3
O'quvchilarni tabaqalashtirish asosida guruhlarga taqsimlash
4
Amaliy mashg’ulot
5
Darsning yakuni va uyga topshiriq
5 min.
6
Ish o’rnini yig’ishtirish
3 min.
Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishda mashg’ulotlaming aniq maqsadli tashkil 
qilinmasligi, o’quvchilaming turli tadbirlarga jalb etilishi ulardagi qiziqishning 
so’nishiga va guruh ishining barbod bo’lishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini 
olish uchun darsdan tashqari mashg’ulotlaming muhim shakllari bo’lgan to’garaklar 
ishi, ekskursiyalar, ko’rik-tanlovlar, turli mavzulardagi uchrashuv va suhbatlarni 
tashkil qilishda o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirib borish uchun maxsus 
ishlab chiqilgan tadbirlar rejasi asosida ish olib borish talab etiladi.
Taklif qilingan yondashuv anhanaviy yondashuvga ko’ra bir qancha afzallikka 
ega. U o’qituvchiga tabaqalashtirish ishi mazmunini aniq mo’ljallab tanlashga va uni 
maqsadga muvofiq ishlab chiqishga yordam beradi. Guruhlarga ajratishda o’quvchi 
ijodkorlik faoiiyatining barcha jabhalari qamrab olinishi tabaqalashtirishni amalga 
oshirishdagi obyektivlikni ta’minlaydi va guruh ishining yuqori samaradorlik 
darajasiga erishishi uchun tashkiliy-metodik asos yaratadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. O’quvchi va yoshlar texnik ijodkorlik faoliyatini qanday bosqichlarga 
ajratish mumkin?
2. Texnik ijodkorligining mazmuni qanday omillarga ko’ra tanlanadi?
3. Texnik 
ijodkorlik 
muammolarini 
hal 
etishda 
yangi 
axborot 
texnologiyalarining qanday imkoniyatlaridan foydalanish mumkin ?


103
Download 3.57 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish